Universiteti jizzax filiali "psixologiya" fakulteti


Download 59.91 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/5
Sana31.01.2024
Hajmi59.91 Kb.
#1828840
1   2   3   4   5
Bog'liq
sVV3EvkFmBVQMLt73Y6SAa5jHK7tvpU (1)

Beshinchidan, hududiy joylashtirilish bo‘yicha investitsiyalar ichki va tashqi 
investitsiyalarga bo‘linadi.
Oltinchidaninvestitsiyalar tavakkallik darajasi bo‘yicha yuqori tavakkalli va 
past tavakkalli investitsiyalarga ajratiladi. Moliya sohasida tavakkallik deganda 
investitsiyalarga mutloq yoxud nisbiy miqdordagi foyda kutilganidan ancha kam 
bo‘ladi, boshqacha aytganda «tavakkallik» atamasi kutilmagan natija olish 
imkoniyatini anglatadi. 
O‘zbekiston davlat mustaqilliga erishgan dastlabki yillardan boshlab milliy 
iqtisodiyotni rivojlantirishning o‘ziga xos yo‘nalishini belgilab oldi. Iqtisodiyotni 
rivojlantirishda esa investitsiyalarning o‘rni beqiyosdir. 
Investitsiyalarning iqtisodiy mazmun - mohiyati to‘g‘risida iqtisodchi olimlar 
o‘rtasida xilma – xil fikrlar mavjud.


O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 31 dekabrdagi ―Investitisiyalar va 
investitsiya faoliyati to‘g‘risida‖gi O‘RQ-597-son Qonunida investitsiyaga 
quyidagicha ta‘rif berilgan: ―investitsiyalar — qonun hujjatlarida ta‘qiqlanmagan 
tadbirkorlik faoliyati va boshqa turdagi faoliyat ob‘ektlariga kiritiladigan moddiy 
va nomoddiy ne‘matlar hamda ularga bo‘lgan huquqlar, shu jumladan intellektual 
mulkka bo‘lgan huquqlar, shuningdek reinvestitsiyalar‖ sifatida ta‘riflanadi. 
Shunday qilib, ―investitsiya‖ deganda kelgusida daromad (foyda) olish yoki 
ijtimoiy samaraga erishish maqsadida qonun doirasida iqtisodiyotning turli 
tarmog‘lari va boshqa sohalariga investorlar tomonidan quyiladagan barcha turdagi 
mulkiy, moliyaviy va intekllektual boyliklar tushuniladi. 
Boshqacha aytganda, investitsiyalar – mulkchilikning har xil ko‘rinishlaridagi 
moddiy, moliyaviy va nomoddiy boyliklarni iqtisodiy – ijtimoiy daromad olish 
maqsadida muomalaga kiritishdir. 
Xulosa 
qilib 
aytish 
mumkinki 
Investitsiya iqtisodiyotni 
rivojlantirish
maqsadida oʻz mamlakatida yoki chet 
ellarda turli tarmoqlarga, ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarga, innovatsiya, tadbirkorlik 
loyihalariga uzoq, muddatli kapital kiritish (qoʻyish). Pulning vaqt (zamon)ga 
bogʻliq qiymati nazariyasiga koʻra, investitsiya kelajakda naf olish maqsadida 
mablagʻlar qoʻyishdir. Investitsiya kapitalni muayyan muddatga bogʻlashni yoki 
band qilishni bildiradi. Bundan asosiy maqsad kapital qiymatini saqlab qolish yoki 
boʻlmasa kapital qiymatini vaqtda oʻstirib borishdir. 


Foydalanilgan adabiyotlar 
 
1. O‗zbekiston Respublikasining Qonuni, 25.12.2019 yildagi O‗RQ-598son 
2. G‘ozibekov D.G‘. Investitsiyalarni moliyalashtirish masalalari. T.: ―Mo 
liya‖ nashriyoti. 2003. 26 bet. 
3. Сергеев И.В., Веретенникова И.И. Организация и финансиро 
вания инвестиций. – М.: «Финансы и статистика», 2001. – С. 16. 
4. Марголин А.М. Инвестиции. – М.: «РАГС», 2006. – С. 464. 
5. Кэмпбелл Р. Макконелл, Станли Л. Брю. Экономикс,
принципы, проблемы и политика. 2-том. – М.: «Республика», 1992. 
– С. 388.

Download 59.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling