Universiteti kurash fakulteti milliy kurash turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi
Download 164.92 Kb.
|
MK 53-20 talabasi Ochildiyev Durbek
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yelkadan oshirib tashlash
- Ikki yengidan ushlagan holda yelkadan oshirib uloqtirish
- Tezkorlik sifati va uni rivojlantirish usuliyati
- Xarakatlar reaksiyasi tezligi (yashirin latent davri).
I –BOB. Yelka usullarini turlari.
Yelkadan oshirib tashlash usullari Kurashchi raqib yaktagining qulay joyidan ushlab, raqibni muvozanatdan chiqarib, raqibni yelkadan oshirib tashlaydigan barcha usullar “Yelka” deb nomlanadi. Oldindan yelkadan oshirib Raqib oldinga engashgan yoki hujumchiga suyangan paytida bu usulni bajarish qulay (20-rasm). DH – kurashchilarning olishuvni boshlash holati. Ushlashlar chap yoki o‘ng yoqasi va yengidan. 1- chap oyoq bilan oldinga intilib tovonni ichkariga qo‘yib, og‘irlikni o‘ngga o‘tkazib o‘ng oyoqni bo‘shatish. 2-3-4- chap oyoqda aylanib, raqibni siltab oldinga tortib, og‘irlik tayanchini uning chap oyog‘i uchiga o‘tkazishga majbur qilish, shu harakatga hamohang raqib ostiga tizzalarini yarim bukkan holda kirib va uni qo‘l bilan oldinga, yuqoriga itarish. 5-6- itarishni davom ettirib, raqibni yelkaga ko‘tarib olish va hujumdagi oyoqni to‘g‘ri qilib raqibni yelkasi bilan gilamga uloqtirish. 14 K.Yusupov. Kurash Xalqaro qoidalari, texnikasi va taktikasi. Yelkadan oshirib tashlash Raqib oldinga enkaygan yoki kurashchiga qarab harakatlangan paytda bu usulni bajarish qulaydir (21-rasm). DH – kurashchining olishuvni boshlash holati. Ushlashlar chap yoki o‘ng yeng va yoqa qaytarmasidan. 1- chap oyoq bilan raqibga yarim qadam yaqinlashish va tovonini ichkariga burish. 2-3- raqibni siltab oldinga tortib, muvozanatini chap oyog‘i uchiga keltirish, bir paytning o‘zida chap oyoqda aylanib, raqib gavdasi ostiga bir oz o‘tirish. 4- raqibni oldinga tortishni davom ettirib, gavda ostida cho‘nqayish. 5-6- oldinga egilgan holda va qo‘llar bilan raqibni yoniga va ostiga burab, uni yelkasi bilan gilamga uloqtirish. Ikki yengidan ushlagan holda yelkadan oshirib uloqtirish Raqib tik turib ikki qo‘lini oldinga cho‘zgan paytda bu usulni bajarish qulay (22-rasm). DH – raqibning olishuvini boshlash holati. Ushlashlar raqibning chap yoki o‘ng yenglaridan. 1- raqib tomonga o‘ng oyoq bilan bir qadam qo‘yish. 2-3-4- o‘ng oyoq ustidan o‘ng tomonga buralib, o‘ng qo‘lini siltab yuqoriga - oldinga ko‘tarib, raqib gavdasi ostiga tizzalari bukilgan holda tos bilan kirib yaqinlashib kelish. 5-6- qo‘llar bilan oldinga - yuqoriga tortishni davom ettirib, gavda bilan oldinga enkayib, tizzalar birdaniga to‘g‘rilanib, tos bilan gilamga uloqtiriladi Tezkorlik sifati va uni rivojlantirish usuliyati Tezkorlik deganda, individ xarakatlarining tezlik xarakteristikasi, asosan xarakat reaksiyasining vaqtini bel- gilovchi funksional xususiyatlarning kompleksi tushuni- ladi. Tezlikni namoyon bo‘lishining uchta asosiy shakli bor: 1. Yakka xarakat tezligi (kichik tashqi qarshilikni yengish bilan); Xarakatlar chastotasi; Xarakatlar reaksiyasi tezligi (yashirin latent davri). Tezkorlikning eng sodda shakllarining namoyon bo‘lishi bir-biriga aloqador emas. Ayniqsa bu reaksiya vaqtiga boliq bo‘lib, ko‘p xollarda xarakat tezligi ko‘rsatkichlari bilan korelyasiya qilinmaydi. Tezlikning namoyon qilinishini qayd etilgan uchta shaklining umumlashmasidan (qo‘shilmasidan) aniqlash mumkin. Masalan, 100 m ga yugurish natijasi startdan chiqish reaksiyasi vaqtiga, aloxida xarakatlarning bajarilishi tezligi (depsinish, sonni tez tiklab olish qadamlar suroati) va boshqalarga boliq. Amalda yaxlit xarakatlar (yugurish, suzish) ning tezligi to‘la xarakat aktining tezligiga boliq. Biroq murakkab koordinatsion xarakatlardagi tezlik faqat tezkorlik darajasiga emas, balki boshqa sabablarga, masalan, yugurishda qadam uzunliligiga, u o‘z navbatida, oyoqning uzunliligiga va depsinish kuchiga xam boliqdir. Shuning uchun yaxlit xarakat tezligi individning tezkorligini qisman ifodalaydi xolos. Aslida tezkorlikning eng sodda shakllarining namoyon bo‘layot-ganligini taxlil qila olamiz xolos. Ko‘pincha maksimal tezlik bilan bajarilayotgan xarakat-larda ikki xil fazasi farqlanmoqda: tezlikni oshirib borish (tezlanish, olish) fazasi; tezlikning nisbatan stabillashuvi fazasi (startdagi tezlanish). Tezlikni oshirib borish qobiliyati bilan masofani katta tezlikda o‘tish qobiliyati – tezkorlik namoyon qilishda biri ikkinchisiga boliq emas. Juda yuqori darajada startdan chiqish tezligiga ega bo‘lib masofada tez yuguraolmasligi yoki uning aksicha xam bo‘lishi mumkin. Signallarga reaksiya Download 164.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling