Universiteti jizzax filiali "psixologiya" fakulteti "psixologiya" kafedrasi


Download 0.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/9
Sana23.12.2022
Hajmi0.7 Mb.
#1047298
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Shaxs

Kurs ishining maqsadi:shaxsning o‘sishi va rivojlanishidagi qarashlar,atrof-
muhitning shaxs rivojlanishiga ta’sirini tan olish. 
Kurs ishining vazifalari: 
1.Shaxs to‘g‘risida asosiy falsafiy qarashlarni psixologik qarashlar bilan 
uyg‘unligi. 
2.Shaxsni baholash usullari, individual va umumiy farqlar haqida ma’lumot 
berish. 
3.Shaxs tushunchalari va ular asoslanadigan falsafiy pozitsiyalar o‘rtasida uzviy 
bog‘liqlikni ko‘rish. 
4.Shaxs tushunchasi shunchaki akademik mavhumliklar emas balki insonning 
xatti-harakatlari va hayotiy tajribaning keng doirasini tushuntirib beradigan juda 
muhim va zarur tushunchalar ekanligini bilib olish. 
Kurs ishining ob’ekti: Shaxs va uning faoliyati, xatti- harakatlari, hissiyotlari, 
fikrlar, tajribalar, idrok va harakatlar. 
Kurs ishining predmeti: Shaxsni o‘rganish, yangi yondashuvlar turli xil 
nazariy yondashuvlarni taqqoslash va qarama-qarshi qo‘yish. Shaxsni o‘rganish 
emperik taqdiqot o‘tkazish va natijalarga e’tibor qaratish. 
Kurs ishining tuzilishi: Kurs ishi II bob 6 bo‘lim xulosa va foydalanilgan 
adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. 



I.BOB.SHAXS HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA. 
1.1. Shaxs haqida umimiy tushuncha 
Shaxs tushunchasi keng va ko‘p qirralidir. Mehnat qila olish ko‘nikmasining 
mavjudligi, insonlar bilan birgalikda faoliyat munosabatni amalga oshirayotgan kishi 
asta – sekin shaxsga aylanib boradi. Bevosita moddiy dunyoni, jamiyatni va xususan 
o‘zini o‘rganish va faol tarzda qayta o‘zgartirish jarayonining sub’ektga aylanmoqda. 
Shu o‘rinda haqli bir savol tug‘iladi, ya’ni shaxs, individ, individuallik 
tushunchasining o‘zaro bog‘liqlik jihatlari mavjudmi? Buning uchun mazkur 
tushunchalarning mazmunini tahlil qilish samarali hisoblanadi. Shuning uchun ham 
dastlab individ tushunchasining mazmuniga to‘xtalish lozim. A.V.Petrovskiy tahriri 
ostida chiqqan “Umumiy psixologiya” darsligida “Individ” tushunchasida kishining 
nasl-nasabi ham mujassamlashgandir. Yangi tug‘ilgan chaqaloqni, katta yoshdagi 
odamni ham, mutafakkirni ham, aqli zaif ovsarni ham, yovvoiylik bosqichidagi 
qabilaning vakilini ham, madaniyatli mamlakatda yashayotgan yuksak bilimli kishini 
ham individ deb hisoblash lozim. Individ tushunchasi professor E.G‘ozievning 
“Umumiy psixologiya” darsligida tavsiflanishicha, individ lotincha ajralmas, 
alohidazot ma’nolarini anglatib, inson zotiga xoslik masalasini belgilab beradi. 
Shuningdek, katta yoshdagi ruhiy sog‘lom odamlar ham, chaqaloq ham, nutqi yo‘q, 
oddiy malakalarni o‘zlashtira olmaydigan aqli zaiflar ham individlar deb ataladi. 
M.G.Davletshin tahriri ostida chiqqan “Psixologiyadan qisqacha izohli lug‘atda” 
individ bo‘linmas, ayrim jins, shaxs ma’nolarini anglatib, biologik turga kiruvchi 
alohida tirik mavjudot sifatida ko‘rsatib o‘tiladi.Keltirilgan ta’riflardan shuni xulosa 
qilish mumkinki shaxs deb muayyan jamiyatda yashovchi faoliyatning biror turi bilan 
shug‘ullanuvchi, kishilar bilan normal til orqali munosabatga kirishuvchi ongli 
individga aytiladi. Individ sifatida dunyoga kelgan odam ijtimoiy muhit ta’sirida 
keyinchalik shaxsga aylanadi, shuning uchun bu jarayon ijtimoiy-tarixiy xususiyatga 
egadir. Dunyoga kelayotgan chaqaloqning gavda tuzilishi unda tik yurish uchun 



imkoniyatining mavjudligini taqozo etsa, miyasining tuzilishi aql-hushining 
rivojlanishi uchun imkoniyat tug‘diradi, qo‘llarining shakli shamoyili mehnat 
qurollaridan foydalanish istiqbollarining mavjudligini ko‘rsatadi. Yuqorida 
aytilganlarning barchasida chaqaloqning inson zotiga mansubligini ta’kidlanadi va bu 
fakt individ tushunchasida qayd etiladi. Buni quyidagi sxema asosida tushuntirish 
lozim. Shaxsning eng takrorlanmas xususiyatlaridan biri bu individuallikdir. 
Individuallikindividning boshqalardan farqlaydigan ijtimoiy xususiyatlari va 
psixikasining o‘ziga xosligi hamda uning qaytarilmasligidir. Zikr etilgan psixologik 
xususiyatlarning bir xildagi birikmasini o‘zida mujassamlashtirgan odam yo‘q, inson 
shaxsi o‘z individualligi jihatidan betakrordir. 

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling