Universiteti "tasdiqlayman"


Download 5.09 Kb.
Pdf ko'rish
bet23/175
Sana02.06.2024
Hajmi5.09 Kb.
#1837896
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   175
Bog'liq
Ma\'ruza matni. Tilshunoslik. 1-kurs (40soat) kechki

3. Til va tafakkur 
Til ijtimoiy hodisa bo’lib, muayyan bir xalqning ruhiyati va tafakkur 
tarziga muvofiq tarzda yashaydi. Insonlarga xos ijtimoiy yoki individual 
ruhiyat va tafakkur til orqali namoyon bo’ladi. Insonlarning psixikasi ota -
bobolaridan qolgan ruhiyat olamiga monand bo’ladi. Aytaylik, olmaning 
urug’ida olma daraxtining ruhi bor. Shu bois undan o’rik unmaydi. Yer 
bag’rida suv vositasida jonlantirilgan oq olmaning urug’idan oq olma unib 
chiqadi. Qizil olma emas. Shu bois insonlarning psixikasi ota -bobolarining 
ruhiyatiga mos-muvofiq bo’lib, shunga ko’ra ijtimoiy guruhlar paydo bo’ladi. 
Bir ijtimoiy guruhning ruhiyat olami, uning umumiy qiyofasini, streotipini 
ko’rsatib turadi.


29 
Ijtimoiy va individual ruhiyat muayyan xususiyatlarga ko’ra farqlanadi. 
Insonlar ruhiyatida hosil bo’ladigan chatishish ijtimoiy ruhiyatning 
parchalanishi va o‘zgacha bir ruhiyat olamining paydo bo’lishiga sabab 
bo’ladi. Aytaylik, mevalarni payvandlashdan ularning o‘zgacha bir turlari 
paydo bo’lganidek. Inson psixikasining bir-biriga payvandlanishi asosan til 
vositasida amalga oshadi, chunki tilda inson ruhiyati va tafa kkur tarzi 
yashaydi. Aytaylik, ikki tilda o’zbek va rus tilida tafakkur yurituvchi 
shaxslarning psixikasida ikki millat ruhiyatiga xos belgilar yashaydi. Inson 
ruhiyatidagi o’zgarishlarga til va tafakkur faoliyati sabab bo’ladi. Chunki tilda 
shu til egalarining ruhiyati, tafakkur tarzi yashaydi. Shu bois til, ruhiyat, 
tafakkur ijtimoiy mohiyat kasb etadi. Turli millat, elat, xalqlar bir -birining 
tilini o’rganishi asosida tafakkuri, ruhiyatida aralashuv, qorishish jarayonlari 
sodir bo’ladi. Inson psixikasi (ruhi) tafakkur bilan hamohang tarzda faoliyatda 
bo‘ladi. Olamni idrok etishda inson dastlab sezgilarga tayansa, keyinchalik 
tushunchalarning so’zga qoliplanishi asosida hosil bo’lgan til birliklariga 
tayanadi va ular vositasida fikr yuritadi.
Ma’lumki, inson tafakkuridagi o’zgarishlar ruhiyatga o’z ta’sirini 
ko’rsatadi. Ruhiyatdagi o’zgarishlar tafakkurda o’z aksini topadi. Inson 
tafakkuri fahmlash, idrok etish, bilish asosida shakllanadi. Tafakkur qilish 
bilimlarni qiyoslash, zidlash, analiz, sintez qilis hdir. Ular asosida hosil bo’lgan 
xulosalar aql mahsulidir. Ong esa uning mohiyatini anglash asosida 
shakllanadi. Idrok etish, tushunish, fahmlashning asosiy vositasi ko’z va quloq 
bo’lsa, anglash vositasi yurak. Insonlar atrofdagi voqelikni kuzatar ekan, ular 
xususida fikr yuritadilar.
Аytaylik, chumolining tinim bilmay harakatda bo‘lishi, tulkining 
ayyorona qiliqlari va hakazolarni kuzatish asnosida har bir odam bulardan 
o‘ziga xos tarzda saboq oladi. Kuzatishlar asosida hosil bo‘lgan munosabatlar 
muayyan bilimlarga tayanadi. Bu bilimlar insonlarning muayyan ijtimoiy 
guruhga mansubligi va shu ijtimoiy guruhga xos bo‘lgan milliy-madaniy 
qarashlari, tafakkur tarzi, tasavvur olami asosida shakllangan bo‘ladi. Ularni 
tilda ifodalash ehtiyoji bilan turli xalqlarning milliy tafakkur tarzini namoyon 
qiluvchi til birliklari shakllanadi. Bunga o‘xshatishlar, metafora, ramz kabilar 
misol bo‘ladi. Tulkiday (ayyor), chumoliday (mehnatkash), devday (katta) kabi 
birliklar asosan shunday sifatlarga ega bo‘lgan inson obrazini ifodalash asosida 
hosil bo‘ladi. Shuningdek, tilda tulki ayyor insonlar ramzini ifodalashi 
maʼlum. Bunday ko‘chma maʼnoli birliklar muayyan xalqning milliy tafakkur 
tarzini, ularning olamdagi narsa, voqea-hodisalarga munosabatini namoyon 
qiladi. Buning asosida yotgan bilimlar turli xalqlarning obrazli tafakkur 
tarzini, tasavvur olamini o‘rganishga yo‘l ochadi. Inson psixikasining 
imkoniyatlari va ehtiyojlari asosida inson tafakkuri shakllanadi.
Tafakkur tarzining lisoniy libosi olishi asosida til shakllanadi. Shu bois 
ruh – tafakkur –til va til – tafakkur –ruh oqimi asosida insonning botini va 
zohiri shakllanadi, rivojlanadi. Tafakkur faoliyati keng, aytaylik, analiz, sintez 
taqqoslash, zidlash, tasniflash, tizimga solish kabilar asosida amalga oshadi.
Shu tarzda fikr yuritiladi, hukm chiqariladi. Bu hukmlar asosida xulosa 


30 
chiqariladi. Xulosa aqliy faoliyat maxsulidir. Aqliy faoliyat ongga ta’sir 
ko’rsatadi va ong vositasida bilimning mohiyati anglanadi. Tafakkur tasavvur 
va mantiqqa tayanadi. Bilim inson ruhiy ehtiyojlari asosida paydo bo’lib, ong 
faoliyati bilan chegaralanadi. Insonning bilish doirasida ruhiyat, tushuncha, 
fikr, tafakkur, aql, ong ustun bo’ladi. Ularning chegarasida ruhiyat va ong 
turadi. Tushuncha sezgilar asosida shakllanadi. Ulardan asosiylarini ko’z, 
quloq tashkil etadi. Sezgilar vositasida olamni idrok etish, tushunish amalga 
oshadi. Tushunchalarga so’z, so’z birikmalari lisoniy qobiq bo’ladi. Idrok 
etilgan barcha tushunchalarni nomlash imkoni mavjud emas. Shuningdek, 
ayrim so’zlar turlicha tushunchalar bilan talqin qilinadi. Aytaylik, boylik so’zi 
kim uchundir baxt deb tushunilsa, kim uchundir baxtsizlik deb tushuniladi. 
Fikr tushunchalar asosida quriladi. Ularga gaplar lisoniy qobiq bo’ladi. Ular 
hukm ifodalaydi. Fikr yuritish jarayoni tafakkur qilishga olib boradi. Tafakkur 
doirasi ikki o’choqqa ega bo’lib, birida fikrlash ijobiy tomonga yo’naltirilsa, 
ikkinchisida salbiy tomonga yo’naltiriladi. Ularning to’qnashuvi aqliy 
faoliyatga ta’sir ko’rsatadi va uni harakatlantiradi. Aql tafakkur qilish asosida 
chiqarilgan xulosalarda namoyon bo’ladi.
Xulosalarga tayanib aql yuritish anglashga yo’l ochadi. Ong bilishning 
eng yuqori cho‘qqisi bo’lib, anglash qalbda kechadi. Ong faoliyati 
bilimlarning mohiyatini chuqur anglash va ilm hosil q ilishga olib keladi. 
Bularning barchasi asosan til vositasida amalga oshiriladi va ular tilshunoslik 
bilan bog’liq holda psixolingvistika, kognitiv tilshunoslik kabi fanlarda 
o’rganiladi. Ammo ong va til bog’liqligi alohida keng doirada o’rganilmagan.
Shuningdek, ruhiyat, til va ong uchligi masalasi ham chuqur tadqiq 
etilmagan. Xullas, o’rganish, bilish jarayonida niyat va maqsad asos qilinadi. 
Aytaylik niyat olmani o’rganish, maqsad bilimlar asosini anglash. Niyat 
bilishga, maqsad ilmga olib boradi. Tafakkur qilish va aql yuritish bilish 
faoliyati bo’lsa, anglash bu ilmdir. Tushunchaning nutqqa ko’chishi fikrni 
shakllantiradi. Fikrning nutqqa ko’chishi tafakkurni harakatlantiradi. 
Tafakkurning nutqqa ko’chishi aqlni yurg‘izadi. Aqlning nutqqa ko’chishi 
ongni ishlatadi. Ong va nutq faoliyati esa inson ruhiyatining obrazini namoyon 
qiladi va bilimlar asosida hosil bo’lgan ilmni ochib beradi. Tafakkur, asosan, 
til vositasida rivojlanadi. U bilim va ilmni hosil qiluvchi eng muhim vositadir. 
Tafakkur faoliyati nihoyatda keng bo’lib, u aqliy faoliyat, bilim va ilmning 
asosidir. Inson psixikasining ehtiyoji va imkoniyati doirasida tafakkur 
shakllanadi. Shu bois til va tafakkur masalasini o’rganishda ruhiyat olamiga 
ko’ra yondashish va ularning faoliyati natijasi bo’lgan bilim va ilmning hosil 
bo’lish va ifodalanish mexnizmlarini ishlab chiqish zarurati bor.

Download 5.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling