Yuridik faktlar xilma-xildir, ular mohiyatan bir necha turlarga bo‘linadi
Download 43.21 Kb. Pdf ko'rish
|
Davlat va huquq nazariyasi. oraliq
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati
Bizning fikrimizcha, yuridik faktlar hayotda huquqdan alohida, mustaqil
bo‘lib, davlat xohish-irodasi tufayligina huquqiy ma’noga, ahamiyatga ega bo‘ladi. Normalar faqatgina huquqiy munosabatlar vujudga kelishining shartlarini, holatlarini va chegaralarini belgilab beradi. Huquqiy munosabatlarning mavjudligi yuridik faktlar, deb ataluvchi muayyan hayotiy hodisalar bilan bog‘liq. Yuridik faktlar huquqiy munosabatlarni asoslab, aniq belgilanishini nazorat qiluvchi harakterga ega bo‘lib, jamiyatda qonuniylikni mustahkamlash, qonun ustuvorligini qaror toptirish uchun samarali xizmat qiladi. Ushbu kazusni yanada batafsil yoritishda qonunchiligimizdan yuridik faktlarning oddiy va murakkab turlariga misollar keltiramiz. Oddiy yuridik faktga misol keltiradigan bo‘lsak, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 42-moddasida, Har kimga ilmiy va texnikaviy ijod erkinligi, madaniyat yutuqlaridan foydalanish huquqi kafolatlanadi. Davlat jamiyatning madaniy, ilmiy va texnikaviy rivojlanishiga g‘amxo‘rlik qiladi. Ya’ni, har bir inson o‘zini nomidan kashfiyotlar, ihtirolar va ilmiy ijodiy ishlar ustida shug‘ullanishi va yutuqlarga erishishini davlat kafolatlab bergan. Murakkab yuridik faktga esa, Fuqarolik kodeksining 22- moddasi va 28- moddalarini solishtirgan holatda misol keltiramiz. Ya’ni 22- moddada: “Fuqaroning 4 H. B. Boboyev, X.T.Odilqoriyev.: "Iqtisodiyot va huquq dunyosi" nashriyot uyi, 2000. – 196-bet. o‘z harakatlari bilan fuqarolik huquqlariga ega bo‘lish va ularni amalga oshirish, o‘zi uchun fuqarolik burchlarini vujudga keltirish va ularni bajarish layoqati (muomala layoqati) u voyaga yetgach, ya’ni o‘n sakkiz yoshga to‘lgach to‘la hajmda vujudga keladi” deyilgan. Lekin, 28-moddada: “O‘n olti yoshga to‘lgan voyaga yetmagan shaxs mehnat shartnomasi bo‘yicha ishlayotgan bo‘lsa yoki ota-onasi, farzandlikka oluvchilari yoxud homiysining roziligiga binoan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan bo‘lsa, u to‘la muomalaga layoqatli deb e’lon qilinishi mumkin”. Ushbu normada ko‘rinib turibdiki, qonunchilikda muomala layoqati rasman 18 yosh etib belgilanganiga qaramay, voyaga yetmagan shaxsni to‘la muomalaga layoqatli deb e’lon qilish (emansipatsiya) 16 yosh etib belgilangan. Xulosa o‘rnida takidlab o‘tamiz, yuridik fakt – qonun, huquqiy normalar huquqiy oqibatlar kelib chiqishini bog‘laydigan va huquqiy normalar huquqiy munosabatlarning paydo bo‘lishi, o‘zgarishi yoki bekor qilinishi bilan bog‘liq bo‘lgan muayyan hayotiy vaziyat deb tushunishimiz mumkin. Binobarin, insoniy his- tuyg‘ularni, mulohazalarni yuridik fakt sifatida tan olish mumkin emas. Bundan tashqari, yuridik faktni ifodalovchi holat muayyan hodisalar yoki ularning yo‘qligi bilan bog‘liq. Nihoyat, faqat tezislarda ko‘rsatilgan huquqiy normalarda nazarda tutilgan holatlar yuridik faktlar qatoriga kiritilishi mumkin. Har qanday yuridik fakt, agar u maxsus qayd etilgan, rasmiylashtirilgan, tasdiqlangan bo‘lsa, haqiqiy kuchga ega bo‘ladi. Bunday holda, haqiqat oqibatlarga olib kelishi kerak. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati: 1) Odilqoriyev X.T. Davlat va huquq nazariyasi. T.:Adolat, 2018. – 528 b 2) Islomov Z.M. Davlat va huquq nazariyasi. Darslik. - T.: Adolat, 2007. –917 b. 3) Saydullayev Sh.A. Davlat va huquq nazariyasi. – T.: TDYU, 2021. - 248 b. 4) Boboyev H.B, Odilqoriyev X.T.: “Iqtisodiyot va huquq dunyosi” nashriyot uyi, 2000. - 528 b. 5) www.lex.uz 6) www.google.com Download 43.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling