Yuridik faktlar xilma-xildir, ular mohiyatan bir necha turlarga bo‘linadi


Download 43.21 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana04.11.2023
Hajmi43.21 Kb.
#1746999
  1   2   3   4
Bog'liq
Davlat va huquq nazariyasi. oraliq



Kazus 
Yuridik faktlar xilma-xildir, ular mohiyatan bir necha turlarga bo‘linadi. 
Yuridik faktlar keltirib chiqaradigan huquqiy oqibatlariga ko‘ra huquqiy 
munosabatlarni vujudga kelishi, o‘zgarishi va bekor bo‘lishiga asos bo‘ladigan 
faktlarga bo‘linadi. Ammo ayni bir yuridik hodisa, bir vaqtning o‘zida ham muayyan 
huquqni yaratuvchi, ham huquqni o‘zgartiruvchi, ham huquqni bekor qiluvchi fakt 
bo‘lishi mumkin. 
Yuridik faktlarning turlarini muhokama qiling va oddiy hamda murakkab 
yuridik faktlarga O‘zbekiston Respublikasi yuridik amaliyotidan misollar keltirib 
o‘ting. 
Javob: 
Ushbu kazusga quyidagicha javob berishga harakat qilamiz, ya`ni, 
aniqlashimiz kerak bo‘lgan bir qancha vaziyatlar mavjud: 
Birinchidan, yuridik fakt tushunchasini atroflicha muhokama qilish;
Ikkinchidan, yuridik faktlar keltirib chiqaradigan huquqiy oqibatlariga ko‘ra 
turlarini yoritish; 
Uchinchidan, 
yuridik 
faktlarning 
oddiy 
va 
murakkab 
turlariga 
qonunchiligimizdan misollar keltirish. 
Huquqiy munosabatlar yuridik normalar asosida kelib chiqadi. Biroq huquqiy 
normalar o‘z-o‘zidan, bevosita huquqiy munosabatlarni paydo qilmaydi. Normalar 
faqatgina huquqiy munosabatlar vujudga kelishining shartlarini, holatlarini va 
chegaralarini belgilab beradi. Huquqiy munosabatlarning mavjud bo‘lishi yuridik 
faktlar deb ataluvchi muayyan hayotiy hodisalar bilan bog‘liq. Yuridik faktlar huquqiy 
munosabatlarning zaruriy sharti, konkret talabi sifatida maydonga chiqadi. 
Huquqshunos olim X. Odilqoriyevning fikricha, “Barcha ijtimoiy hayot 
hodisalari singari huquqiy munosabatlar ham taraqqiyot qonuniyatlariga itoat etadi. 


Insonlar o‘rtasidagi aloqalarning yuridik shakli bo‘lmish son-sanoqsiz huquqiy 
munosabatlar muntazam ravishda paydo bo‘lib, o‘zgarib va barham topib turadi. 
Huquqiy munosabatlar yuridik normalar asosida kelib chiqadi. Biroq, huquqiy 
normalar o‘z-o‘zidan, bevosita huquqiy munosabatlarni paydo qilmaydi. 
Xo‘sh, yuridik faktlar degani qanday hodisa? Turmushdagi barcha voqeliklar 
mana shunday hodisalar hisoblana oladimi? Chamasi, yo‘q. Hayotda turli-tuman 
faktlar, holatlar, shart-sharoitlar bor. Ammo, ularning hammasi ham yuridik fakt 
bo‘lavermaydi. Muayyan hodisa va holatlarni yuridik fakt deb e’tirof etish davlatning 
xohish-irodasiga bog‘liq. Yuridik fakt huquqiy munosabatni keltirib chiqaradi, 
tomonlarda huquq va majburiyat vujudga keltiradi. Huquqiy normalar ta’sirida u yoki 
bu hayotiy holatlar yuridik faktga aylanadi”
1
.

Download 43.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling