Universiteti "tasdiqlayman"


Download 5.09 Kb.
Pdf ko'rish
bet20/175
Sana02.06.2024
Hajmi5.09 Kb.
#1837896
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   175
Bog'liq
Ma\'ruza matni. Tilshunoslik. 1-kurs (40soat) kechki

chatishuvi va bilingvizm hodisalariga sabab bo‘ladi. (Agar so‘z o‘zlashtirilish 
tilning ichki (grammatik) strukturasiga ta’sir ko‘rsatmasa, bu tillarning hamkorligi 
(языковые контакты) deyiladi, agarda bir til boshqa tilga tazyiq o‘tkazib, uning 
ichki strukturasiga o‘rnashsa, bu tillarning chatishuvi deyiladi. Lekin bu 
tushunchalar ham nisbiydir. Masalan, arab xalifaligi davrida turkiyzabon va eroniy 
xalqlar uning tazyiqi ostida edilar. Arab tili nafaqat davlat tili, balki madaniy va 
diniy (ilohiy kitob “Qur’on” arab tilida bo‘lganligi, hamda uni o‘rganish, o‘qish 
majburiy qilib qo`yilganligi bois mustamlaka xalqlardan arab tilining nafaqat 
leksikasini, balki grammatikasi va fonetik, ifodali (qiroat) o‘qish malakalarini 
egallashlarini ham talb qilar edi) ta’sir vositasiga aylantirilgan edi. Biroq, arab tili 
turkiy tilga jips singganligi bilan, uning grammatik qurilishi (flektiv) turkiy tilga 
ko‘chmagan. 
Fransiyaning XI asrda Britaniya orolini bosib olishi va fransuz tili bilan 
anglosakson tillari orasidagi kurash natijasi chatishuvga misoldir. Fransuz tili 
Angliya hududida g‘olib, ingliz tili esa mag‘lub bo‘ldi, lekin fransuz tili o‘z 
vatanida yashar, rivojlanar ham edi. Xullas, til kurashlaridan keyin, g‘oliblar o‘z 
tillarini unutib, angtosakson tilini qabul qiladilar. Ingliz tili ham fransuz tilidagi 
so‘zlarning ma’lum bir qismini saqlab qolib, tilning (kelgindi tilni) o‘zini siqib 
chiqaradi. Demak, bu yerda superstrat hodisasi, ya’ni kelgindilar tilining mahalliy 
tilga ta’siri sodir bo‘lishi, lekin uni siqib chiqarolmasligi yuz bergan.
Bilingvizm – ikki tillilik demakdir. Turkiy xalqlar uchun ikki tillilik ularning 
butun tarixiy taraqqiyoti davomida va barcha hududlarda tarqalishi doimiydir. 
Ancha intensiv ifodalangan ikki tillilikning qadimiy davrdagi ko‘rinishlari turkiy-
mo‘g‘ul, turkiy - fin-uyur va turkiy – fors, turkiy- arab bo‘lib, ularning o‘zaro 
ta’sirini ko‘rsatuvchi xususiyatlar hozirgi davrgacha saqlanib qolgan. Bu ta’sir bir 
tomondan, Sibir va Volga bo‘yi turkiy tillarida, boshqa tomondan O‘rta Osiyo va 
Kavkaz turkiy tillarida hozirgacha ko‘rinadi. Sovet ittifoqi davrida turkiy-rus 
bilingvizmi bu davr tilining asosini tashkil etdi. Bilingvizm shevalararo ham 
bo‘lishi mumkin: masalan, Buxoro shevasida tojik-o‘zbek ikki tilligi mavjud. 


22 

Download 5.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling