Universiteti Iqtisodiyot yo’nalishi


Download 301.99 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana07.10.2023
Hajmi301.99 Kb.
#1694401
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Raximova Madina - Iqtisoditotga kirish 3-topshiriq

Andorra dini 
Andorra Konstitusiyasi din erkinligini ta’minlaydi va hukumat amalda ushbu 
huquqni hurmat qiladi. Knyazlikda rasmiy davlat dini yo‘q. Ammo Konstitusiya 
Rim-katolik cherkovi bilan xos munosabatlarni tan oladi, garchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
subsidiyalar bo‘lmasa ham, unga hatto ba’zi imtiyozlarni beradi. Andorra aholisi 
asosan (88,2%) katoliklar. Shuningdek, ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda 100 
nafarga yaqin yahudiylar yashaydi. Buyuk Karl bosqini davrlarigacha u yerda 700 
ga yaqin musulmonlar vestgotlardan Segre vodiysi bosib olish orqali kirib kelishgan. 
Ammo ular o‘zlariga qarshi siyosat tufayli Andorrada qolmay, Tuluza, Narbonna, 
Karkasson va Nimesga tarqalib ketgan.
AQShning 2006 yildagi ’’diniy erkinliklar’’ to‘g‘risidagi hisobotiga ko‘ra, 
hozirgi kunda Andorrada 2000 nafarga yaqin asosan shimoliy afrikaliklar bo‘lgan 



musulmonlar bor. Musulmonlar hamjamiyatida 50 ga yaqin talabaga arab tilidan 
dars beradigan Islomiy madaniyat markazi mavjud.  
Ammo hukumat va musulmonlar jamoasi maktablarga bunday saboq 
berishga imkon beradigan tizim to‘g‘risida hali kelishmagan. Xabarlarga ko‘ra, 
hukumat arab tili darslarini o‘tkazishga ruxsat bergan, ammo musulmonlar 
hamjamiyati dars berish uchun dastlabki davrlarda imom topa olmagan.
Andorrada maxsus qurilgan masjid yo‘q va hukumat arzon loyihalar uchun 
yerlar kamligini aytib, masjidga yer ajratishdan bosh tortib kelmoqda. 2003 yilda 
mahalliy imom yepiskop Joan Marti Alanisga masjid qurish uchun cherkovdan yer 
ajratishni yoki foydalanilmaydigan cherkovlardagi bo‘sh joylardan masjid sifatida 
foydalanishni iltimos qilgan. Bir necha yil davomida musulmonlar jamoasi va 
hukumat o‘rtasida o‘tkazilgan muzokaralarga qaramay, hech qanday masjid 
qurilmadi. Shunga qaramay, mamlakatdagi musulmonlarda o‘zlarining kichik 
"ibodat qilish joylari" mavjud bo‘lib, mamlakat bo‘ylab tarqalgan ushbu 
ibodatxonalar soniga cheklovlar qo‘yilmagan. Chunki diniy guruhlarni va diniy 
ibodatlarni qonuniy ro‘yxatdan o‘tkazish va tasdiqlashni aniq talab qiladigan qonun 
yo‘q. Uyushmalar to‘g‘risidagi qonun umumiy bo‘lib, unda diniy tashkilotlar haqida 
so‘z yuritilmaydi. Uyushmalarning konsolidasiyalangan reestrida barcha turdagi 
uyushmalar, shu jumladan, diniy guruhlar ro‘yxatga olinadi. Ro‘yxatdan o‘tish 
majburiy emas, ammo hukumatning nodavlat tashkilotlarga ko‘rsatadigan ko‘magi 
uchun guruhlar ro‘yxatdan o‘tishlari yoki qayta ro‘yxatdan o‘tishlari kerak.
Davlat tenglik va diskriminasiya to‘g‘risidagi qonun loyihasini, shu 
jumladan, diniy kamsitishlarni taqiqlashni parlamentga qonun-loyihasi sifatida 
taqdim etgan. Qonun bo‘yicha ovoz berish va buni ta’minlash 2019 yil boshida 
kutilgan edi. Ammo hukumat musulmon va yahudiylarning qabriston uchun yer 
ajratish borasidagi talablariga ijobiy javob bermadi
1


Download 301.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling