Universiteti "tasdiqlayman"
Nutq ikki xil bo’ladi: ichki nutq va tashqi nutq
Download 5.09 Kb. Pdf ko'rish
|
Ma\'ruza matni. Tilshunoslik. 1-kurs (40soat) kechki
2. Nutq ikki xil bo’ladi: ichki nutq va tashqi nutq.
Nutq kishi ongida ham hosil bo’lishi mumkin. Bunda hali reallashmagan til unsurlaridan tashqil topadi. Bu ichki nutqdir. Kishilarning og’iz ochmasdan fikrlashi, munozara yuritishi, o’ylashi ichki nutqqa misol bo’ladi. Upkadan chiqayotgan havoning nutq organlariga ta`siri, shu ta`sir natijasida ularning harakati bilan aniq tovushlar sifatida yuzaga keladigan nutq tashqi nutqdir. Nutq harakatdagi tildir. Nutq tilga tegishli narsalarni ma`lum vaqt bo’lagida bir- biriga qo’shadi, harakatga keltiradi. Nutq so’z shakllari, erkin birikmalar, so’z tartibi va gaplardan tashkil topadi. Nutq jarayoni tugab, fikr tinglovchiga etib borgach, nutq ham tugaydi. Demak, so’z shakllari, erkin so’z birikmalari, so’z tartibi, gapning turli ko’rinishlari nutqnikidir. Tildagi ifoda vositalari chegaralangan bo’lishiga qaramasdan nutq cheksizdir. Til vositalari nutq ixtiyoriga o’tgach, ulardan cheksiz miqdorda gaplar tuzish mumkin. Nutq jamoadagi yolg’iz kishi tomonidan yaratiladi va alohida shaxs va kishilarga qaratilgan bo’ladi. Demak, nutq ijtimoiy hodisadir. U jamoadagi kishilarni birlashtirish, ma`lum maqsad sari yo’naltirish imkoniyatiga ega. Jamiyat taraqqiyotida nutq belgilovchi o’rin tutadi. 28 Til madaniyati deyilganda ana shu tildagi ifoda vositalarining ongli aralashish natijasida hamma tushunadigan va qo’llay oladigan darajaga keltirilganligi, ma`lum davr uchun mosligi, ishlatilish qonun va qoidalari, me`yorlarining qay darajada aniq va mukammal ishlanganligi, sayqal topganligi tushuniladi. Boshqacha aytganda, til madaniyati deganda, til birliklari va ular imkoniyatlari taraqqiyotining, ular o’rtasidagi munosabatlar hamda shu munosabatlarni ta`minlovchi qonun-qoidalarning ishlanish darajasi tushuniladi. T.Qudratov bu haqda shunday deydi: “Tilning madaniyati deyilganda, uning so’z boyligi, sintaksisining taraqqiyoti va boyish darajasi, so’z ma`nolarining o’tkirligi, nutqiy ohangning rang-barangligi tushuniladi. Nutq madaniyati, uning aloqaviy fazilatlari yig’indisi va tizimi bo’lib, ular til madaniyati, til faoliyatida qiynalmaslik, matnning mazmuniy vazifasi va imkoniyati kabi har xil sharoitlarga bog’liq”. Til madaniyati til vositalarining boyligi va rang-barangligidan iborat bo’lib, shu tildan foydalanuvchilarning ongida yashaydi. Lekin bu boylikning o’zlashish darajasi jamoa a`zolarining har birida har xil bo’ladi. Qaysi shaxs til madaniyatiga tegishli vositalarni o’zlashtirgan va ularni o’z nutqi jarayoniga aylantirgan bo’lsa, o’sha shaxsning nutqi shu darajada madaniyatli bo’ladi. Nutq yakka shaxs ijodi ekan, uning madaniyati ham shaxsning til imkoniyatlarini qanchalik o’zlashtirganligiga va ulardan nutq sharoitiga mos mohirona foydalana olishiga bog’liqdir. Tilning lisoniy imkoniyatlarini egallash ikki bosqichdan: bilish va bu imkoniyatlarni chuqur o’zlashtirishdan iborat. Til vositalarini bilish nutqni tinglaganda, ularning ma`nosi va vazifasini anglashda ko’rinadi, ya`ni tinglovchi tinglagan va o’qigan narsalarini tushunadi. Bunday shaxs o’zgalar nutqini yaxshi tushunadi. Ikkinchi bosqich til sistemasi taqdim etgan imkoniyatlarning katta qismini chuqur o’zlashtirishdan, ularni nutq tezkorligiga aylantirib olishidan iboratlir. Bunga erishgan shaxsning nutq ravon, boy, obrazli, o’rinli bo’ladi. Birinchi bosqichda anglab olingan nutq vositalari ustida doimiy mashq qilish, ularni xotirada saqlashga doimo e`tibor berish, bu imkoniyatlarni nutqiy tezkorlikka aylantiradi. Download 5.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling