Universiteti "tasdiqlayman"


Bevosita ishtirokchilar metodi


Download 5.09 Kb.
Pdf ko'rish
bet172/175
Sana02.06.2024
Hajmi5.09 Kb.
#1837896
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   175
Bog'liq
Ma\'ruza matni. Tilshunoslik. 1-kurs (40soat) kechki

 
Bevosita ishtirokchilar metodi 
Ushbu metodda nutq birliklari (so‘z birikmasi va gaplar) tuzilishi, qanday 
qismlardan tashkil topishi, ular orasidagi munosabat, aloqalarni o‘rganadi.
Bevosita ishtirokchilar – BI metodiga muvofiq avval gapdagi tayanch nuqta – 
konstruksiya, so‘ngra mazkur konstruksiya tarkibidan ishtirokchilar va bevosita 
ishtirokchilar ajratiladi. Konstruksiya bu ma’noli qismlarning ketma-ket 
munosabatidan tashkil topgan butunlik bo‘lib, kattaroq konstuksiya tarkibiga 
kirgan barcha so‘z va morfemalar ishtirokchilar, mazkur konstuksiyaning bevosita 
shakllanishida ishtirok etgan bir yoki bir nechta ishtirokchilar esa bevosita 
ishtirokchilar deyiladi.
Masalan, Shabboda qurg‘ur ilk sahar olib ketdi gulning totini misrasida olib 
ketdi gulning totini BI (bevosita ishtirokchilar), qolgan so‘zlar esa ishtirokchilar 


247 
sanaladi. Bu gapda bir nechta konstruksiya mavjud bo‘lib, har bir konstruksiya 
qismlarga bo‘linadi va bu bo‘linish o‘zaro graduallik –darajalanish xususiyatiga 
ega bo‘ladi. Demak, BI tahlilida, avvalo, so‘z birikmalari ajratiladi va ular 
quyidagi qoidalarga amal qilgan holda birlashtiriladi:
 bir vaqtning o‘zida 2tadan ortiq bo‘lmagan elementlar birlashtiriladi; 
 o‘zaro bog‘lanmaydigan elementlarni birlashtirish mumkin emas; 
 BI tahlilini qo‘llash tartibi qat’iy belgilangan bo‘ladi. Shu 
xususiyatlardan kelib chiqib, ushbu metod birlashtirish metodi deb ham ataladi.
 
Transformatsion tahlil metodi 
Transformatsion tahlil metodida sintaktik qurilmalar - konstruksiyalarning 
muayyan qoidalar asosida boshqa shaklga, ko‘rinishga ega bo‘lishi – ya’ni 
transformatsiyalanishi tushuniladi. Transformatsiya – qayta tuzish, o‘zgartirish
ma’nosini bildirib, “transformatsion tahlil” va “transformatsion metod” 
tushunchalarini sinonim sifatida ishlatish mumkin. Ushbu metod yordamida 
transformatsiyaga uchragan har bir sintaktik qurilmaning tarkibi, bunda namoyon 
bo‘lgan o‘ziga xos semantik jihatlari ham chuqur o‘rganiladi. Demak, 
transformatsion tahlil metodi til sistemasining ichki mikrosistemalarni – yadro 

Download 5.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling