Universiteti jizzax filiali "psixologiya" fakulteti


Download 59.91 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana31.01.2024
Hajmi59.91 Kb.
#1828840
1   2   3   4   5
Bog'liq
sVV3EvkFmBVQMLt73Y6SAa5jHK7tvpU (1)

 Investitsiyalarbu hali buyumlashmagan, lekin ishlab chiqarish 
vositalariga qo‘yilgan kapital. O‘zining moliyaviy shakliga ko‘ra, ular foyda olish 
maqsadida xo‘jalik faoliyatiga qo‘yilgan aktivlar hisoblansa, iqtisodiy xususiyatiga 
ko‘ra, u yangi korxonalar qurishga, uzoq muddatli xizmat ko‘rsatuvchi mashina va 
asbob uskunalarga hamda shu bilan bog‘liq bo`lgan aylanma kapitalning 
o`zgarishiga ketgan harajatlardir. Investitsiyalar xususiy sektor va davlat 


tomonidan mamlakat ichkarisida va uning tashqarisida turli ishlab chiqarishlarga 
va qimmatbaho qog‘ozlarga (aktsiyalar, obligatsiyalar) qo‘yilishi mumkin.
Investitsiya jarayoni – bo‘sh sarmoyaga ega bo‘lganlar bilan sarmoya talab 
qilayotganlarning uchrashish jarayoni. Ikkala tomon, odatda, moliyaviy 
institutlarda yoki moliyaviy bozorda uchrashadilar. Ayrim vaqtda, xususan, mulkiy 
qiymatlar (masalan, ko‘chmas mulk) bilan bitim imzolanganda sotuvchi va 
xaridorlar 
bevosita 
muomalaga 
kirishadilar
Investitsiya atamasining iqtisodiy mohiyati yana bir qator rus olimlari 
tomonidan quyidagicha tavsiflangan:
- «investitsiyalar iqtisodiy foyda va ijtimoiy samara olish maqsadida 
investitsiya sohasi ob‘ektlariga kiritiladigan barcha turdagi mulkiy va intellektual 
boyliklarni aks ettiradi»; 
- «investitsiyalar deganda foyda (daromad) olish va investorlarning individual 
maqsadlari singari ijobiy ijtimoiy samaraga erishish maqsadida iqtisodiyotning 
turli tarmoqlari va sohalariga, tadbirkorlik va boshqa turdagi faoliyat ob‘ektlariga 
muayyan muddatga kapitalning maqsadli yo‘naltirilgan qo‘yilmasi shaklida amalga 
oshiriladigan xarajatlar yig‘indisi tushuniladi»; 
- «investitsiyalar o‘zini foyda (daromad) olish maqsadida milliy va xorijiy 
iqtisodiyotning turli tarmog‘iga xususiy yoki davlat kapitalining uzoq muddatli 
qo‘yilmasi sifatida namoyon etadi»; 
- «investitsiya tushunchasi foyda olish maqsadida qandaydir korxona
tashkilot, uzoq muddatli loyihalar va shu kabilarga kapital, pul mablag‘larini uzoq 
muddatga kiritishni anglatadi»; 
Investitsiyalar keng ma‘noda o‘zini mablag‘lar va resurslarning kelgusida 
ko‘payishi va iqtisodiy samara yoki boshqa rejalashtirilgan natijalar olish (ijtimoiy, 
ekologik va boshqa samaralar) maqsadida ularning safarbar etilishi sifatida 


namoyon etadi.
Investitsiyalar turli shakllarda amalga oshiriladi va ularni tahlil qilish, 
rejalashtirish uchun alohida xususiyatlaridan kelib chiqqan holda guruhlashtiriladi. 

Download 59.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling