Universiteti Iqtisodiyot yo’nalishi


Download 301.99 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana07.10.2023
Hajmi301.99 Kb.
#1694401
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Raximova Madina - Iqtisoditotga kirish 3-topshiriq

Andorrada ta’lim tizimi 
Maktablar ta’lim 6 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan barcha bolalar uchun 
majburiydir. Faqat o‘rta ta’limgina davlat tomonidan bepul amalga oshiriladi. 
Davlatning tarixiy va rasmiy tili katalon tili bo‘lib, hukumat katalon tilidan 
foydalanishni, uni saqlab qolishni doimiy ravishda rag‘batlantiradi. Masalan, 
Andorradagi Kataloniya toponimikasi komissiyasi, ushbu tilni ishlatuvchilar, 
katalon tilida tashkil etilgan maktablarni tanlovchilar, va ta’limga qurbi 
yetmaydigan qatlamni ham ushbu tildan foydalantirgan holda bepul darslar tashkil 
etib, moddiy jihatdan ta’minlab keladi. Jahon mamlakatlaridan farqli o‘laroq bu 
davlatda ingliz tili keng tarqalmagan va qiziqish bildirilmagan til sifatida e’tirof 
etiladi
Muntazam qurolli kuchlariga ega bo‘lmagan Andorra, qanday 
himoyalanadi?  
Andorrada muntazam qurolli kuchlar mavjud emas; shart vaziyatlarda bu vazifani 
Andorra polisiyasi amalga oshiradi. Andorraning himoyasiga esa – siyosiy ta’sir 
kuchiga ega bo‘lgan Fransiya va Ispaniya javobgardir.
Tabiati va iqlimi  
Sharqiy Pireney tog‘ tizmasida joylashganligi sabab, Andorra asosan yassi 
tog‘lardan iborat bo‘lib, eng balandi Koma Pedrosa 2942 metrni tashkil etadi. 
Andorrada qishda o‘rtacha qor ko‘proq bo‘lishi va yozda biroz salqinroq ekanligi 
bilan belgilanadi. Bahor va yoz oylarida ham nam havo, ya’ni yog‘ingarchilik 
kuzgacha davom etishi mumkin (may, iyun va avgust oylari odatda eng ko‘p yomg‘ir 
yog‘adigan oylar); qishda esa, tog‘li hududlardan tashqari, boshqa hududlarida 
kamroq yomg‘ir yog‘adi, bu esa Andorra tog‘larida juda ko‘p qor yog‘ishini 
izohlaydi. Doimiy harorat rejimi salqin yoz, uzoq va sovuq qish bilan tavsiflanadi. 
Andorra ijtimoiy soh ava iqtisodiyoti 



Maktab taʼlimi — fransuz yoki ispancha tizimda. „Diari d’Andorra“- katalon 
tilidagi kundalik gazetasi, 1991-yilda asos solingan. „Poble Andorra“ („Andorra 
xalqi“) — katalon tilidagi haftanoma, 1974-yilda asos solingan. „Andorra radiosi“ 
1984-yildan buyon ishlaydi. „Antenna-7“ deb nomlangan xususiy telekompaniya 
ham mavjud. Muzey, kutubxona, qadimgi hujjatlar arxivi, arab (8-10-asrlar) va 
roman (12- 16-asrlar) meʼmorligi obidalari bor. Muomalada — fransuz franki va 
ispan peseti. 
Iqtisodiyot 
YIMning 80 %i turizm sohasiga toʻgʻri keladi. Andorraga yiliga 9 mln turist 
keladi. Iqtisodiyotning boshqaruvida davlatning roʻli juda past darajada va kichik 
biznes va xususiy tadbirkorlik qoʻllab quvvatlanadi. Iqtisodiyotda bank sektori katta 
rol oʻynaydi. Andorrada qishloq xoʻjaligi juda past rivojlangan, chunki, yerning atigi 
2 %i qayta ishlashga yaroqlidir. Qishloq xoʻjaligi sohasida aholining 1 %i band. 
Andorrada kartoshka va tamaki yetishtiriladi. Temir rudalari koni, svinets, 
gidroenergetika resurslari hamda mineral suv va oʻrmon resurslariga ega. 
Kuchli tomonlari: iqtisodning asosi — turizm. Bank sistemalarining yuqori 
jihatdan mahfiy hisoblanadi. Eksportga qishloq xoʻjaligi mahsulotlaridan: don, 
kartoshka va tamakini chiqaradi. 
Zaif tomonlari: Fransiya va Ispaniya davlatning iqtisodiy siyosatini belgilab 
beradi. Ishlab chiqarish mahsulotlarini va xom-ashyo importiga bogʻlanib qolgan. 
Eksport: $148.7 million (2005). Eksport hamkorlari: Ispaniya 59.5 %, 
Fransiya 17.0 % (2006). 
Import: $1.879 mlrd (2005). Import — hamkorlari: Ispaniya 53.2 %, 
Fransiya 21.1 % (2006). 

Download 301.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling