Universiteti "tasdiqlayman"


Download 5.09 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/175
Sana02.06.2024
Hajmi5.09 Kb.
#1837896
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   175
Bog'liq
Ma\'ruza matni. Tilshunoslik. 1-kurs (40soat) kechki

1. 
Ekstralingvistika 
sotsiolingvistika va mentalingvistikani o‘zida 
birlashtiradigan, tilni ijtimoiy hodisa sifatida o‘rganuvchi fandir. Bunda 
sotsiolingvistika tilning tabiati va ijtimoiy vazifasini, mentalingvistika esa til va 
tafakkur, tilning mazmun tomonini o‘rganadi. 
2. Intralingvistika tilning ichki tizimini, uning birliklari va kategoriyalari, 
tilning yaruslari hamda ularning tuzilishini o‘rganadi. Fonologiya, leksikologiya va 
grammatika intralingvistikaning asosiy bo‘limlari hisoblanadi. 
3. Komparativistika – qarindosh tillar o’rtasidagi munosabatlarni o’rganish va 
ularning qadimgi holatini (bobo tilni) tiklash bilan shug’ullanadi. 
4. Kommunikativ lingvistika tilni aloqa vositasi sifatida o‘rganadigan, til va 
nutq, ularning munosabati, uning jamiyatdagi asosiy vazifasi va o‘rni masalalari 
bilan shug‘ullanadigan sohadir.
Til kishilik jamiyatidagi asosiy ijtimoiy hodisa sifatida kommunikativ, 
ekspressiv va akkumulyativ vazifalarni bajaradi.
Kommunikativ” so`zi “fikr almashuvga oid” degan ma’noni ifodalaydi. 
Kishilarning o`zaro aloqa-aralashuvda o`z fikr-mulohazalarini, istak-xohishlarini
ichki kechinmalarini ifoda etib, bir-birlariga axborot yetkazishlari, ya’ni tilning 
jamiyatda aloqa vositasi funksiyasini bajarishi uning kommunikativ vazifasi 
hisoblanadi.
“Ekspressiv” so`zi “kuchaytirilgan”, “kuchli hissiy obrazlilik xususiyati” 
degan ma’noni ifodalaydi. Tilning emotsional munosabatlar – suyish, erkalash
nafrat kabi insonga xos bo`lgan qator jihatlarni ifodalash xususiyati ekspressiv 
vazifa deb yuritiladi. 
Bundan tashqari, til kishilik jamiyatida asrlar davomida to`plangan tajriba va 
bilimlarni kelajak avlodga yetkazish uchun ham xizmat qiladi. Tilning bu 
xususiyati 
uning 
akkumulyativ 
vazifasidir 
(“akkumulyativ” 
lotincha 
“to`plash”demakdir). Tilga xos bo`lgan akkumulyativ vazifa ba’zi lingvistik 
adabiyotlarda tilning gnoseologik vazifasi deb ham yuritiladi. 

Download 5.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling