Universiteti "tasdiqlayman"


Download 5.09 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/175
Sana02.06.2024
Hajmi5.09 Kb.
#1837896
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   175
Bog'liq
Ma\'ruza matni. Tilshunoslik. 1-kurs (40soat) kechki

 
 
 
 
 
 
 
 
 
Tilshunoslik (lingvistika) – tillarni (barcha mavjud tillarni, qachonlardir 
mavjud bo‘lgan tillarni va kelajakda paydo bo‘luvchi tillarni), shuningdek, 
umuman inson tilini o‘rganuvchi fan. 
Tilshunoslik xususiy va umumiy tilshunoslik sohalaridan iborat. Xususiy 
tilshunoslik ma’lum bir tilning yoki qarindosh tillar guruhining (masalan, turkiy 
tillar) lug‘at tarkibi, fonetik sistemasi va grammatik qurilishi, shuningdek, tarixiy 
taraqqiyot yo‘llarini o‘rganadi va bir tilni o‘rganish bilan shug‘ullanadi. Umumiy 
tilshunoslik esa undan farqli holda, tilning kelib chiqishi, ijtimoiy mohiyatini
jamiyatdagi o‘rni, vazifasini, taraqqiyot yo‘llarini, til bilan tafakkurning bir-biriga 
uzviyligini, barcha tillarning o‘zaro munosabatini o‘rganadi hamda tillarni 
tekshirish usullarini yaratadi.
“Tilshunoslikka kirish” fani tilning boshqa hodisalar ichida tutgan o‘rni, 
tuzilishi, uning taraqqiy etish qonuniyatlarini, til haqidagi fanning asosiy 
tushunchalarini o‘rganadi, talabalarni tilshunoslik fanida qo‘llaniladigan terminlar, 
tushunchalar tizimi bilan tanishtiradi. Bu “Umumiy tilshunoslik” fanining 
dastlabki bosqichi bo‘lib, murakkab til hodisalari va ularning qonuniyatlarini 
to‘g‘ri anglab yetish, qarindosh va qarindosh bo‘lmagan tillar guruhlarini bir-biriga 
solishtirib, tilning lug‘at tarkibi, fonetik tizimi va grammatik qurilishini ilmiy 
asosda chuqur o‘rganish uchun nazariy va amaliy jihatdan zamin yaratishga xizmat 
qiladi. 
O‘rganish sohasi nuqtai nazaridan tilshunoslik ikki katta guruhga ajratiladi:
Sun’iy tillar borasida 
Na'vi – «Avatar» filmi uchun maxsus 
yaratilgan til. 
2009 yilda ekranga chiqqan «Avatar» 
filmidagi “na'vi” xalqi – o‘ylab topilgan oy – 
Pandoraning tub aholisi hisoblanadi. Djeyms 
Kameron 
ushbu 
gumanoidlar 
dunyosini 
shunchalik jiddiy qabul qildiki, hatto Janubiy 
Kaliforniya 
Universitetining 
mashhur 
professori 
Pol 
Frommerni 
o‘z 
qahramonlarining haqiqiy tilini yaratish ishiga 
jalb qildi. 
Film namoyish qilingan paytda ushbu 
tilda mingga yaqin so‘z bo‘lib, uning 
grammatikasi faqat uning muallifigagina 
ma’lum edi. Keyinchalik esa, Frommer uning 
leksik tarkibini kengaytirib, so‘zlar sonini 
2000 dan oshirdi va grammatik qoidalarini 
chop ettirdi. Shunday qilib, na’vi yakunlangan 
va o‘rganish mumkin bo‘lgan tilga aylandi. 



Ushbu yo‘nalishlar asosida tilshunoslikning quyidagi tarmoqlari yuzaga kelgan:

Download 5.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling