Universiteti kurash fakulteti milliy kurash turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi


Xulosa ........................................................................................................28 Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati


Download 164.92 Kb.
bet2/17
Sana18.06.2023
Hajmi164.92 Kb.
#1599503
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
MK 53-20 talabasi Ochildiyev Durbek

Xulosa ........................................................................................................28
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati………………………………...…….…30

Kirish
Kurs ishining dolzarbligi. Ma’lumki, kurash sporti yoshlarning jismoniy madaniyatini takomillashtirishning asosiy vositalaridan biridir. Bundan tashqari, kurash eng qadimiy, hammabop va keng tarqalgan sport turidir. Qadimda xalqimiz ichida epchillik, chaqqonlik, kuchlilik va irodaviy fazilatlarni o‘zlarida mujassam etgan kishilar ko‘p bo‘lgan. Ushbu fazilatlar va yuksak texnik-taktik mahoratga ega bo‘lgan mashhur kurashchilarni o‘zbek xalqi polvonlar deb atashgan.
Buyuk alloma Abu Ali Ibn Sinoning “Tib qonunlari” kitobida kurash insonni ruhiy va jismoniy holatini yaxshilashning muhim vositasidir deya e’tirof etilgan. She’riyat mulkining sultoni Alisher Navoiy asarlarida esa kuchli kurashchilarning bellashuvlari tasvirlangan hamda ba’zi usullarning ta’rifi keltirilgan. Ushbu asarlardan ko‘rinib turibdiki, o‘zbeklarda usullar tizimi yetarlicha rivojlangan milliy kurash sporti mavjud bo‘lgan. Kurash sohasidagi yetakchi mutaxassislar A.Atoyev, F.A. Kerimov, K.Yusupov, N.X.Azizov, J.Toshpo‘latov, U.Ibrohimov, Z.Jumayevlarning ilmiy-uslubiy manbalarida tasdiqlanishicha, ajdodlarimizning madaniy taraqqiyoti ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va maishiy rivojlanishi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan. Bu esa kurash, xalqimizning etnik madaniy turmush tarzi, jismoniy madaniyati bilan uyg‘unlikda taraqqiy etib kelganligidan dalolat beradi. Shu bilan birga kurashning tarixiy taraqqiyotini, turli ijtimoiy tuzumlar davridagi madaniyat, ma’rifat, tarixiy voqealar hamda an’analardan alohida ajratib o‘rganib bo‘lmaydi.
Mustaqillik sharofati va kurash mutasaddilarining tinimsiz sa’yharakatlari natijasida kurash jahonda yangi sport turi sifatida taraqqiy topdi. Ayniqsa, 1992-yilning 14-aprelida O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov o‘zbek kurashining jonkuyarlaridan biri Komil Yusupovni suhbatga chorlagani va 1999- yilning 1-fevralida “Xalqaro Kurash Assotsiatsiyasini qo‘llab-quvatlash to‘g‘risida”gi farmonini imzolagani, kurashimiz istiqbolini belgilab bergan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning 2017-yil 2-oktabrdagi “Kurashni 4 rivojlantirish chora-tadbirlari” qaroriga asosan 6-sentabr kurash kuni deb e’lon qilinishi o‘zbek kurashini olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritish uchun dasturi amal bo‘lmoqda.
mavzu bo‘lib qolishidan barchamiz manfaatdormiz. Zero, kurashning taraqqiyoti barchamiz uchun muhimdir.

Download 164.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling