Universiteti "tasdiqlayman"
Download 5.09 Kb. Pdf ko'rish
|
Ma\'ruza matni. Tilshunoslik. 1-kurs (40soat) kechki
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Intralingvistika
- Kommunikativ lingvistika
1.
Ekstralingvistika sotsiolingvistika va mentalingvistikani o‘zida birlashtiradigan, tilni ijtimoiy hodisa sifatida o‘rganuvchi fandir. Bunda sotsiolingvistika tilning tabiati va ijtimoiy vazifasini, mentalingvistika esa til va tafakkur, tilning mazmun tomonini o‘rganadi. 2. Intralingvistika tilning ichki tizimini, uning birliklari va kategoriyalari, tilning yaruslari hamda ularning tuzilishini o‘rganadi. Fonologiya, leksikologiya va grammatika intralingvistikaning asosiy bo‘limlari hisoblanadi. 3. Komparativistika – qarindosh tillar o’rtasidagi munosabatlarni o’rganish va ularning qadimgi holatini (bobo tilni) tiklash bilan shug’ullanadi. 4. Kommunikativ lingvistika tilni aloqa vositasi sifatida o‘rganadigan, til va nutq, ularning munosabati, uning jamiyatdagi asosiy vazifasi va o‘rni masalalari bilan shug‘ullanadigan sohadir. Til kishilik jamiyatidagi asosiy ijtimoiy hodisa sifatida kommunikativ, ekspressiv va akkumulyativ vazifalarni bajaradi. “Kommunikativ” so`zi “fikr almashuvga oid” degan ma’noni ifodalaydi. Kishilarning o`zaro aloqa-aralashuvda o`z fikr-mulohazalarini, istak-xohishlarini, ichki kechinmalarini ifoda etib, bir-birlariga axborot yetkazishlari, ya’ni tilning jamiyatda aloqa vositasi funksiyasini bajarishi uning kommunikativ vazifasi hisoblanadi. “Ekspressiv” so`zi “kuchaytirilgan”, “kuchli hissiy obrazlilik xususiyati” degan ma’noni ifodalaydi. Tilning emotsional munosabatlar – suyish, erkalash, nafrat kabi insonga xos bo`lgan qator jihatlarni ifodalash xususiyati ekspressiv vazifa deb yuritiladi. Bundan tashqari, til kishilik jamiyatida asrlar davomida to`plangan tajriba va bilimlarni kelajak avlodga yetkazish uchun ham xizmat qiladi. Tilning bu xususiyati uning akkumulyativ vazifasidir (“akkumulyativ” lotincha “to`plash”demakdir). Tilga xos bo`lgan akkumulyativ vazifa ba’zi lingvistik adabiyotlarda tilning gnoseologik vazifasi deb ham yuritiladi. Download 5.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling