Universiteti "tasdiqlayman"
Til ijtimoiy hodisa sifatida
Download 5.09 Kb. Pdf ko'rish
|
Ma\'ruza matni. Tilshunoslik. 1-kurs (40soat) kechki
- Bu sahifa navigatsiya:
- Makrolingvistika
- Mikrolingvistika
2. Til ijtimoiy hodisa sifatida.
Agar inson farzandlarida insoniy xususiyatlar namoyon bo`lmay yoki chuqur o`rnashmay turib, hayvonlar yashaydigan sharoitga tushib qolsa, hayvon hayotiga xos ko`nikmalarni o`ziga qabul qilib, insoniy xislatlardan qaytarib bo`lmas darajada judo bo`ladi. Makrolingvistika (katta tilshunoslik) – tilning paydo bo‘lishi va uning taraqqiyot qonunlarini, tilning ijtimoiy mohiyatini: uning tafakkur bilan munosabatini, til va boshqa signal sistemalari orasidagi o‘xshashlik va farqlarni, tilning tarqalishi, yangi til masalalari kabi muammolarni o‘rganadi Mikrolingvistika (kichik tilshunoslik) – tilning faqat ichki, ya’ni fonetik, leksik va grammatik tuzilishini o‘z ichiga oladi 7 Bu qiziq! Til ko‘p qirrali murakkab hodisa. Tilning bu xususiyati olimlar tomonidan unga berilgan turlicha ta’riflarda ham ko‘zga tashlanadi: "Til tafakkurni ifoda qiluvchi ishoralar majmuidir"(F.De Sossyur). "Til - odam ongining ishtirokisiz, uning tashqi dunyoga nisbatan bo‘lgan mexanik harakatidir» (L.Blumfild). "Til fikrni ifoda qilishga mo‘ljallangan, talaffuz qilinadigan, chegaralangan tovushlar majmuidir" (B.Grosse). Ushbu fikrlar, garchi bir-birini to‘ldirsa ham, ularning birortasi tilning to‘liq ta’rifi bo‘la olmaydi, chunki ular tilning ijtimoiy mohiyatini ochib berolmaydi. Shuni ham aytib o‘tish zarurki, til ijtimoiy jihatdan shunchaki aloqa vositasi bo‘libgina qolmay, o‘ziga xos xususiyatlarga ham ega. Til haqiqatan ham ishoralar tizimi, biroq u nihoyatda keng qamrovli bo‘lib, barcha ishoralar o‘rnida qo‘llana oladi. Tilni inson o‘z faoliyatining barcha sohalarida bemalol ishlata oladi. Tilning ham og‘zaki (tovush tili sifatida), ham yozma (yozma nutq) shakllarga egaligi tilning ishlatilish ko‘lamini nihoyatda kengaytirib yuborgan. Boshqa aloqa vositalarining ishlatilish ko‘lami cheklangan, masalan, ko‘cha harakati belgilari asosan haydovchilar va yo‘lovchilarga xizmat qiladi, boshqa yerda ishlatilmaydi. Demak, til o‘ziga xos ishoralar sistemasi, ya’ni Download 5.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling