Universiteti "tasdiqlayman"


Tilning inson ongi tufayli yuzaga kelishi


Download 5.09 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/175
Sana02.06.2024
Hajmi5.09 Kb.
#1837896
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   175
Bog'liq
Ma\'ruza matni. Tilshunoslik. 1-kurs (40soat) kechki

Tilning inson ongi tufayli yuzaga kelishi 
Ba'zi olimlarning fikricha, insonning aqliy qobiliyatlari to`xtovsiz 
rivojlanishi natijasida kishilar bir biri bilan muloqot qilish imkoni tug`ildi. Ushbu 
taxmin ancha mantiqqa yaqin tuyuladi. Biroq ko`plab olimlar va tilshunoslar uni 
rad etadilar. Zero inson aql zakovati darajasini uning tilisiz baholab bo`lmaydi. Til 
bo`lmasa ong qanday rivojlanishi mumkin? Ular bir birini taqozo qiluvchi 
hodisalar hisoblanadi. 
Tilning qo`qqisdan paydo bo`lishi 
Ba'zi olimlar tilni dastlabki zaminsiz to`satdan paydo bo`lgan degan fikrni 
ilgari surishadi (Vilgelm Gumboldt. 1767-1835). Ularning ta'kidlashicha, insonga 
gaprish qobiliyati avvaldan mavjud bo`lgan, taraqqiyotning ma'lum bosqichida 
kishilar ushbu qobiliyatni sezib qolib, muloqot uchun so`zlar va imo-ishoralarni 
qo`llay boshladilar. Keyinchalik lug`at tarkibini boyitib bordilar. Ammo til 
murakkab mantiqiy tizimga ega bo`lgani holda to`satdan o`z-o`zidan paydo 
bo`lishi mumkin emas. 
Mehnat chaqiriqlari farazi. Bu farazni ilgari surgan olimlarning fikricha 
(Людвиг Нуаре. XIX аср), til odamlar jamoa bo`lib mehnat qilayotganlarida 
mehnatni tashkil qilishda foydalanilgan tovushlar asosida paydo bo`lgan 
 
 
 
 


13 
Bu qiziq

 
 
 
Qayd etilgan farazlar ayrim-ayrim olinganda tilning paydo bo‘lishi jarayonini 
to‘la-to‘kis tushuntirib bermasa-da, ularning har birida ma’lum darajada haqiqat 
bor, ya’ni bu fikrlarning har qaysisi tilning paydo bo‘lishi hodisasiga o‘z hissasini 
qo‘shgan. Avval aytilganidek, til - ijtimoiy hodisa, odamlar jamiyatlarga uyushgan 
vaqtdan boshlab, bir-birlariga nimanidir aytish ehtiyoji tug‘ilgan. Jamiyatsiz til
tilsiz jamiyat mavjud bo‘la olmaydi. Shuningdek, tilning paydo bo‘lishi tafakkur 
bilan bir vaqtda sodir bo‘lgan. Insoniyatga xos bo‘lgan bu ikki hodisa bir-biri bilan 
uzviy bog‘langan, biri ikkinchisisiz yashay olmaydi. Tilning asosida tafakkur 
yotadi, tafakkur esa o‘z navbatida til orqali namoyon bo‘ladi va rivojlanadi. 
Tilning takomillashishining garovi ham tafakkurdir. Demak, til, avvalo, ijtimoiy 
hodisa va kishilik jamiyatining eng muhim aloqa vositasidir. Tillarning 
shakllanishi va rivojlanishida ham jamiyatning o‘rni, ahamiyati katta.  

Download 5.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling