Universiteti "tasdiqlayman"


 Tilning paydo bo'lishi, shakllanishi va rivojlanishi


Download 5.09 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/175
Sana02.06.2024
Hajmi5.09 Kb.
#1837896
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   175
Bog'liq
Ma\'ruza matni. Tilshunoslik. 1-kurs (40soat) kechki

3. Tilning paydo bo'lishi, shakllanishi va rivojlanishi. 
Til – inson hayotidagi buyuk jumboqlardan biridir. 
 
Nima uchun insonlar yer yuzidagi boshqa jonli mavjudotlardan farqli o`laroQ, 
til vositasida muloqot qila oladi?
Til qanday paydo bo`lgan?



Evolyutsionistlar ko`p yillar davomida ushbu masalaning yechimini topishga 
urinib kelsalarda, maqbul javob topolmadilar, ammo qator farazlar (gipotezalar)ni 
ilgari surdilar. Bugun biz ulardan ayrimlarini ko`rib chiqamiz. 
Ba'zi evolyutsionistlar tilni ibtidoiy odamlarning tovush va imo-ishoralaridan 
paydo bo`lgan deya ta'kidlasa, boshqalari tilni inson o`z ongi va taqlid qilish 
qobiliyati tufayli “kashf qildi” deydilar. Shunga o`xshash qator ta'limotlar 
mavjudligiga qaramay, tilning paydo bo`lishi to`g`risidagi yagona mantiqiy model 
- tilning Xudo tomonidan yaratilganligini tasdiqlovchi kreatsion (ilohiy) faraz 
bo`lib qolaverdi. 
Inson tili: u hayvonlarning oddiy tovushlaridan paydo bo`lganmi yoki Xudo 
tomonidan insonga in'om qilinganmi? Olimlar, tilshunoslar va faylasuflar ushbu 
savol ustida Darvinning evolyutsion nazariyasi (1859 y.) paydo bo`lgandan beri 
bosh qotirmoqdalar.
Bu qiziq! 
 
 
 
 Bu qiziq! 
 
 
 
 
Tilning paydo bo`lishi to`g`risidagi asosiy farazlar: 
Inson farzandi 4 yoshgacha og`zaki 
nutq ko`nikmalarini egallaydi, agarda u shu 
yoshgacha gapirmasa, demak, bu tug`ma 
yoki orttirilgan patalogiyadan darak beradi.
Tilning paydo bo`lishi haqidagi diniy qarashlar: 
Tilning paydo bo`lishi tўg`risida qator farazlar (gipotezalar) mavjud bo`lib, 
ularning birortasi ham asoslanmagan, zero ushbu hodisaning uzoq o`tmishda sodir 
bo`lgani va uni tiklab, qaytadan tadqiq qilishning iloji yo`q. 
Turli xalqlar dinlarida tilning Xudo yoki ilohiy donishmandlar tomonidan 
yaratilgani qayd qilinadi.
Hind vedalariga murojaat qiladigan bo`lsak (er.av. XX asr), bosh xudo 
boshqa xudolarga nom berganini, narsalarni esa avliyo donishmandlar bosh xudo 
yordamida nomlaganini bilib olamiz.
Injilning ikkinchi bobida (Eski ahd) shunday deyiladi: 
“Xudo o`zi yaratgan insonni saqlash uchun Eram bog`iga joylashtirdi. Va 
Xudo dedi: insonning yolg`iz bo`lishi yaxshi emas, unga mos bo`lgan 
yordamchini yaratamiz. Parvardigor tuproqdan hayvonu qushlarni yaratdi va 
insonning oldiga keltirdi hamda inson ularni qanday atasa, shunday nomga ega 
bo`lishini ko`rmoqchi bo`ldi. Va inson barcha hayvon, qushlar, jamiki jonzotlarga 
nom berdi, biroq uning o`ziga mos yordamchi topilmadi. Shunda Xudo uni 
chuqur uyquga ketkazib, bir qovurg`asini oldi va u yerni et bilan yopdi. 
Parvardigor ushbu olingan qovurg`adan inson uchun juftni yaratdi va uning 
oldiga keltirdi” (Bo‘tiye, 2, 15-22). 
Qur'on Karimga ko`ra Odam Olloh tomonidan “ovoz chiqaruvchi 
tuproqdan” yasalgan. “Olloh unga jon ato etib, barcha narsalarni nomlashni 
o`rgatib, uni farishtalardan ustun qo`ydi
” (2:29). 
Biroq keyinchalik Xudo Odamning avlodlarini osmonga yetuvchi minora 
qurishga uringani uchun turli-tuman tillarni tarqatib jazolaydi. 


10 

Download 5.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling