Universiteti "tasdiqlayman"


Tillarning shakllanishi va o‘zaro munosabatlari


Download 5.09 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/175
Sana02.06.2024
Hajmi5.09 Kb.
#1837896
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   175
Bog'liq
Ma\'ruza matni. Tilshunoslik. 1-kurs (40soat) kechki

Tillarning shakllanishi va o‘zaro munosabatlari. Kishilar ibtidoiy 
jamiyatning dastlabki davrlarida to‘da-to‘da, ya’ni urug‘ bo‘lib yashaganlar. Urug‘ 
kishilar jamiyatining eng kichik, oddiy hamda qadimiy uyushmasi bo‘lib, bir 
nechta qardosh urug‘lar qabilani tashkil qilgan. Bunday uyushmalarning har 
birining o‘z tili, o‘z aloqa vositasi bo‘lgan. Vaqt o‘tishi bilan qabila a’zolari 
ko‘payib, kengroq hududlarga tarqala boshlaydilar. Boshqa joylarga ko‘chib 
ketgan qarindosh qabilalar ma’lum ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda bir tilning turli 
shevalarida so‘zlashuvchi qabilalarning uyushmasiga – qabila ittifoqlariga 
birlashadi. Qabila ittifoqlarining umumiy tili bo‘lib, ayrim qabila tillari qabila 
ittifoqi tiliga nisbatan sheva holatini egallaydi. 
 
Bobo tilning mavjudligi haqida 
Xalqlarning kelib chiqishi toʼgʼrisida tadqiqotchilar 
koʼpincha ularning tillariga qarab xulosa qilishadi. 
Tilshunoslar koʼplab Osiyo va Аfrika tillarini Nuh 
paygʼambarning oʼgʼillari ismlaridan olingan som va xom 
tillariga ajratishadi. Som tillariga qadimgi yaxudiy 
(evrey), qadimgi vavilon, assiriy, oromiy tillari va turli 
arab shevalarini hamda Efiopiyaning amxar tili va b. 
kiradi. Xom tillariga qadimgi misr, kopt, berber, 
shuningdek, Аfrikaning koʼplab boshqa tillari va shevalari 
kiradi.


14 
Shevalar, milliy tillar urug‘chilik davridan boshlab son jihatdan ko‘payib 
boradi. Avval bir qabila ittifoqiga kirgan tillarda markazdan uzoqlashgan sari
shevaga xos farq orta boradi va oxir natijada bu farq yangi til paydo bo‘lishiga olib 
kelishi mumkin; son o‘zgarishi sifat o‘zgarishiga olib keladi.
Yangidan yangi 
sheva va tillarning paydo bo‘lishida ikki omil: vaqt va masofa hal qiluvchi 
ahamiyatga egadir: vaqt o‘tgan sayin, masofa kengaya borishi, yangi sheva va 
tillar paydo bo‘lishiga olib keladi.
Shevalarning soni ko‘payishi va ular asosida yangi tillarning vujudga kelishi 
tilshunoslikda farqlanish (differensiatsiya) deb ataladi.
Til birligi millatning asosiy belgilaridan biri hisoblanadi. Milliy til o‘z adabiy 
(yozuvi bor) shakliga ega bo‘lib, tilning bu shakli mazkur millatning har bir a’zosi, 
har bir shevasi uchun umumiydir. Har bir millatning madaniy merosi ham ana shu 
tilda o‘z aksini topadi.Turli shevalarning umumiy qoidalarga bo‘ysungan holda 
ma’lum adabiy tilga birlashtirilishi mujassamlashuv (integratsiya) deyiladi.
Har bir til o‘ziga xos rivojlanish davrini boshidan kechiradi va bu shu til amal 
qiladigan jamiyatga, undagi o‘zgarishlarga bog‘liq bo‘ladi. Birorta til paydo 
bo‘lganidan boshlab to hozirgacha o‘zicha rivojlanmaydi, u faqat jamiyat tildan 
foydalangani uchungina rivojlanadi. Demak, tilning rivojlanishi bevosita jamiyat 
bilan, uning tarixi jamiyat tarixi bilan uzviy bog‘langan. 
Shuni ham qayd qilish kerakki, tildagi o‘zgarishlar keskin, to‘satdan sodir 
bo‘lmaydi. Tilda hech qachon inqilobiy o‘zgarishlar sodir bo‘lmaydi, tildagi 
o‘zgarishlar asta-sekin, evolyutsion yo‘l bilan amalga oshadi. Shu bilan birga til 
taraqqiyotida turg‘unlik ham bo‘lmaydi, u doimo rivojlanishda bo‘ladi. Jumladan, 
milliy tillarning paydo bo‘lishi ijtimoiy tuzumga, millatning paydo bo‘lishiga 
bog‘liq bo‘lib, hamma yerda bir vaqtda sodir bo‘lmagan. Millat va milliy tillarning 
paydo bo‘lishi turli xalqlarda turlicha amalga oshadi. Ayrim xalqlar esa hali millat 
darajasigacha o‘sib yetmaganini, demak, ushbu jamiyatda milliy til ham 
shakllanmaganini kuzatish mumkin.
Milliy tillarning shakllanishida badiiy so‘z ustalari, 
yozuvchi va shoirlarning ham hissasi juda kata bo‘ladi. 
Jumladan, o‘zbek adabiy tilining shakllanishida Alisher 
Navoiy, rus milliy tilining taraqqiyotida A.S. Pushkin, 
yangi gruzin tilining vujudga kelishida Shota Rustaveli
nemis tilining taraqqiyotida Martin Lyuter, ingliz 
tilining rivojlanishida Vilyam Shekspir va boshqalarning 
qo‘shgan hissalari beqiyosdir. 

Download 5.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling