Universiteti ro’yxatga olindi №
Download 442.58 Kb.
|
Jo\'raqulova Bibisora kurs ishi
Qoʻshma ravishlar: 1.Bir sanoq soni ba’zi soʻzlarning birikuvidan qoʻshma ravishlar yasaladi: M.: bir/oz( yoki nafas, yoʻla, varakay, lahza, kun ) + i/si+ ga(-da, - dan) 2. Quyidagi olmosh hamda otlarning birikuvidan qoʻshma ravishlar yasaladi.
ESLATMA. Bularning tarkibida matn talabiga koʻra koʻplik, III shaxs egalik, joʻnalish, oʻrin-payt hamda chiqish kelishigi qoʻshimchalaridan biri yoki ikkitasi boʻlishi mumkin. A. U +yer( yoki yoq, ora, oʻrta ) + lar+ ga(-da, -dan); bu +yer( yoki yoq, ora, oʻrta ) + lar+ ga(-da, -dan); shu +yer( yoki yoq, ora, oʻrta ) + lar+ ga(-da, -dan); oʻsha +yer( yoki yoq, ora, oʻrta ) + lar+ ga(-da, -dan); B. Shu kun (yoki zamon, vaqt, on, yoq, yer, asno) +lar/-i+ga (-ga, -da, -dan); Oʻsha kun (yoki zamon, vaqt, on, yoq, yer, asno) +lar/-i+ga (-da, -dan); C. Har kun (yoki kun, yil, vaqt, on, yoq, yer)+lar+i+ga (-da,-dan); hech yaqt (yoki yer, yoq ) +i+ga(-da,-dan). Ravishdosh Fe’lning ravishga xoslangan shaklidir. Ravishdoshlar harakatning belgisini bildirishi bilan ravishga o‘xshaydi. M.: tez keldi – shoshilib keldi, ruhan qiynaldi – ezilib yuribdi. Ravishdosh ham ravish kabi fe’lga bog‘lanib harakat-holat belgisini bildiradi. 1.Fe’l kabi harakatni (yugurgach, qatnab), holatni (qiynalib) ifodalaydi. 2.O‘timli-o‘timsiz bo‘la oladi. 3.Barcha nisbatlarni o‘zida ifodalay oladi: aniq nisbat: kelibdi, aytibdi; o‘zlik nisbat: tayyorlanibdi, cho‘milgach; birgalik nisbat: kelishibdi; orttirma nisbat: so‘ratgach, uyaltirib. 4. Ravishdoshlar bo‘lishli-bo‘lishsizlik xususiyatiga ega: M.: kelgach -kelmagach, so‘raguncha – so‘ramaguncha. ❖ESLATMA! -b/-ib ravishdoshning inkori -may/-masdan: bil/ibbil/may, qara/b-qara/masdan, so‘ra/b – so‘ra/masdan ❖ Ta’kidlash lozimki, -gani, -kani, -qani shaklidagi ravishdosh shakli -ma bo‘lishsizlik qoʻshimchasini qabul qilmaydi. M.: Tabriklagani bordik, ko‘rgani bordim. IZOH: Mazkur ravishdosh shakliga “emas” to‘liqsiz fe’li bilan bo‘lishsizlik ifodalanishi mumkin: Sizni xafa qilgani emas, quvontirgani keldik. 5. -roq nisbiy daraja qo‘shimchasini qabul qiladi: uyalibroq, hadiksirabroq. 6. Ta’kidlash lozimki, ko‘makchi fe’llar yetakchi fe’lga –b/-ib, - a/-ay qo‘shimchalari vositasida bog‘lanadi: o‘qib oʻtir, yoza boshla, ishlab tur, qatnay boshla. 7.Ravishdoshlar har bir koʻrsatkichi bilan oʻziga xos ma’nolarni ifodalaydi ( quyiga qaralsin ). 8.Ravishdoshlar shaxs-son qoʻshimchalarini qabul qilib, tuslanish-tuslanmasligiga ko‘ra ikkiga bo‘linadi: a) tuslanadigan ravishdoshlar; b) tuslanmaydigan ravishdoshlar. Tuslanadigan ravishdoshlar. Tuslanadigan ravishdoshlar shaxs-son qo‘shimchalarini qabul qilib, mustaqil fe’l kesim vazifasida keladi. M.: Biz darsda o‘tiribmiz. ➢Yodda tuting! Tuslanadigan ravishdoshlarning barchasi harakatning holatini, ba’zan payt, sababini ifodalab keladi. -b/-ib: yayra/b o‘ynamoq, fikrla/b javob ber (qay tarzda? Holat ma’nosi); qo‘rqib kirmadi (nima sababdan? Sabab ma’nosi); Bahor kel/ib, tabiat uyg‘ondi (Qachon? Payt ma’nosi. Payt ergash gapni bosh gapga bog‘layapti) -a: yugur/a-yugur/a, bor/a-bora, ay/ta-ayt/a (charchamoq) -y: yig‘lay-yig‘lay (tugatdim oxir), mudray-mudray (yozmoq) UNUTMANG! –a / -y ravishdosh qo‘shimchalari takroriy fe’llarni hosil qiladi. Tuslanmaydigan ravishdoshlar. Mutlaqo shaxs-son qo‘shimchasini qabul qilmaydi, shuning uchun mustaqil fe’l kesim vazifasida kelmaydi. Aksincha ergash gapning (maqsad ravishdoshidan tashqari) kesimida kelib, uni bosh – hokim gapga bog‘laydi. M.: Bolta tushguncha, to‘nka dam olar Payt ravishdoshlarining qo‘shimchalari: Download 442.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling