Universiteti "tasdiqlayman"
Download 5.09 Kb. Pdf ko'rish
|
Ma\'ruza matni. Tilshunoslik. 1-kurs (40soat) kechki
Integratsiya jarayonini shunday tasavvur qilish mumkin: bir til doirasida
mavjud bo‘lgan ta’siri tufayli yo‘qolib boradi; masalan, televizor va radio, ommaviy matbuot va axborot sur’atining jadallashishi, adabiy til mavqeining oshishi, barcha uslublarda, adabiy tildan foydalanish integratsiya jarayonini yanada oshiradi, uning ta’sir doirasini kengaytiradi. Chunki har bir millat adabiy tilning mustahkamlanishi, boyishi uchun qayg‘uradi va shu borada sa’y – harakat olib boradi. Xuddi shuningdek, o‘zbek adabiy tilining yuksalishi va mustahkamlanishi uchun astoydil intilishimiz zarur. Til hamisha rivojlanishdagi hodisa sifatida boshqa tillarga o‘zaro ta’sir qiladi yoki tashqi ta’sirga uchraydi. Ilm-fan va texnika taraqqiyoti, savdo-sotiq, madaniy va maishiy aloqalar, hattoki, urush va bosqinlar ham tilga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Tillar tarixiga nazar tashalydigan bo‘lsak, tashqi ta’sir natijalarini ko‘ra olamiz. Masalan, hozirgi o‘zbek adabiy tilidagi aksariyat so‘zlar arabcha va ruscha- internatsionaldir. Arablar bosqini va arab tili ta’siri, hukmronligi oqibatida tilimizga ko‘plab arabcha so‘zlar kirib keldi: kitob, madrasa, ma’lum, mashhur, maktab, domla, maktub, iymon. Arabcha leksika tilning kattagina qismini egallab olgan. Shuningdek, qardosh xalqlar bilan munosabat, savdo-sotiq va boshqalar fors-tojik, uyg‘ur, xitoy tillaridan so‘z o‘zlashtirishga asos bo‘ldi: xona, barg, xazon, devor, zimiston, dil xhat, kulba, shahar, siyoh; manti, lag‘mon, xonim va hokazolar.Chor Rossiyasining O‘rta Osiyoni zabt etishi hamda ruslashtirish oqibatida o‘zbek tili leksikasida, umuman butun til tizimida kuchli ta’sir sodir 1 Содиқов А. ва б. Тилшуносликка кириш.- T., 1981.- 212-б. 21 bo‘ldi. Bolshevik, partiya, sovet, kommunizm, sotsializm singari ko‘rinishlar o‘sha davr neologizmlari edi. Stol, stul, papka,sumka, doska, klass, lampochka, ostanovka, dirijyor, muzikant, televizor va hokazo so‘zlar ommalashdi. Rus tili orqali inglizcha-baynalmilal so‘zlar kirib keldi: telefon, aktyor, artist, radio, kollektiv, ideya, obyekt va boshqalar. Bunday lisoniy ta’sir xususiyatlarini barcha tillarda kuzatish mumkin; masalan, hozirgi ingliz tili lug‘at boyligidagi so‘zlarning taxminan 30 foizigina sof inglizcha so‘zlar, qolganlari qardosh xalqlardan, roman, fransuz yoki italyan, sharq tillaridan o‘zlashgan so‘zlardir. Tillarning bir- biriga o‘zaro ta’siri tillarning Download 5.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling