Universiteti Iqtisodiyot yo’nalishi


Download 301.99 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana07.10.2023
Hajmi301.99 Kb.
#1694401
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Raximova Madina - Iqtisoditotga kirish 3-topshiriq

Andorra tarixiga nazar 
1
https://aniq.uz/uz/yangiliklar/andorra-masjidga-joy-etmagan-mitti-davlatcha 



Andorra, bu ’’Marca Hispanica’’(Ispan yurishlarida, Buyuk Karl tomonidan 
795 yilda Andalusiya xalifalari va Karoling imperiyasi o‘rtasidagi urushda mudofaa 
to‘sig‘i sifatida o‘rnatilgan hudud) mustaqil ravishda ajralib, ya’ni arablarning 
nasroniy Fransiyaga kirib borishini oldini olish uchun tashkil etilgan bufer davlat 
deb qaralgan. (Buning uchun Buyuk Karl ularni doimiy ravishda qo‘llab 
quvvatlagan). Knyazlik Birinchi Jahon urushi paytida Germaniyaga qarshi urush 
e’lon qildi, ammo janglarda bevosita qatnashmadi. Ikkinchi Jahon urushi paytida esa 
Andorra betarafligini saqlagan holatda, Fransiya va Ispaniya, o‘rtasida 
kontrabandaning muhim yo‘li sifatida tarixda qolgan. 1933 yilda Fransiya o‘sha 
yilgi inqilob va ish tashlashlar sababli saylovlar oldidan yuz bergan ijtimoiy 
notinchliklardan so‘ng Andorrani ishg‘ol qildi. Andorraning siyosiy tizimi xuddi shu 
yilda konstitusiyaviy referendumidan so‘ng modernizasiya qilindi, shu yildan 
boshlab Andorra Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Yevropa Kengashiga a’zo 
bo‘ldi. Andorra - Fransiya prezidenti va Urxel katolik yepiskopi (Kataloniya, 
Ispaniya) bilan sherik knyazlar hamkorligidagi parlament davlatidir. Andorraning 
nisbatan o‘zini izolyasiya qilganini hisobga olgan holda, Andorra Yevropa 
tarixining asosan chetda qolib, Fransiya, Ispaniya va Portugaliyadan tashqari boshqa 
mamlakatlar bilan kam aloqada bo‘lgan. So‘nggi paytlarda uning rivojlanib 
borayotgan turizm, transport va kommunikasiyalar sohasidagi o‘zgarishlar katta 
bo‘ldi. 
Qiziq ma’lumot: 1993 yilgacha Andorra o‘z syuzerenlariga har yili o‘lpon 
to‘lagan. O‘lpon sifatida Fransiya prezidentiga – 960 frank; Urxel yepiskopiga 460 
peset, 12 bosh pishloq, 12 xo‘roz, 12 kaklik, 6 dona son go‘shti berilgan. 
Andorra boy davlatlar qatoriga kiradimi?  
Evropadagi kichik davlat bo‘lishiga qaramasdan, Andorra juda rivojlangan 
hudud. Shuningdek, u kishi jon boshiga daromad bilan o‘lchaganda, dunyodagi 23-
boy mamlakat hisoblanadi. Mamlakat byudjetining asosiy daromadi turizm va 
tamaki bo‘lib, bu mamlakat yalpi ichki mahsulotining 80 foizini tashkil etadi; 
Andorraga har yili eng kamida 10 milliongacha sayyoh tashrif buyuradi va xususiy 
tadbirkorlik deyarli cheklovlarsiz ishlaydi. Andorrada qishloq xo‘jaligining 



rivojlanishi yerlarning atigi 2 yoki 5 foizini yetishtirishga yaroqli ekanligi bilan 
cheklangan. Ushbu sohada aholining 1 foizdan kamrog‘i ishlaydi. Temir rudalari, 
qo‘rg‘oshin, mineral suv va o‘rmonlarning zaxiralari, gidroyenergetika resurslari 
mavjud. 

Download 301.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling