Universiteti nukus filiali


Jismoniy madaniyat fanining boshqa fanlar bilan bog’liqligi


Download 165.32 Kb.
bet5/9
Sana15.02.2023
Hajmi165.32 Kb.
#1200389
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Jismoniy tarbiya

1.2. Jismoniy madaniyat fanining boshqa fanlar bilan bog’liqligi

Jismoniy tarbiya - insonni jismoniy kamolotga erishishiga yo‘naltirilgan pedagogik jarayondir. Jismoniy madaniyat jarayonida aqliy, axloqiy, estetik tarbiya va mehnat tarbiyasi amalga oshiriladi. Jismoniy madaniyat nazariyasi ijtimoiy, tabiiy va pedagogik fanlar bilan Bog’liqdir. Jismoniy madaniyat nazariyasining g‘oyaviy asosi shaxs haqidagi falsafiy ta’limot hisoblanadi. Jismoniy madaniyat zariyasining ilmiy-tabiiy asosi (anatomiya, fiziologiya, gigiyena, bioximiya, biomexanika va boshqalar) fanlar majmuasidan tarkib topgan. Tabiiy fanlar sohasida erishgan yangi yutuqlar jismoniy tarbiya nazariyasi tomonidan jismoniy mashqlarni
o‘rgatish usullari, vositalarini tanlashni asoslash, qo‘yilgan vazifalarni hal etishning amarali yo‘llarini ishlab chiqishda foydalaniladi. Biomexanika harakat texnikasini tadqiqot qila borib, uni bajarilishni baholashga, xatoliklarni yo‘qotish yo‘llarini elgilashga hamda harakat malakalarini shakllantirishda eng yaxshi natijalarga erishishga yordam beradi. Bioximiya tomonidan jismoniy mashqlar bajarilish ta’sirida kishi organizmida, jumladan, muskullarda bo‘ladigan ximiyaviy jarayonlami o ‘rganish natijasida olgan ma’lumotlar ularni o ‘tkazish metodikasini
takomillashtirishga yordam beradi. Tabiiy fanlar asosida erishilgan yangiliklar jismoniy tarbiya nazariyasi jismoniy mashqlarga o‘rgatishning vosita va usullarini tanlash uchun, mashg'ulotlarni o ‘tkazish metodikasini ishlab chiqishga
imkoniyat yaratadi. Jismoniy madaniyat nazariyasi pedagogik bilimlar tizimiga kiradi. Jismoniy madaniyat bog’liq bo’lgan hodisalarni o‘rganuvchi ilmiy fanlar ko‘p vaqt ichida differensiya yo’li bilan olib borilgan. Buning natijasida jismoniy madaniyatning ayrim tomonlariga qisman tegishli bo’lsa ham, ko‘pgina xususiy fanlar vujudga kela boshladi. Shularning bir qismi amaliyotning jismoniy-sport bo’limida katta o‘rin egallab, ixtisoslashtirilgan kasbiy bilimlami o ‘z ichiga olgan. Boshqa qismi maxsus tabiiy fanlarni o ‘z ichiga olgan (anatomiya, fiziologiya, biologiya, biomexanika, tibbiyot, gigiyena, psixilogiya va h.k.) bo’lib, ular jismoniy madaniyat sohasida vujudga kelmasdan, balki tarmoq sifatida kengaytirilgan. Shu bilan bir vaqtda umumlashtiruvchi fanlar shakllana boshlagan. Masalan: XX asr davomida jismoniy madaniyat institutlarining birinchi o ‘quv rejalariga jismoniy madaniyat nazariyasi va umumiy metodikasi kompleks fan sifatida kiritilgan. Lekin talab etilgan aniq materiallarning to’liqmasligi va ayrim boshqa sabablar
fanning butun ilmiy ko‘rinishida shakllanishiga halaqit byergan. So‘nggi
10 villiklarda fanning turli sohalarida informatsiyaning tez o‘sishi bilan
Bog’liq ravishda ilmiy bilimlami integratsiyalash oqimi kuchayib boradi.
Gap shundaki, inson faoliyatining u yoki bu faoliyatiga qisman ta’sir
etadigan xususiy ilmiy ma’lumotlarning to‘planishi o‘z holicha ishning
mazmunini toMa tushunishga kafolat bermaydi hamda amaliyotni ilmiy
optimizatsiyalash uchun yetarii asos bo’lmaydi. Bundan tashqari,
umumiy nazariya mantiq jihatidan tartibli keltirilmagan xususiy
ma’lumotlar to‘plamini butunlay tushunishdan chetlashishi ham
mumkin. Shuning uchun ham, zamonaviy dunyo miqyosidagi ilmda
"informatsiya oqimi" xavfi ta’sirida tahlil qilish yo’li bilan foydalanishga va umumiy nazariyalami ishlab chiqarishga e ’tibor kuchayib, ular ko‘pgina xususiy ma’lumotlami integrallashga, haqiqiy dunyoning bir butunligini ifodalovchi umumiy konsepsiyaga birlashtirishga olib keladi. Shunday qilib, jismoniy madaniyat nazariyasi deb shartli ravishda keng ma’noli jismoniy madaniyat amaliyotida nazariy ifodalovchi bo’limlarning barcha to‘plamiga aytiladi hamda u
yoki bu qonun-qoidalarni tushuntiradi, uni ratsional tarzda boshqarishga xizmat qiladi.


Download 165.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling