Universiteti "tasdiqlayman"


-ma’ruza. Lingvistik tadqiqot metodlari …………………………………….241


Download 5.09 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/175
Sana02.06.2024
Hajmi5.09 Kb.
#1837896
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   175
Bog'liq
Ma\'ruza matni. Tilshunoslik. 1-kurs (40soat) kechki

20-ma’ruza. Lingvistik tadqiqot metodlari …………………………………….241 



1-MAVZU. TILSHUNOSLIK FANINING OʼRGANISH OBYEKTI. 
TILNING PAYDO BOʼLISHI. TILLARNING OʼZARO MUNOSABATLARI 
VA RIVOJLANISH QONUNIYATLARI 
Reja: 
1. Tilshunoslik fanining o'rganish obyekti, maqsadi va vazifalari.
2. Til ijtimoiy hodisa sifatida.
3. Tillarning paydo bo'lishi, shakllanishi va rivojlanishi.
4. Arxeologik va antropologik izlanishlar. 
5. Til va jamiyat. Sotsiolingvistika
6. Tillarning o'zaro munosabatlari va ichki rivojlanish qonuniyatlari.
7. Tillar differensiatsiyasi va integratsiyasi. Bilingvizm.
 
1. Tilshunoslik fanining o`rganish obyekti, maqsadi va vazifalari. 
Yer yuzida minglab tillar mavjud (ba’zi manbalarda 3000dan ortiq, 
ba’zilarida esa 7000dan ortiq deb beriladi). Bu tarkibga keng tarqalgan tillardan 
tashqari, hozirda muomaladan chiqib ketgan o‘lik tillar, kichik qabilalarning 
yozuvi yo‘q bo‘lgan tillari, yo‘qolib borayotgan tillar va ayni paytda sheva 
darajasidan mustaqil til darajasiga chiqayotgan tillar, sun’iy tillar va h.k. kiritiladi. 
Biroq ularning aniq sonini belgilashning iloji yo‘q, chunki til dinamik hodisa 
hisoblanib, doimiy o‘zgarishlarga uchrab turadi. Odatda yer yuzida qaysidir til 
yo‘qolib borayotgani qayd qilinsa, qaysidir til vujudga kelayotgani to‘g‘risida 
ma’lumot olish mumkin. Tillarning ko‘p soniga qaramasdan, biz “til” haqida – 
yagona inson tili haqida so‘z yuritamiz. Mavjud tillar 
orasidagi ulkan farqlarning qayd qilinishiga qaramay
ularning o‘rtasidagi ko‘plab umumiy jihatlarni kuzatish 
mumkin.  
Bu qiziq!
Sun`iy tillar borasida 
Esperanto — bu Varshavalik (Polsha) vrach-lingvist Zamengof 
tomonidan 1887 yilda yaratilgan, sun’iy tillar ichida eng keng 
tarqalgani hisoblanadi. Aslida “sun’iy” so‘zidan ko‘ra “rejalashtirilgan” 
so‘zini qo‘llash to‘g‘riroq bo‘lardi, chunki ushbu til xalqaro aloqalar 
uchun yaratilgan. “Esperanto” so‘zi olimning taxallusi bo‘lib, “umid 
qiluvchi” ma’nosini anglatadi. 
Esperanto asosini lotin va grek tillaridan olingan baynalmilal so‘zlar 
tashkil qilib, istisnosi bo‘lmagan 16 ta grammatik qoida mavjud. 
Yozuvi lotin alifbosiga asoslangan. Barcha so‘z turkumlari muqim 
tugalliklarga ega: otlarda – o, sifatlarda – a, fe’llarda – i, ravishlarda 
esa – e. 
Esperantoning grammatikasi shunchalik mukammal tuzilganki, uni bir 
necha oy ichida to‘liq o‘rganib olish mumkin. Ushbu tilga Shekspir, 
Pushkin, Dostoevskiy kabi mashhur ijodkorlar asarlari tarjima qilingan. 
Hozirgi kunda esperantoda so‘zlashuvchilar soni 500-1000 kishini 
tashkil qiladi.




Download 5.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling