Universiteti "tasdiqlayman"


Download 5.09 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/175
Sana02.06.2024
Hajmi5.09 Kb.
#1837896
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   175
Bog'liq
Ma\'ruza matni. Tilshunoslik. 1-kurs (40soat) kechki

semiologik sistema tarzida jamiyatdagi eng muhim aloqa quroli, jamiyat 
tafakkurining taraqqiy etishini ta’minlovchi, avloddan avlodga madaniy-tarixiy 
me’ros va an’analarni yetkazuvchi vosita xizmatini o‘taydi. Shu bilan birga shuni 
ham qayd qilish kerakki, jamiyat bo‘lmasa, til bo‘lmaydi, jamiyat tilni kundalik 
hayotida qo‘llamasa, u til rivojlanmaydi. Demak, til va jamiyat doimo bir-birini 
taqozo etadi, lekin har biri o‘z qonuniyatlari asosida rivojlanadi. Kishilik 
jamiyatiing tarixiy taraqqiyoti davomida jamiyatining asosiy aloqa vositasi 
sanalgan til va uning xususiyatlari borasida har xil qarashlar vujudga kelgan. 
Uzoq vaqtlargacha ba’zi olimlar tilni hayvon, o‘simlik kabi tabiatdagi tirik 
(tabiiy) organizm deb tushunganlar. Ularning fikricha, til tirik organizm singari
tabiat qonunlariga itoat qilgan holda tug‘iladi, o‘sadi va taraqqiy qiladi, so‘ng
 
XX asr boshlarida Hindistonda ro`y 
bergan voqea bu mavzuga yaxshi dalil bo`la 
oladi. U yerda bo`rilar to`dasi orasida ikki 
qizchaga duch kelingan. Qizchalardan biri 2, 
boshqasi 7-8 yashar bo`lgan. Ular bo`rilarga xos 
xatti-harakatlar 
qilishgan, 
lekin 
gapirishni 
bilishmagan. Hindistonlik psixolog olim bu ikki 
go`dakni dastlab uyda, keyinchalik kattasini 
(kichigi ko`p vaqt o`tmay, kasallanib vafot 
etgan) bolalar uyida tarbiyalagan. Bu qiz yana 
10 yil atrofida umr ko`rdi, ammo til va yurish - 
turishda aytarlik muvaffaqiyatga erisha olmadi. 
Bu yillar mobaynida u 45 ga yaqin so`zni 
o`rgandi, lekin ulardan gap tuza olmadi.



eskirib, o‘ladi. Tilni bunday tushunish ayniqsa XIX asrning o`rtalarida, tabiiy 
fanlarning, ayniqsa, darvinizmning muvaffaqiyatlari inson va unga xos 
xususiyatlrni o`rganuvchi ko`p sonli kishilarni o`ziga jalb qilgan paytda avj oldi. 
Insonning tabiiy-biologik xususiyatlari kishilik jamiyatidan tashqari, 
jamiyatga bog‘liq bo‘lmagan holda, masalan, yangi tug‘ilgan go‘dak hayotining 
takomili (nafas olishi, ko‘rishi, ovqat yeyishi, asta-sekin yurib ketishi va 
hokazolar) tabiat qonunlariga muvofiq holda taraqqiy etaveradi, o‘saveradi. Ammo 
insonlarning so‘zlashi, fikrlay bilishi uchun jamiyat, kishilik jamiyatinng bo‘lishi 
shart.
Shuni e’tirof etish zarurki, kishining tabiiy-biologik xususiyatlari nasldan 
naslga o‘tishi mumkin, biroq bolaning tili - so‘zlash xususiyati nasldan naslga 
o‘tmaydi, o‘zbeklar orasida yashagan boshqa millat vakillari o‘zbeklardek 
yashashi, o‘zbek tilida so‘zlashi mumkin, biroq uning yuz ko‘rinishi 
o‘zbeklarnikiga o‘xshamasligi aniq. 
Ko‘rinadiki, til tabiiy-biologik hodisa bo‘lmay, kishilik jamiyatining eng 
muhim aloqa vositasi sifatida jamiyatga xizmat qiluvchi sinfga bog‘liq bo‘lmagan 
ijtimoiy hodisadir. Shunga ko‘ra quyidagi xulosalarni qilish mumkin: 
- til muayyan jamiyatda shakllanadi, taraqqiy etadi va shu jamiyat uchun 
xizmat kiladi; 
- til tabiiy-biologik emas, ijtimoiy hodisadir
- til kishilarning tabiiy-irqiy belgilariga aloqador bo‘lmaydi; 
- til jamiyatning ma’lum bir guruh tomonidan emas, balki butun jamiyat 
a’zolari tomonidan yaratilgan ijtimoiy hodisa sanaladi. 
Til ma’lum bir tabaqa, guruhlar uchun xizmat qilmaydi, jamiyat a’zolari 
uchun baravar xizmat qiladi. Tilning yashashi va rivojlanishi ham jamiyat bilan 
uzviy bog‘liq: jamiyat bor joydagina til bo‘ladi, til bor joyda esa jamiyat bo‘ladi. 

Download 5.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling