Universiteti "tasdiqlayman"
GLOSSARY Atamaning o’zbek
Download 5.09 Kb. Pdf ko'rish
|
Ma\'ruza matni. Tilshunoslik. 1-kurs (40soat) kechki
- Bu sahifa navigatsiya:
- Аdabiyotlar
- 2-MAVZU. TIL VA NUTQ. TIL VA TAFAKKUR. TIL VA MADANIYAT
- Til va nutq, ularning farqli tomonlari
GLOSSARY
Atamaning o’zbek tilida nomlanishi Atamaning ingliz tilida nomlanishi Atamaning rus tilida nomlanishi Atamaning izohi tilning pаydо bo‘lishi origin of language возникновение языка Tilning pаydо bo‘lishiga oil turli fаrаzlаr mavjud ekstralingvistika extralinguistics экстралингвис- тика Sotsiolingvistika va mentalingvistikani o‘zida birlashtiradigan, tilni ijtimoiy hodisa sifatida o‘rganuvchi fandir. intralingvistika intralinguistics интралингвисти- ка Tilning ichki tizimini, uning birliklari va kategoriyalari, tilning yaruslari hamda ularning tuzilishini o‘rganadi. komparativistika Сompravistics компративисти- ка Qiyosiy-tarixiy tilshunoslik kommunikativ funksiya сommunicative function коммуникатив- ная функция Tilning jamiyatda aloqa vositasi funksiyasini bajarishi аkkumulyativ Аccumulative аккумулятив lotincha “akkumulyativ” “to`plash”demakdir еkspressiv Eхpressivе экспрессив Tinglovchiga yetkazilayotgan axborotga o`zlining hissiy-ta’siriy munosabatlarini ham qo`shib ifodalash substrаt Substratum субстрат Tillаrning chаtishishi nаtijаsidа mаg‘lub tilning g‘оlib tildа qоldirgаn izlаri supеrstrаt superstratum суперстрат Kеlgindilаr tili mаhаlliy tilgа 23 sеzilаrli tа’sir о‘tkаzаdi, lеkin uni siqib chiqаrа оlmаydi. differensiatsiya Differentiation дифференциа-ция Farqlanish, ya‘ni shevalar sonining ko‘payishi va yangi tillarning vujudga kelishi . integratsiya Integration интеграция Mujassamlashuv ya‘ni turli shevalarning umumiy qoidalarga bo‘ysungan holda ma’lum adabiy tilga birlashishi jamiyat society общество kishilarning tarixan qaror topgan hamkorlik faoliyatlari majmui. Jamiyatdagi hamma narsa (moddiy va maʼnaviy boyliklar, insonlar hayoti uchun zarur boʻlgan shart- sharoitlarni yaratish va boshqalar) muayyan faoliyat jarayonida amalga oshadi. Sotsiolingvistika Sociolinguistics Социолингвистик а (lot societas — jamiyat va lingvistika) — tilshunoslik, sotsiologiya (jamiyatshunoslik), ijtimoiy psixologiya va etn. fanlari tutashmasida rivojlanuvchi va tilning ijtimoiy tabiati, uning ijtimoiy vazifalari, ijtimoiy omillarning tilga 24 taʼsir koʻrsatish mexanizmi hamda tilning jamiyat hayotida tutgan oʻrni bilan bogʻliq koʻplab muammolar majmuini oʻrganuvchi ilmiynazariy soha. differensiatsiya differentiation дифференциация (frans. differentiation, lot. differentia — farqlanish, farq), ixtisoslashish — dastlab bir xil elementlardan iborat boʻlgan sistemaning sifat jihatidan farq qiladigan bir qancha qismlarga ajralib ketishi. integratsiya integration интеграция (lot. integratio — tiklash, toʻldirish, integer — butun soʻzi-dan)—sistema yoki organizmning ayrim qismlari va funksiyalarining oʻzaro bogʻliqlik holatini hamda shun- day holatga olib boruvchi jarayonni ifodalaydigan tushuncha bilingvizm bilingualism двуязычие ikki tillilik hodisasi. sheva dialect диалект (fors. harakat tarzi, tarz, usul) tilning fonetik, grammatik va lugʻaviy jihatdan oʻziga xos xususiyatlarga ega boʻlgan eng kichik hududiy koʻrinishi— sezilarli lisoniy tafovutlari boʻlmagan 25 bir yoki bir necha aholi maskani (odatda, qishloq)da yashovchilarning soʻzlashuv vositasi sifatida qoʻllanadi. Аdabiyotlar: 1. Irisqulov M. Tilshunoslikka kirish. – T., 2008. 2. Yo’ldoshev I., Muhamedova S., Sharipova O`., Madjidova R. Tilshunoslik asoslari. – T., 2013. 3. Реформатский A.A. Введение в языкознание. – M., 2006. 4. Maслов Ю.С. Введение в языкознание. – M, 2007. 26 2-MAVZU. TIL VA NUTQ. TIL VA TAFAKKUR. TIL VA MADANIYAT Reja: 1. Til va nutq, ularning farqli tomonlari 2. Nutq faoliyati turlari 3. Til va tafakkur 4. Til va madaniyat 1. Til va nutq Til-imkoniyat sifatida aloqa-aralashuv, fikr almashuv quroli. Nutq - tildan fikr almashuv maqsadida foydalanish usuli, jarayoni. Demak, bu tushunchalar bir-biridan farqli va mohiyatan oʻziga xos tushunchalar ekan. Til oʻrnida nutqni, nutq oʻrnida tilni tushunishimiz xato hisoblanadi. Til va nutq oʻrtasidagi munosabatlarni oʻrganish hozirgi zamon tilshunosligining eng muhim vazifalardan biridir. Bu masala alohida bir milliy tilni yoki umuman tillarni nazariy taʼriflashdagi boshlangʻich nuqtadir. Til va nutq hodisalarini farqlash aksariyat tilshunoslar tomonidan tan olinadi, ammo ularning mohiyatini, chegarasini aniqlash mezonlari haqidagi fikrlar turli-tuman. F.Sossyur til va nutqni nutq faoliyatining ikki ajralmas boʻlagi deb hisoblab, ularni "bir paytning oʻzida fizik, fiziologik va psixik, bundan tashqari, individual va ijtimoiy munosabatlarga daxldor" jarayonlar deb ta'riflagan edi. Til, Sossyurning fikricha, nutq faoliyatining ijtimoiy va psixik tomonlaridir, nutq esa uning individual va psixofizik tomonlari, yoli "odamlar nimani gapirsa, oʻshalarning yigʻindisidir". "Til faoliyat mahsuli emas, balki faoliyatning oʻzidir" degan gʻoyani ilgari surgan V.Fon Gumboltdan farqli oʻlaroq, Sossyur "til faoliyat emas, balki soʻzlovchi tomonidan passiv qayd qilinadigan tayyor mahsulot, nutq mahsulidir" deydi. Uning ta'kidlashicha, "tilning voqeligi, oʻz tabiatiga koʻra nutqqa nisbatan kam emas". Til va nutq, ularning farqli tomonlari Til va nutq bir - biriga bog’liq hodisalardir. Til uchun nutq moddiy materialdir. Shu material asosida nutq tashkil topadi. Tildagi hamma narsa til jamoasi uchun umumiy bo’ladi. Tilda ruhiy va moddiy material mavjud. So’z, morfema, fonemalarning kishi xotirasidagi obrazlari ruhiy material hisoblanadi. Nutq tuzishda nomoyon bo’ladigan so’z shakllari, morfemalar, tovushlar moddiy materialdir. Bunda til bir tomondan moddiy hodisa bo’lsa, ikkinchi tomondan ruhiy hodisadir, degan xulosa kelib chiqadi. Tilning ruhiy hodisaligini uning ongda saqlanishi ko’rsatadi. Biz xotiramizda saqlanayotgan qoidalardan tezkorlik bilan foydalanib, biror fikrni yuzaga chiqarish uchun so’zlar va grammatik so’z birikmasi va gaplarni hosil qilamiz. Masalan, ongimizda u kitobni qayerdan o lganini bilish fikri tug’ildi, deylik. Uni savol tariqasida shunday yuzaga chiqaramiz: Sen kitobni qayerdan olding? 27 Bunda biz sen, kitob, qayer, ol leksemalaridan: -ni, -dan, -da, -ng grammatikalaridan va so’roq gap modelidan hamda qoidasidan foydalandik. Bu gapni aytish jarayonida ongimizdagi leksemalar alohida morfemalarni qabul qilib, so’z shakllariga aylandi. Til ruxiy hodisadan moddiy hodisaga aylandi. Bu jarayon tugashi bilan tilga tegishli narsalar yana alohidalik holiga qaytadi va ongimizda avvalgidek saqlana beradi. Demak, ma`lum til jamoasidagi kishilar ongida tovush obrazlari sifatida saklanadigan va hamma vaqt haqiqatga aylanishga tayyor turgan so’z, fonema, turli lisoniy qoidalar, gaplarning modellari tilga tegishlidir. Tilga oid narsalar chegaralangan miqdordadir. Ularning soni turli tillarda turlicha bo’ladi. Qaysi tilda til vositalari nisbatan ko’p bo’lsa, usha til boy til hisoblanadi. Jamoa hayotining butun sohalarini o’zida qamragan til jamiyat taraqqiyoti bilan rivojlanib boradi. Jamiyat extiyojiga javob bermay qolgan til elementlari iste`moldan chiqa boradi, ular urnida yangi ifoda vositalari paydo bo’ladi. Tilda paydo bo’lgan tushunchalar dastlab ayrim shaxslar nutqida ko’rinadi, so’ng asta-sekinlik bilan butun jamoa ongiga singadi. Uni ha mma bir tushunib, talaffuz etadigan bo’lgach, u til ixtiyoriga o’tadi. Aks holda alohida shaxsning nutqiga xos bo’lib qolaveradi. Masalan: o’zbek tilida so’zlovchi ba`zi kishilar nutqida “dizayner” (biror yumushni bajaruvchi shaxs) so’zi uchramoqda. Hali u butunlay o’zbek tilida gaplashuvchi kishilar ongiga singib ketgan emas. Shunday ekan, u hali ayrim shaxslarning tiliga tegishlidir. Uning o’zbek tiliga xos bo’lib qolish-qolmasligini kelajak ko’rsatadi. Nutq tildagi mavjud ifoda vositalaridan foydalangan holda mavjudlikka (haqiqatga) aylangan fikrdir. Nutq, nutq a`zolarining harakati jarayonida paydo bo’ladi. Ruhiy hodisa bo’lgan tilning ifoda vositalari nutq ixtiyoriga o’tgach, haqiqatga aylanadi. Demak, nutq faoliyatining maxsulotidan, ma`lum shaklga kirishishdan iborat. Download 5.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling