Universiteti kurash fakulteti milliy kurash turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi


Download 164.92 Kb.
bet3/17
Sana18.06.2023
Hajmi164.92 Kb.
#1599503
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
MK 53-20 talabasi Ochildiyev Durbek

I –BOB. Yelka usullarini turlari.
Yelkadan oshirib tashlash usullari
Kurashchi raqib yaktagining qulay joyidan ushlab, raqibni muvozanatdan chiqarib, raqibni yelkadan oshirib tashlaydigan barcha usullar “Yelka” deb nomlanadi.
Oldindan yelkadan oshirib
Raqib oldinga engashgan yoki hujumchiga suyangan paytida bu usulni bajarish qulay (20-rasm). DH – kurashchilarning olishuvni boshlash holati. Ushlashlar chap yoki o‘ng yoqasi va yengidan. 1- chap oyoq bilan oldinga intilib tovonni ichkariga qo‘yib, og‘irlikni o‘ngga o‘tkazib o‘ng oyoqni bo‘shatish. 2-3-4- chap oyoqda aylanib, raqibni siltab oldinga tortib, og‘irlik tayanchini uning chap oyog‘i uchiga o‘tkazishga majbur qilish, shu harakatga hamohang raqib ostiga tizzalarini yarim bukkan holda kirib va uni qo‘l bilan oldinga, yuqoriga itarish. 5-6- itarishni davom ettirib, raqibni yelkaga ko‘tarib olish va hujumdagi oyoqni to‘g‘ri qilib raqibni yelkasi bilan gilamga uloqtirish. 14 K.Yusupov. Kurash Xalqaro qoidalari, texnikasi va taktikasi.
Yelkadan oshirib tashlash
Raqib oldinga enkaygan yoki kurashchiga qarab harakatlangan paytda bu usulni bajarish qulaydir (21-rasm). DH – kurashchining olishuvni boshlash holati. Ushlashlar chap yoki o‘ng yeng va yoqa qaytarmasidan. 1- chap oyoq bilan raqibga yarim qadam yaqinlashish va tovonini ichkariga burish. 2-3- raqibni siltab oldinga tortib, muvozanatini chap oyog‘i uchiga keltirish, bir paytning o‘zida chap oyoqda aylanib, raqib gavdasi ostiga bir oz o‘tirish. 4- raqibni oldinga tortishni davom ettirib, gavda ostida cho‘nqayish. 5-6- oldinga egilgan holda va qo‘llar bilan raqibni yoniga va ostiga burab, uni yelkasi bilan gilamga uloqtirish.
Ikki yengidan ushlagan holda yelkadan oshirib uloqtirish
Raqib tik turib ikki qo‘lini oldinga cho‘zgan paytda bu usulni bajarish qulay (22-rasm). DH – raqibning olishuvini boshlash holati. Ushlashlar raqibning chap yoki o‘ng yenglaridan. 1- raqib tomonga o‘ng oyoq bilan bir qadam qo‘yish. 2-3-4- o‘ng oyoq ustidan o‘ng tomonga buralib, o‘ng qo‘lini siltab yuqoriga - oldinga ko‘tarib, raqib gavdasi ostiga tizzalari bukilgan holda tos bilan kirib yaqinlashib kelish. 5-6- qo‘llar bilan oldinga - yuqoriga tortishni davom ettirib, gavda bilan oldinga enkayib, tizzalar birdaniga to‘g‘rilanib, tos bilan gilamga uloqtiriladi
Tezkorlik sifati va uni rivojlantirish usuliyati 
 
Tezkorlik deganda, individ xarakatlarining tezlik xarakteristikasi, asosan xarakat


reaksiyasining vaqtini bel-

gilovchi funksional xususiyatlarning kompleksi tushuni-


ladi. Tezlikni namoyon bo‘lishining uchta asosiy shakli bor: 
1. Yakka xarakat tezligi (kichik tashqi qarshilikni yengish bilan); 
Xarakatlar chastotasi; 
Xarakatlar reaksiyasi tezligi (yashirin latent davri). 

Tezkorlikning eng sodda shakllarining namoyon bo‘lishi bir-biriga aloqador emas.


Ayniqsa bu reaksiya vaqtiga 

boliq bo‘lib, ko‘p xollarda xarakat tezligi ko‘rsatkichlari


bilan korelyasiya qilinmaydi. Tezlikning namoyon qilinishini 

qayd etilgan uchta shaklining umumlashmasidan


(qo‘shilmasidan) aniqlash mumkin

Masalan, 100 m ga yugurish natijasi startdan chiqish reaksiyasi vaqtiga,


aloxida xarakatlarning bajarilishi 

tezligi (depsinish, sonni tez tiklab olish qadamlar suroati)


va boshqalarga boliq. Amalda yaxlit xarakatlar (yugurish, 

suzish) ning tezligi to‘la xarakat aktining tezligiga boliq. Biroq murakkab


koordinatsion xarakatlardagi tezlik faqat 

tezkorlik darajasiga emas, balki boshqa sabablarga, masalan, yugurishda qadam


uzunliligiga, u o‘z navbatida

oyoqning uzunliligiga va depsinish kuchiga xam boliqdir. Shuning uchun
 yaxlit xarakat tezligi 
 individning tezkorligini qisman ifodalaydi xolos. Aslida tezkorlikning eng sodda shakllarining namoyon bo‘layot-ganligini taxlil 
qila olamiz xolos. 

Ko‘pincha maksimal tezlik bilan bajarilayotgan xarakat-larda ikki xil


fazasi farqlanmoqda: 

 tezlikni oshirib borish (tezlanish, olish) fazasi; 

tezlikning nisbatan stabillashuvi fazasi (startdagi tezlanish).
Tezlikni oshirib borish qobiliyati bilan masofani katta tezlikda o‘tish


qobiliyati  tezkorlik namoyon qilishda 

biri ikkinchisiga boliq emas. Juda yuqori darajada startdan chiqish tezligiga ega


bo‘lib masofada tez yuguraolmasligi
 
yoki uning aksicha xam bo‘lishi mumkin. Signallarga reaksiya



Download 164.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling