Yuridik faktlar xilma-xildir, ular mohiyatan bir necha turlarga bo‘linadi


Download 43.21 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana04.11.2023
Hajmi43.21 Kb.
#1746999
1   2   3   4
Bog'liq
Davlat va huquq nazariyasi. oraliq

Bizning fikrimizcha, Yuridik faktlar ijtimoiy munosabatlarning turiga qarab 
ko‘p turlidir. Ammo ayni bir yuridik hodisa, bir vaqtning o‘zida ham muayyan huquqni 
yaratuvchi, ham huquqni o‘zgartiruvchi, ham huquqni bekor qiluvchi fakt bo‘lishi ham 
mumkin.
Huquqshunos olim Sh. Saydullayevning fikricha, “Yuridik faktlar –
huquqiy munosabatlarni vujudga keltiruvchi, o‘zgartiruvchi va bekor qiluvchi 
holatlar. Oqibatlarining xususiyatiga ko‘ra huquqni vujudga keltiruvchi, huquqqa 
barham beruvchi va huquqni o‘zgartiruvchi faktlar farqlanadi. Iroda belgisiga ko‘ra 
2
Islomov Z.M. Davlat va huquq nazariyasi. Darslik. - T.: Adolat, 2007. 241-246-betlar.


yuridik faktlar ikki guruhga – hodisalar va harakatlar (harakatsizliklar) ga
bo‘linadi. Huquq subyektlarining xohish-irodasidan qat’i nazar, yuz beradigan
vaziyatlar hodisa hisoblanadi.
Masalan, tabiiy ofatlar (yong‘inlar, suv toshishi, yer qimirlashi va 
boshqalar). Ushbu tabiiy ofatlar natijasida odamlar halok bo‘lishi mumkin, ularning 
mol-mulkiga ziyon yetadi, binobarin, zararni qoplash, mol-mulkni meros qoldirish,
sug‘urta puli to‘lash va hokazolar bilan bog‘liq tegishli huquqiy munosabatlar 
yuzaga keladi. Ushbu hodisalar o‘z holicha yuridik ahamiyatga molik emas va o‘z-
o‘zidan hech qanday holatlarni vujudga keltirmaydi, ammo bunga sabab bo‘lib
xizmat qiladi. Harakatlar (harakatsizliklar) – kishilar xohish irodasiga bog‘liq
bo‘lgan, ularning o‘zi sodir qiladigan yoki qilishdan tiyiladigan faktlardir. 
Harakatlar, o‘z navbatida, qonuniy (ishga yoki oliy o‘quv yurtiga o‘qishga kirish,
nikohni ro‘yxatdan o‘tkazish) va noqonuniy (huquqbuzarliklarning barcha turlari)
bo‘ladi”
3
.
Huquqshunos olim H. Boboyevning fikricha,  “Yuridik faktlar ular keltirib 
chiqaradigan huquqiy oqibatlarga qarab: huquqni yaratuvchi, huquqni o‘zgartiruvchi 
va huquqni bekor qiluvchi faktlarga bo‘linadi.
Ayni bir yuridik hodisa bir vaqtning o‘zida ham huquq yaratuvchi, ham 
huquqni o‘zgartiruvchi, ham huquqni bekor qiluvchi fakt bo‘lishi mumkin. Masalan, 
insonning o‘limi fakti meros huquqiy munosabatlarining kelib chiqishiga sabab bo‘la 
oladi, shu choqqacha mavjud bo‘lgan huquqiy munosabat ishtirokchilari tarkibi 
o‘zgarishiga olib keladi (ya’ni, o‘lgan shaxs bu munosabatdan chiqib ketadi), mavjud 
qator (oilaviy, mehnat, nafaqa) huquqiy munosabatlarning barham topishiga asos 
bo‘ladi.
Yuridik faktlar irodani ifodalashiga qarab, ikki asosiy guruhga: yuridik 
hodisalar va yuridik harakatlarga bo‘linadi.
3
Saydullayev Sh.A. Davlat va huquq nazariyasi. – T.: TDYU, 2021. - 248 b.


Hodisalar– tabiat va jamiyatdagi shunday faktlarki, ularning yuz berishi 
kishilarning erku irodasi, ongi va ehtiyojiga bog‘liq emas. Masalan, yer qimirlashi, 
bola tug‘ilishi, insonning vafot etishi, yong‘in, sel kabi tabiiy ofatlar va boshqalar. 
Mazkur hodisalar huquq bilan tartibga solinuvchi ijtimoiy munosabatlarga muayyan 
ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shu sababdan ular yuridik faktlar, deb tan olinadi. Odatda, 
hodisalar huquqiy munosabatning obyektiga ta’sir etadi”
4


Download 43.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling