Universiteti "tasdiqlayman"


Download 5.09 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/175
Sana02.06.2024
Hajmi5.09 Kb.
#1837896
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   175
Bog'liq
Ma\'ruza matni. Tilshunoslik. 1-kurs (40soat) kechki

Antik davr qarashlari 
Tilning paydo bo`lishi to`g`risidagi zamonaviy nazariyalarga qadimgi grek 
faylasuflarining qarashlari asos bo`lgan. Ushbu masala yuzasidan ilgari surgan 
g`oyalariga ko`ra ular ikki guruhga bo`linishgan: 
1. “Fyusey” nazariyasi (fusei - grekcha “tabiatga xos”) tarafdorlari (xususan 
Geraklit) tilning tabiiylik xususiyatini e'tirof etib, narsalarga nomlar tabiat 
tomonidan belgilab qo`yilishini ta'kidlashadi, vaholanki ilk tovushlar nomlariga 
mos bo`lgan narsalarni ifodalagan. 
2. “Tesey” nazariyasi (thesei - “kelishish, o`rnatish”) tarafdorlari (masalan 
Demokrit va Aristotel) narsalarga nomlar kishilarning ongli kelishuviga asosan 
berilishini, agar narsa va nom o`rtasida tabiiy bog`liqlik bo`lganda, bir narsa qayta 
nomga ega bo`lmas edi. Masalan, Aristokl tarixga Platon (keng yelkali) nomi bilan 
kirib kelgan. 
3. Stoiklar falsafiy maktabi vakillari (xususan Xrisip) ham nomlar tabiatdan 
yuzaga kelganligini ta'kidlaydilar (ammo fyuseylar kabi avval boshidan tabiat 
tmomnidan berilgan deb hisoblamaydilar). Ularning fikricha, so`zlar mantiqiy 
asosga ega, ularning ba'zilar taqlidga asoslangan, ba'zilari esa hissiyotga ta'sir 
qilishiga muvofiq yangraydi. Masalan, asal (mel) so`zi yoqimli eshitiladi, chunki 
shirin ta'mga ega, xoch (crux) so`zi qattiq, chunki unga insonlarni mixlashgan. 
Keyin paydo bo`lgan so`zlar esa kishilarning assotsiativ tasavvuri yoki ma'no 
ko`chirishi tufayli yuzaga kelgan. 
 
Yangi davr nazariyalari 
Onomatopoetik (grekcha “yaratuvchi”) yoki tovushga taqlid farazi. Bu 
farazga ko`ra (nemis faylasufi Gotfrid Leybnits 1646-1716) ibtidoiy odamlar yo 
ongli, yo ongsiz tarzda turli-tuman tovushlar, ya'ni hayvonlarning baqiriqlari, 
qushlarning sayrashi, shamol va sharsharalarning ovozlariga taqlid qilishga harakat 
qilishgan. 
Masalan, 
taqqillamoq, 
kakku, 
sharshara... Biroq tilda shunga o`xshash taqlid 
so`zlarning kam miqdorda ekanligi, qolaversa 
tovush chiqarmaydigan predmet va hodisalar 
nomlanishida bu usulning qo`llanmasligi ushbu 
farazning haqiqatdan yiroqligini ko`rsatadi.

Download 5.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling