Universiteti ro’yxatga olindi №
Ravishlarning ma’no turlari
Download 442.58 Kb.
|
Jo\'raqulova Bibisora kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Maqsad ravishlari
- Sabab ravishlari
- Holat ravishlari
- Payt ravishlari
Ravishlarning ma’no turlari
Darslikka koʻra ravishlar ma’no va munosabatiga koʻra quyidagilarga boʻlinadi. 1.Holat ravishi. 2.Oʻrin ravishi. 3. Payt ravishi. 4. Miqdor-daraja ravishi. 5. Maqsad ravishi 6. Sabab ravishi. Maqsad ravishlari – ish-harakatning nima maqsadda yuzaga kelishini ifodalaydi. Ular: atay, atayin, ataylab, qasddan, joʻrtaga, azza-bazza. • Harakat va holatning maqsadini izohlab keladi. Nima maqsadda? nimaga? soʻroqlariga javob boʻlib, maqsad holi vazifasida keladi. M.: Doʻstim, kitobni atayin sen uchun oldim. Sabab ravishlari – harakat –holatning yuzaga kelish sababini aniqlab keladi. Ular: noiloj, noilojlikdan, chor-nochor, bekordan bekorga. Nima sababli? nimadan? soʻroqlariga javob boʻlib, sabab holi vazifasida keladi. M.: Barchinoyning shartini alplar noiloj qabul qilishdi. Holat ravishlari – harakat-holatning qanday holda bajarilganligini bildiradi. Ular: jim, yayov, chindan, qoʻqqisdan, toʻsatdan, piyoda, majburan, tasodifan, astoydil, eskicha, qatorasiga, birma-bir, yakkama-yakka, yonma-yon, bafurja, arang, zoʻrg’a, mardlarcha, asta, badastir, bekami-koʻst, bajonidil, bahuzur, bazoʻr, bazur, baloday (otdan koʻchgan), bamaylixotir, bamaslahat, banogoh, baravariga, baralla, basma-bas, bahamjihat, bahodirona, beayov, bevosita, batafsil, bedarak, beijozat, beixtiyor, bekitiqcha, besoʻroq, betinim, betma-bet, betoʻxtov, bexos// bexosdan, bilinar-bilinmas, aksincha, bira toʻla, birma-bir, birvarakay, birvarakayiga, birga, birgalikda, birdan, birdaniga, birin-ketin, birin-sirrin, boshdan-oyoq, boshma-bosh, butunasicha, butunligicha, vahshiyona, vijdonan, dabdurustdan, darrov, darhol, daf’atan, zimdan, yoʻl-yoʻlakay, koʻrkoʻrona, nari-beri, oldinma-keyin, ochiqchasiga, ohista, paydarpay, pinhona, surunkasiga, sidirg’asiga, tag’in, toʻg’ridan-toʻg’ri, tiriklayin, tikkama-tikka, tekinga, tez, tezda, tezlikda, teskarisiga, uzunasiga, fidoyilarcha, chalqancha (siga), chambarchas, elan-qaran, yaxshilikcha, yangicha, yangitdan, oʻzidan-oʻzi, oʻzicha, qayta, qat’iyan, qiyg’os, qoʻqisdan. Qanday? qay holda? qay tarzda? kabi soʻroqlarga javob boʻlib, tarz (ravish) holi vazifasida keladi. M.: Oʻrtancha botir qoʻrqmadi, jim turdi. Bular piyoda, asta-sekin oʻrdaga bordilar. Ba’zan otga bog’lanib, sifatlovchi-aniqlovchi vazifasida ham keladi. M.: Piyoda askarlar hujumga oʻtishdi. Payt ravishlari – harakat-holatning bajarilish yoki bajarilmaslik paytini ifodalaydi. Payt ravishlariga: endi, hozircha, soʻngra, hanuz, hamisha, hamon, doim, doimo, dastlab, erta-indin, qishin-yozin, kecha-kunduz, bugun, soʻng, avval, ahyon-ahyonda, barvaqt, ba’zan, ba’zida, birpas, boya, bultur, vaqtincha, goho, gohida, dastavval, indinga (-da, -dan), ilgari, ilalabad, keyin, kechasi, kunduzi, mangu, muqaddam, mudom, ora-sira, oxiri, onda-sonda, soʻngra, tongla, uzzukun, umrbod, undabunda, erta, ertalab, erta-yu kech, eskidan, yaqinda, oʻqtin-oʻqtin, qadimdan, hali, halitdan, hali-beri, hozir, hamisha. Soʻrog’i qachon? qay payt? boʻlib, odatda gapda payt holi vazifasida keladi. M.: Avval oʻyla, keyin soʻyla. Download 442.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling