Universiteti "tasdiqlayman"


Download 5.09 Kb.
Pdf ko'rish
bet171/175
Sana02.06.2024
Hajmi5.09 Kb.
#1837896
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   175
Bog'liq
Ma\'ruza matni. Tilshunoslik. 1-kurs (40soat) kechki

Tipologik metod esa o‘zaro genetik bog‘liq va genetik bog‘liq bo‘lmagan til 
oilalariga tegishli tillarni qiyoslash asosida o‘rganadi. Shu xususiyati bilan ushbu 
metod faqat bir til oilasiga kiruvchi tillarni tadqiq qiluvchi qiyosiy-tarixiy 
metoddan farq qiladi. Ushbu metodning mohiyati shundan iboratki, bunda tillar 
genetik jihatdan qaysi oilaga mansub bo‘lishidan qat’iy nazar tuzilishidagi 
o‘xshash va farqli jihatlariga ko‘ra qiyoslanadi, tillarning struktur-qurilish 
xususiyatlari aniqlanadi, muayyan xulosalar chiqariladi. Tillarni tipologik 
o‘rganishning 
quyidagi 
yondashuvlari 
mavjud: 
klassifikatsion-tasnifiy,
xarakterologik, belgili va ichki sistem yondashuvlar.
 
Klassifikatsion yondashuv tillarga tasnifiy yondashuv morfologik tasnif 
sifatida asos va qo‘shimchalar o‘zaro zid holda qiyoslab o‘rganiladi. 
 
Xarakterologik yondashuv orqali qiyoslanayotgan har bir tilning 
tuzilishiga, ya’ni o‘ziga xos muhim, xarakterli xususiyatlari, jihatlari aniqlanadi 
hamda shu orqali tilga baho beriladi.
 
Belgili yondashuv tillarga muayyan belgi-xususiyatlar (masalan, 
fonetik, morfologik kabi) jihatidan yondashuv bo‘lib, bunda til sathlari tipologiyasi 
(fonetik tipologiya, leksik tipologiya kabilar) yaratiladi.
 
Ichki sistem yondashuvda muayyan tildagi muayyan hodisalar (fonetik, 
leksik va b.) orasidagi o‘zaro munosabatlar, aloqalar o‘rganiladi va tadqiq qilinadi.
Struktural tahlil metodlari 
Strukturalizm (ingl. structural so‘zidan olingan) bo‘lib, tilni o‘zaro 
bog‘langan va nisbatlangan til birliklaridan iborat butun bir tahlil metodi 
hisoblanadi. Ushbu metod til va nutq birliklari, ushbu birliklarning o‘xshash va 
noo‘xshash jihatlari, joylashish tartibi va boshqa nisbiy aloqalarni aniqlash bilan 
shug‘ullanadi. Struktual tilshunoslik uchun tilning ichki qurilishi, til tarkibini 
tashkil etuvchi tarkibiy qismlar orasidagi munosabatlar, oppozitsiyalar, ya’ni 
tilning struktural tomonlari tilning asosiy aspekti hisoblanadi. XX asrning 30-
yillarida Amerika tilshunosligida yuzaga kelgan struktural yo‘nalish juda ko‘p 
yangi metodlarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Distributiv tahlil, bevosita 
ishtirokchilarga ajratish va transformatsion tahlil metodlari hozirgi kunda butun 
jahon tilshunosligida ham keng qo‘llanib kelayotgan metodlar hisoblanadi.

Download 5.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling