Universiteti ro’yxatga olindi №
- be: otdan–bevosita, bedarak, beijozat, beixtiyor, bemalol, betinim, bevaqt; - dek//-day
Download 442.58 Kb.
|
Jo\'raqulova Bibisora kurs ishi
- be: otdan–bevosita, bedarak, beijozat, beixtiyor, bemalol, betinim,
bevaqt; - dek//-day: otdan – yashinday, o‘qdek; sifatdan – avvalgiday, doimgidek; fe’ldan – o‘lgudek, toqatsizlangandek; - iga // -siga: otdan – nomiga, surunkasiga, qatorasiga; sifatdan – uzunasiga, ko‘ndalangiga, tikkasiga, rostakamiga, chinakkamiga, baravariga; ravishdan – birdaniga; olmoshdan – qanaqasiga , yalpisiga ; - lab: otdan – haftalab , oylab , donalab , harflab , bo‘g‘inlab ; sifatdan – yaxshilab; sondan – bittalab; ravishdan – ko‘plab; - lay //-layin: sifatdan – tiriklayin, yoshlayin; olmoshdan – butunlay; - larcha: otdan – do‘stlarcha, qahramonlarcha, bolalarcha, otalarcha; sifatdan– mardlarcha, vahshiylarcha, yovvyilarcha; - ligicha: sifatdan – xomligicha, yangiligicha, butunligicha; - namo: otdan – hazilnamo; sifatdan – oliftanamo (gerdaymoq ); fe’l (sifatdosh shakli)dan – uyalgannamo (yuzni burmoq); - n // -in: otdan – yozin-qishin, oldin; sifatdan – ochin- to‘qin; ravishdan – ertan-kechin; - ona: otdan – do‘stona; sifatdan–kamtarona, mardona, xolisona, oqilona, fidokorona; - siz: otdan – navbatsiz, dom-daraksiz; fe’lning harakat nomi shaklidan – to‘xtovsiz; - simon: otdan – hazilsimon; sifatdan – xafasimon; fe’lning – sifatdosh shaklidan – erkalangansimon; - cha: otdan – o‘zbekcha, tirnoqcha, qishloqcha, yaxshilikcha, osonlikcha, o‘g‘rincha (-n orttirilgan ), vaqtincha (-in orttirilgan ); sifatdan–yangicha, eskicha, o‘zgacha, boshqacha, yashirincha olmoshdan – sizcha, o‘zicha; fe’l (sifatdosh shakli)dan –istagancha, yugurgancha; ravishdan – hozircha, keyincha, ko‘pincha (-in orttirilgan ); modal ma’noli so‘zdan – keragicha, boricha; - chasiga: otdan – soldatchasiga, qishloqchasiga, dehqonchasiga, sifatdan – harbiychasiga, ochiqchasiga; - chang: otdan – mahsichang, ko‘ylakchang; Kompozitsiya usuli bilan qo‘shma ravishlar yasaladi. Kompozitsiya usuli bilan yasaladigan ravishlarga e’tibor bersak. 1.Bir sanoq soni ba’zi so‘zlar ning birikuvidan qo‘shma ravishlar yasaladi: M.: bir/oz( yoki nafas, yo‘la, varakay, lahza, kun ) + i/si+ ga(-da, -dan) 2.Quyidagi olmosh hamda otlarning birikuvidan qo‘shma ravishlar yasaladi. Eslatma. Bularning tarkibida matn talabiga ko‘ra ko‘plik, III shaxs egalik, jo‘nalish, o‘rin-payt handa chiqish kelishigi qo‘shimchalaridan biri yoki ikkisi bo‘lishi mumkin. Ravish ish-harakatning bajarilish tarzi (astoydil urindi), payti (hozir keldi), o`rni (yuqoriga intildi), miqdori (kam gapirdi), darajasi (nihoyatda achindi), sababi (noiloj ko`ndi) va maqsadi (jo`rttaga indamadi)ni anglatadi. Ayrim ravishlar ba’zan otga bog`lanib, predmetning noaniq miqdorini (ko`p kitob), sifat va ravishning o`ziga bog`lanib, belgini kuchini; darajasini, o`xshashligini (obdon pishiq, ancha ilgari, toshday qattiq) ifodalaydi. SHu ma’no xususiyatlariga ko`ra ravish qanday? qay tarzda? qachon? qaerga? qaerda? qaerdan? qancha? qay darajada? nega? nima maqsadda? kabi so`roqlariga javob bo`ladi. reduplikatsiya — ot, sifat, olmosh, fe’l, ravish, taqlid kabi so‘zlarning takror yoki juftlashib ravishga aylanishi: qop-qop, savat-savat, es-es, nari-beri, oz-oz, kam-kam, uncha-muncha, shu-shu, o‘sha-o‘sha, hali-beri, eson-omon, kundan-kun, zo‘r-bazo‘r, gul-gul, ayrim-ayrim, pishiq-pishiq, ozib-yozib, uzil-kesil, o‘z-o‘zidan, o‘zidan o‘zi, vaqti-bevaqt, taqa-taq, shartta-shartta; Download 442.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling