Universiteti turon zarmed universiteti


Download 90.32 Kb.
bet1/2
Sana27.03.2023
Hajmi90.32 Kb.
#1300391
  1   2
Bog'liq
o\'zbekiston tarixi




O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS
TA'LIM VAZIRLIGI


TURON ZARMED
UNIVERSITETI



TURON ZARMED UNIVERSITETI
SIRTQI TA’LIM YО‘NALISHI
4.2-ТХС-22 guruhi talabasi
Ubaydullayev Mehriddinning


O’ZBEKISTON TARIXI - I
FANIDAN


Movarounnahr chig’atoy ulusi tarkibida mavzusida
YOZGAN


MUSTAQIL ISHI
Tayyorladi : _________________________


Tekshirdi: __________________________


BUXORO – 2023
CHIG’ATOY ULUSI – Chingizxon tomonidan 2-o’g’li Chig’atoy va uning merosxo’rlariga hukmronlik uchun berilgan (1224) hududning nomi. Chig’atoy ulusi Qashqar, Yettisuv va Movarounnahr yerlarini o’z ichiga qamrab olgan. Ko’chmanchilik bilan shug’ullanuvchi mo’g’ullarning o’troq aholini boshqarish tajribasi yo’kligi bois Chig’atoyxon o’ziga tegishli ulusni boshqarishni avval xorazmlik Maxmud Yalavochga, so’ngra uning o’g’li Mas’udbekka (1238-89) topshiradi. O’zi esa umrining oxirigacha ukasi O’ktoy qoon saroyida bosh maslahatchi tarzida faoliyat ko’rsatadi. Chig’atoy ulusidan olinadigan daromadlarning asosiy qismi Horaqurumga jo’natilgan. Qolgan qismini mahalliy aholidan tayinlangan oliy hokim ulus ehtiyojlari hamda qo’shin xarajatlari yo’lida sarf qilish huquqiga ega bo’lgan. Chig’atoy ulusida ham Chingizxon barpo etgan mo’g’ullar davlatidek mehnatkash omma nafaqat mo’g’ul bosqoqlari, dorug’alari, balki mahalliy zodagonlar va oqsuyaklar tomonidan ham ezilgan. Dehqonlar, hunarmandlar, kosiblar, chorvadorlar ilgaridan mavjud bo’lgan soliqlardan tashqari mo’g’ullar joriy qilgan yangi soliq va o’lponlarni to’lashga majbur edi. Oxir-oqibat Chig’atoy ulusining qishloq va shaharlarida mo’g’ullarga va yerlik zodagonlarga nisbatan noroziliklar kuchaygan, qo’zg’olonlar bo’lib o’tgan. Chig’atoy vafotidan so’ng mangu qoon va Botuxon Chig’atoy ulusini mulk sifatida tugatib, uni tuli va Jo’ji vorislari o’rtasida taqsimlashga kelishib olishgan. 1251 yil imperiya poytaxti Qoraqurumda bo’lib o’tgan qurultoyda mangu qoon etib saylangach, Chig’atoy xonzodalarning ko’pchiligi O’ktoy qoon avlodlari qatori qatl qilingan. Chig’atoy ulusini mangu qoon va Botuxon bo’lishib olganlar. Movarounnahr Botuxonga qaram bo’lib qolgan. 13-asrning 60-yillarida Chig’atoyning 6-farzandi Baydarning o’g’li Olg’u (1261-65) chig’atoylar hokimiyatini qayta tiklashga erishadi. Olg’u vafot etgach, uning vorislari — Muborakshoh va Baroqxon mahalliy aholi bilan yaqinroq munosabatda bo’lish maqsadida musulmon dinini qabul qilganlar. 1266 yil Chig’atoy ulusi xoni qarorgohi Yettisuvdan Movarounnahrga — Ohangaronga ko’chiriladi. Baroqxon hukmronligi vaqtida Xaydu ko’rsatmasiga muvofiq Mas’udbek tomonidan Buxoro qayta tiklanadi. Farg’ona vodiysida yangi shahar — Andijonga asos solinadi. Kebakxon (1318-26) davrida qarorgoh Qashqadaryoga ko’chiriladi, qadimgi Nasaf yaqinida qarshi shahri barpo etiladi. Ulus Erondagi kabi ma’muriy birliklar hamda soliq undiriluvchi tumanlarga (Farg’ona va Qashqarda — o’rchin) taqsimlanadi, yagona pul birligi — kebakiyga o’tiladi. Ammo mo’g’ul mulklarini birlashtirish va markazlashtirish maqsadida o’tkazilgan ma’muriy va moliyaviy islohotlar siyosiy tarqoqlikka barham berishga qodir emas edi. 14-asr o’rtalarida Chig’atoy ulusi Movarounnahr va Mo’g’ulistonta bo’linib ketgan. 1370 yil Movarounnahrda Amir Temur saltanatining o’rnatilishi chig’atoiylar hokimiyatiga barham berdi. Ad.: Rashid addin, Sbornik letopisey, t.Dkn.2), t.2, M.L., 1952,1960; Bartold V.V., Sochineniya, t.2(ch.2), M, 1964; Mirzo Ulug’bek, to’rt ulus tarixi, T., 1996;Abulg’oziy, Shajarayi turk, T., 1992; O’zbekiston xalqlari tarixi, 1J., T., 1992. Hamidulla Dadaboyev. Mo‘g‘ullar istilosidan so‘ng Movarounnahr, Xorazm, Xuroson vohalarida
ishlab chiqarish izdan chiqdi. Samarqand, Buxoro, Urganch, Xo‘jand, Marv,
Termiz, Balx, Nishopur va boshqa yirik shaharlar vayron qilinib, uzoq vaqt
qayta tiklanmadi. Yirik sun’iy sug‘orish shaxobchalari buzib tashlanganligi
sababli, vohalarda suv ta’minotida keskinlik yuzaga keldi.
Yuqori sifati bilan shuhrat qozongan zargarlik buyumlari va qurol-
aslaha yasash, nafis matolar to‘qish va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish
to‘xtab qoldi. Karvon savdo yo‘llari izdan chiqdi. Ilm-fan, madaniyat
namoyandalari yurtni tashlab keta boshladilar. Mehnat ahli zulm va
zo‘ravonlikka, ochlik va qashshoqlikka mahkum etildi.
Chingizxon bosib olingan yerlarni o‘g‘illariga mulk sifatida bo‘lib
berdi. Bu mulklar ulus deb atalgan. Ulus boshqaruvchisiga xon unvoni
berilgan. Saltanat tarkibidagi Janubiy Sibirdan Xorazm va Darbandgacha
bo‘lgan yerlar Jo‘chiga, Oltoy tog‘larining janubiy sarhadlaridan Amudaryo
va Sindgacha bo‘lgan yerlar Chig‘atoyga, Xitoy va Mo‘g‘uliston taxt vorisi
O‘qtoyga, Eron va Xuroson Tuliga bo‘lib berildi.

91
Mo‘g‘ullar ishlab chiqarish kuchlari rivojlanganligi darajasi jihatidan


ancha ustun bo‘lgan xalqlarni bo‘ysundirishga erishdi. Lekin bu holat
ularning ijtimoiy turmushida keskin o‘zgarishlarga olib kelmadi.
Mo‘g‘ullarning mahalliy aholi madaniyatini qabul qilish (assimilatsiya)
jarayoni uzoq vaqt davom etdi. Davlat boshqaruvida o‘troq dehqonchilik
hududlarida mo‘g‘ul ma’murlari bilan birga mahalliy zodagonlar keng jalb
qilingan. Masalan, Chig‘atoy ulusining Movarounnahr o‘lkasiga noib etib
Mahmud Yalavoch tayinlangan. Uning ixtiyorida mo‘g‘ullarning tayanchi
bo‘lgan soliq yig‘uvchi davlat xizmatchisi bosqoqlar, mahalliy hokimlar,
dorug‘alar – harbiy ma’murlar hamda mo‘g‘ul harbiy otradlari bor edi.
Mahmud Yalavochga soliqlar tushumini muntazam nazorat etish va
mo‘g‘ullarga qarshi g‘alayonlarga yo‘l qo‘ymaslik vazifasi yuklatilgan.
Mo‘g‘ullar istibdodi davrida xalq ikki tomonlama ezilar edi. Ayniqsa,
bosqinchilar joriy etgan soliq va majburiyatlar og‘ir yuk bo‘lib tushdi.
Mahalliy soliqlar saqlab qolingan holda dehqonlar yer solig‘i «kalon»
hosilning o‘ndan bir miqdorida to‘lagan. Chorva mol boshidan «qopchur»
solig‘i olingan. Qopchur 100 bosh chorvadan bir bosh miqdorida olinar edi.
Davlat xazinasi uchun oziq-ovqat solig‘i «shulen» joriy qilingan. Shulen har
bir podadan ikki yashar qo‘y, qimiz uchun har mingta otdan bir biya
hisobidan olingan. Soliqlar asosan barot (ijara) tarzida mahalliy hukmdorlar
tomonidan oldindan to‘langan, so‘ngra aholidan oshirilgan miqdorda
undirilar edi. Hunarmandlar «tamg‘a» solig‘ini to‘lagan.
Yer egaligining davlat, mulk (xususiy yerlar), jamoa va vaqf (diniy
idoralar ixtiyoridagi yerlar) kabi turlari mavjud edi. Davlat va mulk
yerlarida chorakor dehqonlar mehnat qilishgan. Ijarador-o‘rtahol dehqonlar
esa muzoriylar deb yuritilgan. Qullar mehnatidan ham foydalanilar edi.
Mo‘g‘ullar tomonidan in’om etilgan yerlar suyurg‘ol (suv havzalari, dasht-
yaylovlardan tashkil topgan yer maydonlari) nomini olgan. Mo‘g‘ullar
muayyan xizmati uchun kishilarga turli yorliq va payzalar bergan. Payza
qimmatbaho metall (oltin, kumush), jez yoki yog‘och taxtalardan ishlangan
buyumlar bo‘lgan. Bunday payzaga ega bo‘lgan kishilar aholidan turli
yig‘im, to‘lovlarni talab qilib olish huquqiga ega edilar. Savdo yo‘llarida
bekatlar, «yom» (jom)lar qurilgan, ularga xizmat ko‘rsatish va sarf-xarajat
mahalliy aholi zimmasiga yuklatilgan. Mahalliy aholi umumiy hashar
ishlarida qatnashishi va tekinga ishlab berishi shart edi.
Mo‘g‘ullar hukmronligi davrida savdo-sotiqni jonlantirish uchun past
qiymatli tangalar muomalaga chiqarildi. Lekin aholi tomonidan ular qabul
qilinmadi. Shu bois, savdo-sotiq mol ayriboshlov darajasiga tushib qoldi.
Mo‘g‘ullarning zo‘ravonligi va zulmi, soliqlarning ko‘pligi aholi
turmushini yanada og‘irlashtirdi. Zo‘ravonlikka asoslangan tuzumga qarshi

92
qo‘zg‘olonlar ko‘payib boradi. Ularning eng yirigi 1238 yilda Buxoro


yaqinidagi Tarob qishlog‘ida Mahmud Tarobiy boshchiligida bo‘lib o‘tgan
edi. Qo‘zg‘olonning harakatlantiruvchi kuchlari hunarmandlar, dehqonlar
va kambag‘al aholi vakillari bo‘lgan. Ular mo‘g‘ullar istibdodi va mahalliy
hukmdorlarning
zulmiga
qarshi
ozodlik
kurashi
olib
borgan.
Qo‘zg‘olonchilar Buxoroga yurish qiladi. Buxorolik shayx Shamsiddin
Mahbubiy qo‘zg‘olonchilar safiga qo‘shiladi. Mo‘g‘ul harbiylari va
buxorolik zodagonlar qo‘zg‘olonchilar ta’qibi sababli Karmanaga qochgan.
Karmanada mo‘g‘ullar katta kuch to‘plab qo‘zg‘olonchilarga qarshi yurish
boshlaydi. Lekin qo‘zg‘olonchilar bilan bo‘lgan jangda mo‘g‘ullar 10 ming
jangchisini yo‘qotib chekinadi. Jangda qo‘zg‘olonchilar ham katta talafot
ko‘radi. Halok bo‘lganlar orasida Mahmud Tarobiy va Shamsiddin
Mahbubiylar bor edi. Mahmud Tarobiyning o‘rniga saylangan ukalari
Muhammad va Ali qo‘zg‘olonchilar orasida nufuzga ega emas edilar. Shu
bois, ko‘p o‘tmay qo‘zg‘olon bostirildi.
Mahmud Tarobiy boshchiligidagi qo‘zg‘olon istibdodga asoslangan
tuzumga qarshi xalqning kurashga tayyor ekanligi va o‘z ona Vatanini
himoya qilishini ko‘rsatdi. Qo‘zg‘olondan keyin soliq va o‘lponlar tartibga
keltirildi. Xalqning hukumatga qarshi qo‘zg‘oloniga yo‘l qo‘ygan va uni
bostirishda sustkashlik ko‘rsatgan Mahmud Yalavoch amalidan chetlashti-
rildi. Movarounnahr noibi lavozimiga Mahmud Yalavochning o‘g‘li
Mas’udbek tayinlandi.
XIII asrning o‘rtalaridan boshlab mo‘g‘ullar saltanatida siyosiy kurash
keskinlashdi. 1251-yili ulug‘ xon lavozimiga saylangan Munqa (1251-1259-
yillar) Chig‘atoy ulusini tugatib Botuxon bilan uning hududini bo‘lib oladi.
Chig‘atoyning nevarasi Olg‘uxon (1261-1266-yillar) Oltin O‘rdaga qarshi
kurashib, Chig‘atoy ulusini qayta tiklashga erishadi.
XIII asrning 60-70-yillariga qadar rasman saqlanib qolgan mo‘g‘ullar
saltanati parchalandi. Har bir ulus mustaqil bo‘lib, o‘lja olish uchun
qo‘shnilariga qarshi yurishlar olib borgan. O‘zaro urushlarda Chig‘atoy
ulusi ko‘p marta talanadi. Movarounnahr hukmdorlari qo‘shni uluslarning
hujumini to‘xtatish uchun markaziy hokimiyatni kuchaytirib, xo‘jalikni
rivojlantirishga harakat qilgan. Movarounnahr noibi Mas’udbek xo‘jalikni
jonlantirish, qo‘shni mamlakatlar bilan savdo-sotiq va madaniy aloqalarni
rivojlantirishga katta hissa qo‘shdi. Mas’udbekning tashabbusi bilan 1271-
yili pul (moliyaviy) islohoti o‘tkazildi. Unga ko‘ra, har qanday kishi
zarbxonalarda o‘ziga kerakli tangalarni bir xil hajm, qiymat, vaznda zarb
etishi mumkin edi. 16 ta yirik shahar va viloyatlarda bir xil vazn va yuqori
qiymatga ega sof kumush tangalar zarb etilib, muomalaga kiritildi. Uning
tashabbusi bilan 1273-1276-yillarda Buxoroni qayta tiklash ishlari amalga

93
oshirildi. Chig‘atoy xoni Duvaxon (1291-1306-yillar) davrida Andijon


shahriga asos solindi.
XIV asrning boshlarida mo‘g‘ul hukmron doiralarida o‘troqlashuv va
mahalliy aholi madaniyatini qabul qilishga bo‘lgan intilish kuchayadi.
Shunday xonlardan biri bo‘lgan Kebekxon (1309, 1318-1326-yillar) o‘z
qarorgohini Movarounnahrga ko‘chiradi. Nasaf shahri yonida qurilgan
saroy o‘rnida yangi Qarshi shahri yuzaga keldi. Kebekxon davlatni idora
etish, iqtisodiy hayotni tartibga solish maqsadida ma’muriy va moliyaviy
islohot o‘tkazdi. Ma’muriy islohotga ko‘ra, mahalliy tuzilmalar tumanlarga,
viloyatlarga aylantirildi. Xulagiylar va Oltin O‘rda tangalari namunasida
2 xil pul: yirik kumush tanga – «dinor» (8 gr. atroflarida) va mayda kumush
tanga – «dirham» (6 dirham bir dinor) pullar zarb etildi.
Kebekxoning ukasi Oloviddin Tarmashirin (1326-133- yillar) o‘troq
hayot an’analarini qattiq turib himoya qiladi. U islom dinini qabul qilib,
islom dinini Chig‘atoy ulusining rasmiy diniga aylantiradi. Tarmashirin
siyosatidan norozi bo‘lgan mo‘g‘ul zodagonlari isyon ko‘tarib, 1334-yilda
uni o‘ldirishadi. Tarmashirindan so‘ng hukmdorlar tez-tez almashib turdi.
Bu davrda mahalliy qabilalar hokimiyati yanada kuchayib bordi.
XIV asrning 40-yillariga kelib ulusda yuz bergan siyosiy inqirozning
yanada keskinlashuvi sababli mamlakatda bo‘linish yuz berdi. Yettisuv,
Farg‘onaning bir qismi, Sharqiy Turkiston Mo‘g‘uliston (Sharqiy) ulusi va
Movarounnahr (G‘arbiy ) ulusiga bo‘lindi.
Mo‘g‘ulistonda kuchli markaziy hokimiyat qaror topdi. Yurt tinchligi
saqlanib qoldi. Movarounnahrda mo‘g‘ul zodagonlarining nufuzi pasayishi
sababli, hokimiyat uchun kurash keskinlashdi. Xon xonadoni vakillarining
qudratli mahalliy amirlarni itoatda tutib turishi qiyinlashdi. Chig‘atoy
sulolasining so‘nggi vakillaridan biri Qozonxon (1343-1346) markaziy
hokimiyatni kuchaytirishga harakat qildi. Lekin bu siyosat viloyat
amirlarining keskin qarshiligiga duch keladi. Qozag‘on boshchiligida
mahalliy amirlar fitna uyushtirishi natijasida xon o‘ldirildi. Hokimiyatni
qo‘lga olgan amir Qozag‘on davrida Movarounnahr bir necha yarim
mustaqil qismlarga bo‘linib ketdi. Mamlakatda siyosiy tarqoqlik avj olib,
o‘zaro nizolar yanada kuchaydi.

Download 90.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling