Yuridik faktlar xilma-xildir, ular mohiyatan bir necha turlarga bo‘linadi
Download 43.21 Kb. Pdf ko'rish
|
Davlat va huquq nazariyasi. oraliq
- Bu sahifa navigatsiya:
- Huquqshunos olim Z. Islomovning fikricha
Bizning fikrimizcha, yuridik faktlar huquqiy munosabatlar o‘rnatishning
muhim vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Ular, odatda, huquqiy munosabat subyektlarining manfaatlariga mos keladi. Masalan; O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 40- moddasida Har bir inson malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega. Demak, bu yuridik faktdir. Chunki, har bir inson bu huquqdan foydalanishi kafolatlangan, ham erkinlik, ham majburiyat sifatida. Erkinlik sifatida foydalanishi bu sog‘lom holatida ham, kasal bo‘lgan holatida ham tibbiy ko‘rikdan o‘z hohishiga ko‘ra ihtiyoriy foydalanadi. Majburiyat sifatida esa, nikohdan o‘tayotganda majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tadi. Nikohni FHDYo (ZAGS) idoralarida ro‘yxatdan o‘tkazish fakti – yuridik faktdir, chunki bu holat Fuqarolik kodeksi va Oila kodeksida mustahkamlangan. Huquqshunos olim Z. Islomovning fikricha, “Harakatsizlik – bu insonlarningtashqi ifodaga ega bo‘lmagan passiv yurish-turishidir. Harakatsizlik huquqqa mos va huquqqa xilof ko‘rinishda bo‘ladi. 1 Odilqoriyev X.T. Davlat va huquq nazariyasi. T.:Adolat, 2018. – 195-196-betlar. Yuridik faktlar keltirib chiqaradigan oqibatiga ko‘ra huquqni yaratuvchi, huquqni o‘zgartiruvchi va huquqni bekor qiluvchi turlarga ajratiladi. Huquqni yaratuvchi faktlar huquqiy munosabatlarni keltirib chiqaradi. Bularga mehnat shartnomasining tuzilishi, nikoh qurish va boshqalar misol bo‘lishi mumkin. Huquqni o‘zgartiruvchi faktlar huquqiy munosabatlarni o‘zgartiradi. Masalan, boshqa ishga o‘tish tomonlar o‘rtasidagi mehnat-huquqiy munosabatlari mazmunini o‘zgartiradi, lekin bunda huquqiy munosabatlar saqlanib qoladi. Huquqni bekor qiluvchi faktlar huquqiy munosabatlar to‘xtatilishini taqozo etadi. Shaxs sub’ektiv huquqini amalga oshirsa yoki majburiyat bajarilsa, huquqiy munosabatlar barham topadi. Lekin huquqiy munosabatlarnafaqat huquq amalga oshirilganda yoki majburiyat bajarilganda to‘xtashi, balki shaxsning o‘limi yoki ashyoning nobud bo‘lishi natijasida ham to‘xtashi mumkin. Bitta fakt bir nechta yuridik oqibat keltirib chiqarishi mumkin. Xususan, fuqaroning o‘limi meros bo‘yicha huquqiy munosabatlarning kelib chiqishiga, mehnat-huquqiy munosabatlarining to‘xtatilishiga va turar-joy ijarasi bilan bog‘liq huquqiy munosabatlarning o‘zgarishiga olib kelishi mumkin” 2 . Download 43.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling