Universiteti jizzax filiali "psixologiya" fakulteti
Download 59.91 Kb. Pdf ko'rish
|
sVV3EvkFmBVQMLt73Y6SAa5jHK7tvpU (1)
Birinchidan, qo‘yilish ob‘ektiga qarab investitsiyalar real va moliyaviy
shakllarga ajratiladi. Real investitsiyalar (kapital qo‘yilmalar) – pul mablag‘larini korxonaning moddiy va nomoddiy aktivlariga sarflanishidan iborat. Moddiy investitsiyalar asosiy kapitalning elementlarini sotib olish bilan bog‘liq bo‘lib, ko‘pchilik hollarda investitsion loyihalar doirasida amalga oshiriladi. Shuning uchun o‘z mablag‘lari bilan birga qarzga olingan mablag‘lar ham foydalanilishi mumkin. Qarzga mablag‘ olingan holda investor rolini aniq loyihalarga kredit mablag‘lari ajratayotgan bank bajaradi. Nomoddiy (potentsial) investitsiyalar nomoddiy boyliklar yaratilayotganda amalga oshirilib, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashga, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini (NIOKR) amalga oshirish, yangi mahsulotlarning namunalarini yaratishga sarflarni mujassamlashtiradi. Mutaxassislarni tayyorlash, tajriba, ilmiy tekshirish, lizentsiya va nou – xou berish, avtorlik xuquqi va umuman olganda nomoddiy aktivlarga yo‘naltirilgan investitsiyalarni ko‘pgina iqtisodchi – olimlar intellektual investitsiyalar deb atamoqdalar. Xorijiy adabiyotlarda portfel investitsiyalar investor tomonidan sotib olingan aktsiyalarning firma ustidan nazorat va ta‘sir doirasi belgilariga ko‘ra tasniflanadi. Investitsiyalarning bir muncha ilmiy asoslangan tasnifi rus olimi N.Blank ishlarida keltirilgan. Bunda investitsiyalar quyidagi belgilariga ko‘ra tasniflangan: qo‘yilma ob‘ektlariga ko‘ra; investitsiyalashda ishtirok etishiga qarab; investitsiyalash davri bo‘yicha; mulkchilik shakllari bo‘yicha; hududiy belgisi bo‘yicha . Ikkinchidan, investitsiyada qatnashish harakteriga ko‘ra bevosita va portfel investitsiyalar farqlanadi. Bevosita investitsiyalar investorni o‘z moliyaviy mablag‘lag‘larni joylashtirish ob‘ektini tanlash imkoniyatini beradi. Portfel investitsiyalar tijorat banklari, investitsion kompaniyalar, fondlar va boshqalar yordamida amalga oshiriladi. Moliyaviy vositachilar to‘plangan mablag‘larni samarali, daromad keltiradigan qilib joylashtiradilar. Portfel investitsiyalar boshqa emitentlarning anderrayting yordamida qimmatli qog‘ozlarga joylashtirish shaklida namoyon bo‘ladi. Uchinchidan, investitsiyalash davriga qarab investitsiyalar qisqa muddatli (bir yilgacha bo‘lgan muddatga beriladi) va uzoq muddatli (bir yilldan oshiq muddatga beriladi) bo‘ladi. Masalan, oddiy aktsiyalar umuman biror – bir muddat bilan cheklanmaydi. Masalan, depozit sertifikati olti oy muddatga beriladi – bu Download 59.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling