Universiteti "tasdiqlayman"
ijtimoiy va tarixiy sharoitl
Download 5.09 Kb. Pdf ko'rish
|
Ma\'ruza matni. Tilshunoslik. 1-kurs (40soat) kechki
- Bu sahifa navigatsiya:
- Differensiya
ijtimoiy va tarixiy sharoitlariga ko‘ra yuz beradi. Bunda nutq jarayoni aloqa va
kontakt masalalari va vaziyatlari (situatsiya) hisobga olinadi. Tillarning o‘zaro ta’siri va bilingvizm hodisasi, nutqiy iqtisod va tushunarlilik qonuniyatlari o‘rganiladi. Tashqi omillarning asosini- tilning ijtimoiy ahamiyati va funksiyalari, tillarning tarixiy taraqqiyotini tashkil qiladi. Til hamisha jamiyat bilan aloqadorlikda ekan, so‘zlovchilarning ekstralingvistik omillar ta’sirida bo‘lishlari ham shu munosabatdan kelib chiqadi. Inson – jamiyatda tug‘ilib voyaga yetadi, kamol topadi. Demak, insoniy til ham jamiyat bilan birgalikda rivojlanishdadir. Til ijtimoiy hodisa sifatida tabiiy hodisalardan ajralib turadi. Masalan, kishilarning tabiiy biologik xususiyatlari (ovqat eyishi, nafas olishi va h.) tabiat qonunlariga muvofiq, jamiyatga bog‘liq bo‘lmagan holda rivojlanib boradi. Ammo tilda so‘zlashish va fikrlashish uchun kishilik jamiyati (sotsial muhit) bo‘lishi shart. Til nasldan- naslga, avloddan- avlodga o‘tadigan irsiy hodisa emas, aksincha, til jamiyat taraqqiyotining mahsulidir. Agarda yosh go‘dak kimsasiz orolga yoki hayvonlar orasiga tashlab qo‘yilsa, u insoniy tildan bexabar bo‘lib o‘sadi (olimlar bunday tajriba o‘tkazishgan yoki eslang: Maugli) yoki agar xitoy bolasi o‘zbeklar orasida ulg‘aya, tarbiyalansa, u faqat o‘zbekcha so‘zlab, ajdodi tilini bilmasligi mumkin. Lekin xitoy bolasining biologik belgilari (yuz ko‘rinishi) irsiy holda o‘zgarmaydi. Til taraqqiyoti tilning yashash tarzi, mavjud bo‘lishlik shartidir. Tilda hech bir narsa yo hodisa birdaniga, o‘z-o‘zidan sodir bo‘lmaydi, lisoniy hodisa va jarayonlar til rivojlanishining ma’lum bir qonuniyatlari asosida asta-sekin, evolyutsion ravishda yuz beradi. Til taraqqiyoti uning tashqi va ichki omillariga bog‘liq. Bu omillar til taraqqiyoti sistemasini , zanjirini hosil qiladi. Sistemadan har bir komponent , zanjirdagi har bir xalqa esa boshqalari bilan chambarchas, zich 20 bog‘langan bo‘ladi. Tilning rivojlanishida ham har bir lisoniy omil (ichki omillar, tashqi ekstralingvistik omillar, sotsial omillar) muhim ahamiyatga ega. Mana shu obyektiv qonuniyat, munosabat tufayli tillarning rivojlanishi, o‘zgarishi, taraqqiyoti sodir bo‘laveradi. Differensiya va integratsiya jarayonlari til taraqqiyotining o‘ziga xos ijtimoiy qonuniyatlari hisoblanadi. Differensiya – tillarning bo‘linishi, farqlanishi bo‘lib, til doirasidagi sheva va lahjalarning yoyilishi, tarqalishidir. Differensiya natijasida tillar qardosh tillarga yoki dialektlarga bo‘linib ketadi. Integratsiya esa, aksincha, sheva va dialektlarning qisqarib, adabiy tilga yaqinlashuvi,uyg‘unlushvi hodisasidir. Demak, bular bir-biriga zid tushunchalar bo‘lib, differensiya tillar va dialektlar sonini ko‘paytirsa, integratsiya ularni qisqartiradi. Har ikkala holat ham tilning tarixiy va davriy omillariga tegishli bo‘lib, lisoniy traqqiyotning o‘ziga xos ijtimoiy tarixini ifodalaydi. Bu hodisalar ilm-fanda ijtimoiy mehnat nazariyasi asosida rivojlantirilgan. Chunonchi, kishilarning dastlabki ibtidoiy to‘dalari bora-bora urug‘ga, so‘ngra qabilaga aylangan. Bu qabilaning o‘z tili (dialekti) bo‘lgan. Qabila ma’lum bir ijtimoiy-siyosiy, hududiy sabablarga ko‘ra bo‘linib ketgach, qarindosh - urug‘lar paydo bo‘ladi. Endi bu qarindosh - urug‘lar bir til doirasida, lekin turli sheva va dialektlarda so‘zlashuvchi xalqqa aylanadi. “Yangi dialekt va tillarning paydo bo‘lishida ikki faktor hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ldi: vaqt va masofa. Vaqt o‘tgan sayin masofaning kengaya borishi yangi dialekt va tillar paydo bo‘lishiga olib keladi” 1 Download 5.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling