Universiteti "tasdiqlayman"


Download 5.09 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/175
Sana02.06.2024
Hajmi5.09 Kb.
#1837896
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   175
Bog'liq
Ma\'ruza matni. Tilshunoslik. 1-kurs (40soat) kechki

Undovlar farazi. Tilning paydo bo`lishiga 
doir ikkinchi keng tarqalgan fikr undovlar farazidir. Bu faraz ham qadimgi 
qarashlarga asoslangan bo`lib, uning asosida ham 
hayvonlarning baqiriq-chaqiriqlari yotadi. Bu faraz 
asoschilarining fikricha (Sharl de Bross. 1709-1777 Jan 
Jak Russo 1712-1778), ibtidoiy odamlar hayvonlarning 
baqiriq-chaqiriqlarini o`rganib, ular orqali o`zlarining 
ichki kechinmalari, g`am-alamlarini ifodalashgan: oh, ux 
kabi undov so`zlar bunga misol qilib ko`rsatiladi. Biroq 


12 
hissiy holatni ifodalovchi tovushlar tushunchani ifodalovchi tovushlardan katta 
farq qiladi. Demak, tilning hayvonlar chiqaradigan tovushlardan kelib chiqqan 
degan fikr ehtimoldan yiroq. 
Biologik faraz. Nemis tilshunosi Avgust Shleyxer Darvin ta'limoti ta'siri 
ostida tilni tabiiy organizm sifatida o`z-o`zidan paydo bo`lishi, rivojlanishi va 
ma'lum hayot davriga ega bo`ladi va organizm kabi o`lishi to`g`risidagi qarashni 
ilgari suradi. Shleyxer ham dastlabki so`zlar tovushga taqliddan paydo 
bo`lganligini ta'kidlaydi. 
Ijtimoiy kelishuv farazi. Ushbu farazda antik davrning tesey nazariyasi 
taʼsiri aks etadi (ingliz faylasufi Tomas Gobbs. 1588-1679). Unga koʼra narsalarni 
qanday atashni odamlar o`zaro kelishib olishgan. Ibtidoiy tuzumda oilalar avval 
alohida yashashgan va boshqalar bilan kam aloqa qilishgan. Keyinchalik yemish 
topish uchun, omon qolish uchun davlatlarga birika boshlashgan. Bunday 
kelishuvni amalga oshirish uchun esa til zarur boʼlganligi ushbu farazni isbotlab 
boʼlmasligini koʼrsatadi. Boshqa farazlarga qaraganda bu eng oddiy va oson tanqid 
qilinishi mumkin. 
Imo-ishoralar nazariyasi boshqa farazlar bilan bogʼliq (undovlar, ijtimoiy 
kelishuv). Unga koʼra til beixtiyor paydo boʼladi, ammo avval insonlarda jismoniy 
harakatlar (pantomima) ustunlik qilgan (Etьen Kondilьyak, Jan Jak Russo
Vilьgelьm Vundt). Аniq, ravshan til paydo boʼlgandan keyin ular ikkinchi darajaga 
oʼtib qolgan. Hozirgi kunda imo-ishoralar va tana harakatlari (mimika, 
jestikulyatsiya va pantomima) muloqotning yordamchi usuli (noverbal usul) 
sifatida tilshunoslikning paralingvistika qismida oʼrganiladi. 

Download 5.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling