Universiteti "tasdiqlayman"
Arxeologik va antropologik izlanishlar
Download 5.09 Kb. Pdf ko'rish
|
Ma\'ruza matni. Tilshunoslik. 1-kurs (40soat) kechki
4. Arxeologik va antropologik izlanishlar. Taxminan sakkiz million yil ilgari ba’zi Afrika o’rmonlarida yashovchilar orasida shimpanze va odamlarning qadimgi ajdodlari – maymunga o’xshash jonzotlar bo’lgan. Bu jonzotlarning nimaga o’xshashligini tasavvur qilish qiyin bo’lmagan; dastlab insonning ko’z oldida asosan daraxtlarda yashaydigan, 15 yerda to’rt oyoqlab yuradigan, shimpanzelar kabi yigirma yoki o’ttiz turdagi hayqiriq tovushlari bilan aloqa qiluvchi zamonaviy gorillaga o’xshash tasvir gavdalanadi. Ammo ikki million yil oldingi ajdodlarimizning tashqi ko’rinishi qanday bo’lgan? O’sha paytga qadar shimpanzelarning ajdodlaridan tarqalgan turli jonzotlar bo’lishgan, biroq hali homo sapines bo’lishmagan. Bu jonzotlar qanday yashagan va aynan qaysi tildan foydalanishgan? Bu oxirgi turdagi jonzotlarni tasavvur qilish ancha mushkul masala. Ularni bizga o’xshash bo’lgan deb hisoblash mumkin va, ayniqsa, ularning tovushlar orqali aloqa qilish sistemasi ularning olti million yil ilgarigi ajdodlarinikidan murakkabroq tuzilgan. Ammo ular qay darajada murakkab bo’lgan? Hozirgi zamonaviy inson tili ushbu aloqa tizimining qaysi xususiyatlariga ega va u haligacha nimada oqsaydi? Bu yerda ajdodlar haqidagi dahshatli, biroq insonni o’ziga jalb qiluvchi bir narsa borki, bunga shunday jonzotlarning ba’zi joylarda, masalan, uzoq Himolay tog’larida haligacha mavjudligi haqidagi mish-mishlar singari son-sanoqsiz ilmiy- ommabop hikoyalar sabab bo’ladi. Shu sababli ko’p tilshunos bo’lmagan mutaxassislar uchun bu kabi ajdodlarning lingvistik qobiliyatlari bo’yicha tadqiqotlar (ya’ni, inson tilining kelib chiqishi va evolyutsiyasi haqidagi izlanishlar) tilshunoslikning eng muhim jihati bo’lishi kerakligi shubhasizdir. Lekin bu biz o`ylaganday emas. Tadqiqot mavzusi sifatida olingan, bir asrdan ortiq e’tibor qilinmay kelingan til evolyutsiyasi hozirda qayta ahamiyatga ega bo’lishni boshladi. Bir necha o’n yilliklar davomida bu sohada tilshunoslardan ko’ra ildamroq bo’lgan antropologlar, genetiklar, primatologlar tomonidan kiritilgan dalillar mavjud. xususidagi 2-5 bo’limga o’tishdan oldin bo’limning qolgan qismida bu e’tiborsizlik sabablari haqida to’xtalib o’tamiz. So’ngra 6-bo’limda bugungi kunda tilshunoslar tomonidan taklif etilishni boshlagan turli mulohazalar to’g’risida bahs olib boramiz. Ko’p dinlar tilning kelib chiqishi haqidagi tafsilotlarga ega. Jyudo-xristianlik an’anasiga ko’ra Xudo Odamga bog’I Eramdagi hamma hayvonlar ustidan hukmronlikni topshirgan va Odamning ilk ishi ularga nom berish bo’lgan. Tower of Babel (Bobil minorasi) hikoyasida hozirgi kunda faqat bitta til emas, balki ko’p tillar mavjudligi to’g’risidagi ma’lumot tushuntirib beriladi: lisoniy xilma-xillik bu insonning takabburligi uchun berilgan jazodir. Bu turdagi qarash ko’pchilik tomonidan qabul qilindi, tilning kelib chiqishi muammo emas edi, lekin tabiiy hodisalar uchun dinga aloqador bo’lmagan tushunchalarni qo’shish yoki ilohiylashtirish ishlari boshlanganda shu narsa aniq bo’ldiki, dindan holi bo’lgan izoh tilning kelib chiqishini o’rganish uchun ham tahlil qilingan. Download 5.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling