Universiteti "tasdiqlayman"


 Til ijtimoiy hodisa sifatida


Download 5.09 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/175
Sana02.06.2024
Hajmi5.09 Kb.
#1837896
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   175
Bog'liq
Ma\'ruza matni. Tilshunoslik. 1-kurs (40soat) kechki

2. Til ijtimoiy hodisa sifatida. 
Agar inson farzandlarida insoniy xususiyatlar namoyon bo`lmay yoki chuqur 
o`rnashmay turib, hayvonlar yashaydigan sharoitga tushib qolsa, hayvon hayotiga 
xos ko`nikmalarni o`ziga qabul qilib, insoniy xislatlardan qaytarib bo`lmas 
darajada judo bo`ladi. 
Makrolingvistika (katta tilshunoslik) – tilning paydo bo‘lishi va uning 
taraqqiyot qonunlarini, tilning ijtimoiy mohiyatini: uning tafakkur bilan 
munosabatini, til va boshqa signal sistemalari orasidagi o‘xshashlik va 
farqlarni, tilning tarqalishi, yangi til masalalari kabi muammolarni o‘rganadi
Mikrolingvistika (kichik tilshunoslik)tilning faqat ichki, ya’ni fonetik, 
leksik va grammatik tuzilishini o‘z ichiga oladi



Bu qiziq! 
 
 
Til ko‘p qirrali murakkab hodisa. Tilning bu xususiyati olimlar tomonidan 
unga berilgan turlicha ta’riflarda ham ko‘zga tashlanadi: 
"Til tafakkurni ifoda qiluvchi ishoralar majmuidir"(F.De Sossyur). 
"Til - odam ongining ishtirokisiz, uning tashqi dunyoga nisbatan bo‘lgan 
mexanik harakatidir» (L.Blumfild). 
"Til fikrni ifoda qilishga mo‘ljallangan, talaffuz qilinadigan, chegaralangan 
tovushlar majmuidir" (B.Grosse). 
Ushbu fikrlar, garchi bir-birini to‘ldirsa ham, ularning birortasi tilning to‘liq 
ta’rifi bo‘la olmaydi, chunki ular tilning ijtimoiy mohiyatini ochib berolmaydi. 
Shuni ham aytib o‘tish zarurki, til ijtimoiy jihatdan shunchaki aloqa vositasi 
bo‘libgina qolmay, o‘ziga xos xususiyatlarga ham ega. 
Til haqiqatan ham ishoralar tizimi, biroq u nihoyatda keng qamrovli bo‘lib, 
barcha ishoralar o‘rnida qo‘llana oladi. Tilni inson o‘z faoliyatining barcha 
sohalarida bemalol ishlata oladi. Tilning ham og‘zaki (tovush tili sifatida), ham 
yozma (yozma nutq) shakllarga egaligi tilning ishlatilish ko‘lamini nihoyatda 
kengaytirib yuborgan. Boshqa aloqa vositalarining ishlatilish ko‘lami cheklangan, 
masalan, ko‘cha harakati belgilari asosan haydovchilar va yo‘lovchilarga xizmat 
qiladi, boshqa yerda ishlatilmaydi. Demak, til o‘ziga xos ishoralar sistemasi, ya’ni 

Download 5.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling