Universiteti "tasdiqlayman"
Download 5.09 Kb. Pdf ko'rish
|
Ma\'ruza matni. Tilshunoslik. 1-kurs (40soat) kechki
- Bu sahifa navigatsiya:
- Biologik faraz.
- Ijtimoiy kelishuv farazi.
- Imo-ishoralar nazariyasi
Undovlar farazi. Tilning paydo bo`lishiga
doir ikkinchi keng tarqalgan fikr undovlar farazidir. Bu faraz ham qadimgi qarashlarga asoslangan bo`lib, uning asosida ham hayvonlarning baqiriq-chaqiriqlari yotadi. Bu faraz asoschilarining fikricha (Sharl de Bross. 1709-1777 Jan Jak Russo 1712-1778), ibtidoiy odamlar hayvonlarning baqiriq-chaqiriqlarini o`rganib, ular orqali o`zlarining ichki kechinmalari, g`am-alamlarini ifodalashgan: oh, ux kabi undov so`zlar bunga misol qilib ko`rsatiladi. Biroq 12 hissiy holatni ifodalovchi tovushlar tushunchani ifodalovchi tovushlardan katta farq qiladi. Demak, tilning hayvonlar chiqaradigan tovushlardan kelib chiqqan degan fikr ehtimoldan yiroq. Biologik faraz. Nemis tilshunosi Avgust Shleyxer Darvin ta'limoti ta'siri ostida tilni tabiiy organizm sifatida o`z-o`zidan paydo bo`lishi, rivojlanishi va ma'lum hayot davriga ega bo`ladi va organizm kabi o`lishi to`g`risidagi qarashni ilgari suradi. Shleyxer ham dastlabki so`zlar tovushga taqliddan paydo bo`lganligini ta'kidlaydi. Ijtimoiy kelishuv farazi. Ushbu farazda antik davrning tesey nazariyasi taʼsiri aks etadi (ingliz faylasufi Tomas Gobbs. 1588-1679). Unga koʼra narsalarni qanday atashni odamlar o`zaro kelishib olishgan. Ibtidoiy tuzumda oilalar avval alohida yashashgan va boshqalar bilan kam aloqa qilishgan. Keyinchalik yemish topish uchun, omon qolish uchun davlatlarga birika boshlashgan. Bunday kelishuvni amalga oshirish uchun esa til zarur boʼlganligi ushbu farazni isbotlab boʼlmasligini koʼrsatadi. Boshqa farazlarga qaraganda bu eng oddiy va oson tanqid qilinishi mumkin. Imo-ishoralar nazariyasi boshqa farazlar bilan bogʼliq (undovlar, ijtimoiy kelishuv). Unga koʼra til beixtiyor paydo boʼladi, ammo avval insonlarda jismoniy harakatlar (pantomima) ustunlik qilgan (Etьen Kondilьyak, Jan Jak Russo, Vilьgelьm Vundt). Аniq, ravshan til paydo boʼlgandan keyin ular ikkinchi darajaga oʼtib qolgan. Hozirgi kunda imo-ishoralar va tana harakatlari (mimika, jestikulyatsiya va pantomima) muloqotning yordamchi usuli (noverbal usul) sifatida tilshunoslikning paralingvistika qismida oʼrganiladi. Download 5.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling