Universiteti olmaliq filiali metallurgiya va kimyoviy texnologiya fakulteti
Download 24.84 Kb. Pdf ko'rish
|
11A21KT
TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI OLMALIQ FILIALI METALLURGIYA VA KIMYOVIY TEXNOLOGIYA FAKULTETI KOLLOIDKIMYO FANIDAN MUSTAQIL ISH GURUH : 11-A21-KT BAJARDI : KUCHAROVA M TEKSHIRDI : TURSUNOVA D Mavzu :Kolloid zarrachalarning tuzilishi haqida Mitselyar nazariya . Liofob zollarning barqarorligi Reja : 1. Barqqarorlik nazariyasi tog’risida umumiy ma’lumot . 2. Lifob kolloidlar .Kolloid sistemalarda elektrokinetik hodisalar . 3. Qo’sh elektr qavat . 4. Kolloid zarrachalarning tuzilishi haqida Mitselyar nazariya . 5. Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar 1. Kolloid eritmalar temodinamik barqaror sistemalardir. CHunki ular ortiqcha erkin enrgiyaga ega bo’ladilar . Kolloid sistemalarda dispers faza – solishtirma sirt juda katta bo’lganidan ortiqcha enrgiya hosil bo’ladi . Sirt yoki erkin energiya termodinamikaning ikkinchi qonuniga muvofiq o’zining eng kichik qiymatiga intiladi . 1922-yilda N.P.Peskov kolloidlar haqida ta’limotga kinetik va agregattiv barqarorlik tushunchalarini kiritdi . Kinetik barqarorlik – deganda dispers sistemalarning og’irlik kuchiga bardosh bera olish xususiyati tushuniladi . Bu barqarorlik Broun harakati tufaylidir . Bundan tashqari kinetic barqarorlikga ta’sir etuvchi boshqa omillar ham mavjud : zarrachalarning disperslik darajasi ,dispers muhit qovushqoqligi , dispers faza vaboshqalar . Zarrachalarning o’lchami qancha kichik bo’lsa , kinetic sistema shuncha barqaror bo’ladi . SHunung uchun dag’al sitemaning barqarorligi kam , linetik sistemalarning barqarorligi yuqori bo’ladi. Zarrachalrning og’irlik kuchi ta’sirida cho’kish yo’q darajada kam bo’lgan sistemalar kinetik barqror deyiladi . Agregativ barqarorlik deganda dispers faza zrrachalarining disperslik darajasini saqlash xususiyati tushuniladi . Bunday barqarorlikning sababi : 1-kolloid zarrachalarda zaryadning bir xil ekanligidan ular yiriklasha olmasligi . 2-kolloid zarrachalar erituvchi molekualaridan iborat solvat qavat bilan qurshab olinganligidir . B.V.Delyagen ta’limotiga ko’ra solvatqavat egiluvchanlik va yuqori qovushqoqlikga ega bo’lib ,zarrachalarning o’zaro yopishishiga to’sqinlik qiladi. 2.Liofob kolloidlar bu –dispers muhiti suyuqlikdan iborat bo’lgan dispers sistemadir . Kolloidlarda liofob bilan bitga liofil atamasi ham bor . Dispers faza zarrachalari bilan dispers muhit zarrachalari orasiga qarab liofob va liofil farqini bilamiz . Liofob kolloidlarda dispers faza dispersion muhit bilan kuchsiz bog’langanligi sababli ularning zarrachalari alohida molekulalardan iborat bo’lmaydi , bir qancha molekulalar agregatini tshkil qiladi. Bu sistemalarda kolloid zarrachalarning o’lchami dipersion muhit molekulalarining o’lchamiga nisbatan bir nacha martta katta bo’lganligi uchun , zarrachalar bilan suyuqlik o’rtasida chegara hosil bo’ladi . SHu sababli bunday mikrogeterogen sistemalar tipik kolloidlar deb ataladi . Tipik , ya’ni chegara sirtiga ega bo’lgan liofob kolloidlar . Bunday kolloidlar faqat molecular yoki elektrolitik stabilizatorlar ishtirokida hosil qilinadi Liofob kolloidlarga oltin ,platina,kumush zollari , metal sulfidlarining gidrolizlari va boshqalar misol bo’la oladim . Kolloid zarrachalr elektr maydonda elektrodlar tomon harakat qilishini birnchi bo’lib Moskva universiteti professori F.F. Reyse 1808-yil aniqlaydi . U quydagicha tajriba o’tkazgan : bir bo’lak loy olib umga ikkita shisha nayni botirgan va ularga teng miqdirga tozalangan ham , uning ustidan bir xil balandlikda distillangan suv solgan . Naylarning ichiga metall elektrodlarbotirib , bu elektrodlarni doimiy tok manbaiga ulagan . Bir ozdan keyin musbat qutibli nay ichidagi suvning loyqalanganini , bu qutibli suvning sathi bir oz pastga tushganini va manfiy qutubli suvning sathi bir oz ko’tarilganini kuzatgan . Manfiy qutbli naycha ichidagi suv loyqalanmagan . Bunday loy zarrachalari manfiy zaryadga ega ekanligi ko’rinadi va bu zarrachalar qarama-qarshi zaryadli elektrod tomonga tortilishi sababli musbat elektrod tushirilgan naychadagi suv loyqalanadi . Loyning kolloid zarrachalarini qurshab olgan suv musbat zaryadlangani uchun suvmanfiy elektrodga tomon tortiladi va suv sathi ko’tariladi . Bu hodisa boshqa kolloid dispers sistemalar uchun ham hosdir . Dispers faza zarrachalarini elektr maydonda qarama-qarshi elektrod tomoniga harakatlanishiga elektroforez deyiladi . Dispers muhitning tashqi elektr maydoni ta’sirida g’ovak diafragma orqali elektrodlar tomonga harakatlanishiga elektrosmos deyiladi. Laboratoriya sharopitida elektoforez yordamida kolloid zarrachalarning zaryadini aniqlash mumkun . Kolloidlarning elektr hossalarinio’rganish katta nazariy ahamiyatga ega bo’lib , u kolloidlarning strukturasini va hossalarini bo’lishining amaliy ahamiyati hamkatta . Elektroforez neftni suvsizlantirishda ,chinni , sopolo ishlab chiqarish sanoatida , suspenziya va keramik masla tayyorlashda , radiolampalar uchun aktivlangan katodlar yasashda , latekslardan rezinabuyumlar olishda ishlatiladi . Elektrosmos usuli torfni va yog’ochni qurutishda qo’llaniladi .Elektrosmos qishloq xo’jaligida ham qo’llaniladi. Download 24.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling