Universiteti nukus filiali


Download 165.32 Kb.
bet3/9
Sana15.02.2023
Hajmi165.32 Kb.
#1200389
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Jismoniy tarbiya

Kurs ishining obekti. Jismoniy tarbiyaning tarixiy xususiyatlari: jismoniy tarbiyaning yuzaga kelishi va rivojlanishi sabablari: jismoniy madaniyat tizimi ma`lum ijtimoiy tashkilot sifatida. Jismoniy madaniyat nazariyasi va amaliyoti uchun davlat direkktiv hujjatlarining ahamiyati; jismoniy madaniyat tizimining maqsad va vazifalari (sog‘lomlashtirish, ta`limiy, tarbiyaviy masalalari). Jismoniy madaniyat tizimining qonun-qoidalari: sog‘lomlashtirishga yo‘naltirilganligi; shaxsning har tomonlama rivojlantirish, jismoniy tarbiyaning mehnat va harbiy amaliyot bilan bog‘liqligi printsipi. Jismoniy tarbiyadagi yo‘nalishlari: sport mashg‘ulotlari va umumiy jismoniy tayyorgarlikning etakchi vazifalari haqida nazariy ma`lumotlarga ega qilish.
Kurs ishining predmeti. Pedagogik tahlil o‘tkazish uslubiyati. Xronometraj o‘tkazish uslubiyati. Pulsometriya o‘tkazish uslubiyati.pedagogning darsga tayyorlanishi. Darsni tashkil qilish. Darsda qo‘llaniladigan vositalar. O‘rgatish usullarining qo‘llanilishi. Jismoniy qobiliyatlarni tarbiyalash uslubiyati. Pedagogning tarbiyaviy ishi. O‘quvchilarning xulqi. Darsni umumlashtirish va xulosa chiqarish haqida nazariy ma`lumotlarga ega qilish.
Kurs ishining strukturasi. Ushbu kurs ishi ikki bop har bir bopda ikkitadan reja xulosa va foydalanilgan adabiyotdan iborat.

I. Bob. Jismoniy madaniyatning jamiyatdagi roli
Jismoniy tarbiya nazariyasi (umumiy asoslari) fan sifatida jismoniy tarbiya, jismoniy madaniyat va sport bo‘yicha mutaxassislami tayyorlashda hamda maxsus bilim olishda asosiy fan hisoblanadi. Pedagogika institut va Universitetlarida jismoniy tarbiya fakultetlarining o‘quv rejalarida bu fan jismoniy tarbiya nazariyasi jismoniy madaniyat va sport haqida bilimlaming to‘la tizimida o‘tish kursini ta’minlaydi. Uning mazmunini jismoniy madaniyat nazariyasining asoslari,
jismoniy tarbiya, akademik Iitsey va kasb-hunar kollejlarda, katta va keksa yoshdagi kishilami jismoniy tarbiyasi hamda sport mashg^lotlari tashkil qiladi. Jismoniy tarbiya ijtimoiy hodisalarga taalluqlidir. Bu hodisalarni tavsiflash uchun talablar: jismoniy tarbiyaning kelib chiqish sabablari; uning jamiyat hayotida tutgan o‘mi; jismoniy tarbiyaning tarixiyligi mavjud. Prezidentimiz o‘zining f,O’zbekiston XXI asrga intilmoqda» nomli kitobida; «Ma’naviyat haqida gap ketar ekan, men, awalo, insonni ruhiy poklanish va yuksalishga da’vat etadigan, inson ichki olamini boyitadigan, uning iymon-irodasini, e’tiqodini mustahkamlaydigan, vijdonini uyg‘otadigan qudratli kuchni tasawur qilaman» degan. Bu esa keng qamrovli, chuqur ilmiy gcoya yangicha fikr, ta’limtarbiyaning yangicha metodik asosini boshlab beruvchi yo‘nalishlardan biridir.
Jismoniy tarbiyaning rivojlanishida mehnat faoliyatining mazmuni va xarakteri, fan yutuqlari va boshqa omillaming ahamiyati kabilami anglab olishlari shart. Shuni qayd qilib o‘tish kerakki, bu omillar jismoniy tarbiyaga alohida-alohida emas, balki murakkab bolmangan holda ta’sir ko‘rsatadi. Jismoniy tarbiyaning mohiyatini tushunish uchun, eng awalo, uning maxsus mazmunini aniqlash lozim. Jismoniy tarbiya har xil, ya’ni ijtimoiy va tabiiy fanlar tomonidan o‘rganiladi: jismoniy tarbiya nazariyasi, sport fiziologiyasi, sport psixologiyasi, jismoniy mashqlar biomexanikasi hamda sport turlarining nazariyasi, uning metodikasi va h.k.
Jismoniy madaniyat nazariyasi - pedagogik fandir. U inson barkamolligini boshqarishning umumiy qonunlarini, shuningdek, bu qonuniyatlar asosida O’zbekiston fuqarolarining jismoniy tarbiyasi vazifalarini, metodlarini va ish maqsadlarini aniqlaydi;
Jismoniy tarbiya nazariyasining mazmuni jismoniy kamol toptiradigan va Vatan mudofaasiga tayyorlaydigan tarbiya to‘gcrisidagi bilimlami tashkil qiladi. Jismoniy madaniyat nazariyasi jismoniy tarbiya amaliyotidagi hamma turlarni hamda aralash fanlarning dalillarini umumlashtiradi. Buni o‘rganish hamma sport-pedagogik mutaxassislariga umumnazariy asos boMadi. Chunki tarbiyani, awalo, insonning o‘ziga qaratilganligi.
Prezidentimiz tomonidan ishlab chiqib amalga oshirilayotgan "0‘zbek modelida" aniq ko‘rsatilgan - o‘zligini anglash birinchidan, uning ozod, erkin, nodir, ulug siymoligini anglash va o‘zida unga amal qilish sifatlarini shakllantirib borish bo‘lsa, ikkinchidan, uning o‘ziga xos milliy-insoniy sifatlarini ochib beruvchi etnik, ma’naviy-insoniy asoslarini anglash va ularga amal qilishdan iboratdir. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi fanining bogimlarida jismoniy madaniyatning umumiy ta’lim hamda kasb-amaliy tayyorgarligidagi va kundalik turmushdagi xususiyatlari o‘rganiladi. Shuningdek, sport jismoniy tarbiyaning asosiy unsurlaridan biri hamda sport faoliyatining maxsus shakli sifatida tahlil qilinadi. Shunday qilib, jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kursi jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlashda maxsus kasb-hunar ta’limining ilmiy fundamentiga kirituvchi kengaytirilgan bilimlar majmuasini o‘z ichiga oladi. Uning ahamiyati faqat bu bilimlar qiymati bilan ifodalanmaydi, u bo‘lg‘usi mutaxassisga jismoniy madaniyatning butun sohalarida kasbiy-faoliyat mazmunini toliq tushunishiga imkoniyat beradi, uning dunyoqarashini o‘zgartiradi, jamiyat sohasidagi boshqa ishchilarning umumiy ishlari bilan bog‘laydi va shu yangi tipdagi bilim, metodlami egallashni, zarur bolgan kasbga nisbatan dunyoqarashini shakllantirishga yordam beradi.
Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi - bu inson jismoniy kamolotini boshqarishning umumiy qonuniyatlari haqidagi fandir.

Download 165.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling