Universiteti "tasdiqlayman"
Download 5.09 Kb. Pdf ko'rish
|
Ma\'ruza matni. Tilshunoslik. 1-kurs (40soat) kechki
semiologik sistema tarzida jamiyatdagi eng muhim aloqa quroli, jamiyat
tafakkurining taraqqiy etishini ta’minlovchi, avloddan avlodga madaniy-tarixiy me’ros va an’analarni yetkazuvchi vosita xizmatini o‘taydi. Shu bilan birga shuni ham qayd qilish kerakki, jamiyat bo‘lmasa, til bo‘lmaydi, jamiyat tilni kundalik hayotida qo‘llamasa, u til rivojlanmaydi. Demak, til va jamiyat doimo bir-birini taqozo etadi, lekin har biri o‘z qonuniyatlari asosida rivojlanadi. Kishilik jamiyatiing tarixiy taraqqiyoti davomida jamiyatining asosiy aloqa vositasi sanalgan til va uning xususiyatlari borasida har xil qarashlar vujudga kelgan. Uzoq vaqtlargacha ba’zi olimlar tilni hayvon, o‘simlik kabi tabiatdagi tirik (tabiiy) organizm deb tushunganlar. Ularning fikricha, til tirik organizm singari, tabiat qonunlariga itoat qilgan holda tug‘iladi, o‘sadi va taraqqiy qiladi, so‘ng XX asr boshlarida Hindistonda ro`y bergan voqea bu mavzuga yaxshi dalil bo`la oladi. U yerda bo`rilar to`dasi orasida ikki qizchaga duch kelingan. Qizchalardan biri 2, boshqasi 7-8 yashar bo`lgan. Ular bo`rilarga xos xatti-harakatlar qilishgan, lekin gapirishni bilishmagan. Hindistonlik psixolog olim bu ikki go`dakni dastlab uyda, keyinchalik kattasini (kichigi ko`p vaqt o`tmay, kasallanib vafot etgan) bolalar uyida tarbiyalagan. Bu qiz yana 10 yil atrofida umr ko`rdi, ammo til va yurish - turishda aytarlik muvaffaqiyatga erisha olmadi. Bu yillar mobaynida u 45 ga yaqin so`zni o`rgandi, lekin ulardan gap tuza olmadi. 8 eskirib, o‘ladi. Tilni bunday tushunish ayniqsa XIX asrning o`rtalarida, tabiiy fanlarning, ayniqsa, darvinizmning muvaffaqiyatlari inson va unga xos xususiyatlrni o`rganuvchi ko`p sonli kishilarni o`ziga jalb qilgan paytda avj oldi. Insonning tabiiy-biologik xususiyatlari kishilik jamiyatidan tashqari, jamiyatga bog‘liq bo‘lmagan holda, masalan, yangi tug‘ilgan go‘dak hayotining takomili (nafas olishi, ko‘rishi, ovqat yeyishi, asta-sekin yurib ketishi va hokazolar) tabiat qonunlariga muvofiq holda taraqqiy etaveradi, o‘saveradi. Ammo insonlarning so‘zlashi, fikrlay bilishi uchun jamiyat, kishilik jamiyatinng bo‘lishi shart. Shuni e’tirof etish zarurki, kishining tabiiy-biologik xususiyatlari nasldan naslga o‘tishi mumkin, biroq bolaning tili - so‘zlash xususiyati nasldan naslga o‘tmaydi, o‘zbeklar orasida yashagan boshqa millat vakillari o‘zbeklardek yashashi, o‘zbek tilida so‘zlashi mumkin, biroq uning yuz ko‘rinishi o‘zbeklarnikiga o‘xshamasligi aniq. Ko‘rinadiki, til tabiiy-biologik hodisa bo‘lmay, kishilik jamiyatining eng muhim aloqa vositasi sifatida jamiyatga xizmat qiluvchi sinfga bog‘liq bo‘lmagan ijtimoiy hodisadir. Shunga ko‘ra quyidagi xulosalarni qilish mumkin: - til muayyan jamiyatda shakllanadi, taraqqiy etadi va shu jamiyat uchun xizmat kiladi; - til tabiiy-biologik emas, ijtimoiy hodisadir; - til kishilarning tabiiy-irqiy belgilariga aloqador bo‘lmaydi; - til jamiyatning ma’lum bir guruh tomonidan emas, balki butun jamiyat a’zolari tomonidan yaratilgan ijtimoiy hodisa sanaladi. Til ma’lum bir tabaqa, guruhlar uchun xizmat qilmaydi, jamiyat a’zolari uchun baravar xizmat qiladi. Tilning yashashi va rivojlanishi ham jamiyat bilan uzviy bog‘liq: jamiyat bor joydagina til bo‘ladi, til bor joyda esa jamiyat bo‘ladi. Download 5.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling