Kuchni rivojlantirish metodikasi va vositalari. Kuchni rivojlantirish uchun yuqori qarshilik bilan bajariladigan
mashqlardan foydalaniladi. Ular ikki guruxdan iborat:
1. Tashqi qarshilik bilan bajariladigan mashqlar. Qar-shilik sifatida jismlar vazni (girlar, toshlar, shtanga va
boshqalar), raqibining qarshiligidan, o‘ziga o‘zining qarshi-ligi, boshqa jismlar qarshiligiga (prujinali espanderlar,
rezinali bint, maxsus moslama stanoklar) tashqi muxit qarshi-ligi (qumli yo‘lkada, qalin qorda yugurish va boshqa-
lar)dan foydalaniladi.
2. Individning o‘z tanasi oirligini yengish bilan bajariladigan mashqlar (tayanib yotib qo‘llarni tirsakdan
bukish). Kuch bilan bajariladigan xar qanday mashqlar o‘zining ijobiy va salbiy tomonlariga ega. Oirlik bilan bajarila-
digan mashqlarning qulay tomoni shundaki, ular yordamida xam yirik, xam mayda muskullar guruxiga taosir etish
oson va ularni dozalash qulay. Salbiy tomoni shundaki, tezlik – kuch talab qiladigan xarakterdagi xarakatlar tartibi tez
buziladi (ayniqsa oirlashtirib, vazminligini ortirib, malol kelishi tezlashadigan mashqlarda), dastlabki xolatda muskul
tarangligi bir xil (statik xolat) ushlanadigan mashqlarda, mashqning tashkillanishi qiyinligi (maxsus jixozning
kerakligi, metal jixozning shovqini va boshqalar) ko‘zga tashlanadi. O‘z-o‘ziga qarshilik ko‘rsatish bilan bajariladigan
mashqlarning qulay-ligi shundaki, qisqa vaqt ichida katta dozada nagruzka berish mumkin va maxsus jixoz va
inventarni talab qilmaydi, lekin muskullar elastikligining tezda yo‘qolishiga olib keladi. Bundan tashqari, bu mashqlar
yuqori nerv tarangligi (zo‘ri-qishi)da bajariladi, shuning uchun ularni solom, jismoniy tayyorgarligi talab darajasida
bo‘lgan odamlarga, o‘z-o‘zini nazorat qilish tizimli olib borilishi tavsiya etiladi.
Kuchni rivojlantirish metodlari. Muskul kuchining ortishi, asosan uni rivojlantirish metodlariga boliqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |