Universiteti turon zarmed universiteti
Download 90.32 Kb.
|
o\'zbekiston tarixi
Movarounnahr (arabcha — „daryoning narigi tomoni“) — oʻrta asrlarda islom mamlakatlarida keng tarqalgan geografik atamadir. Uning xuddi shu maʼnoni anglatgan fors tilidagi "Varorud" va "Varojayxun" shakllari ham mavjud boʻlib, ularning barchasi avval (11 -asrgacha) Xuroson viloyatining davomi sifatida, 11-asr boshidan eʼtiboran esa Turkiston, yaʼni Qoraxoniylar davlati va undan keyingi turkiy davlatlar tarkibidagi maʼmuriy birlik sifatida tushunilgan. 11-asrda Yevropa tarixshunosligida mazkur arab atamasining lotincha tarjimasi boʻlmish yangi "Transoksiana" yoki "Transoksaniya" atamalari muomalaga kiritilgan. Movarounnahr atamasi ilk bor Muhammad haqidagi hadislarda tilga olingan. Aftidan bu atama arablar orasida islomgacha boʻlgan davrlarda ham maʼlum boʻlib, u vaqtda (milodiy 6-asr) Sosoniylar davlatidan shimoliy-sharqda, Jayxun, yaʼni Amudaryoning orqasida joylashgan Turk xoqonligiga qarashli yerlarni anglatgan. Qadimiy fors manbalaridagi maʼlumotlarga tayangan arab geograf olimi Yoqut Hamaviy Movarounnahr atamasini [Turon]] mamlakatining nomi deb bilgan. Arablar oʻzlarining sharqqa qilgan ilk yurishlari davomida (7-asrning 2-yarmi — 8-asrning boshi) ikki xil tushuncha haqida maʼlumotga ega boʻlganlar: "ma duna-nnahr", yaʼni "daryoning pastki tomoni" va "ma varo-annahr" — "daryoning narigi tomoni". Ulardan birinchisi Xurosondan sharqda Amudaryodan janubda Hindukush togʻlarigacha boʻlgan Tohariston yerlarini; ikkinchisi esa, Amudaryodan shimoldajoylashgan Shimoliy Tohariston va Sugʻd yerlarini oʻz ichiga olgan. 9—10-asrlarda yashagan va Oʻrta Osiyo hududlariga tavsif bergan arab geograflaridan faqat al-Istaxriy va Ibn Havqal ularga nisbatan Movarounnahr atamasini maxsus ishlatganlar. Boshqa arab geograflari esa Oʻrta Osiyo hududlari haqida soʻz yuritganlarida Movarounnahr atamasini juda tor maʻnoda ishlatib, uni Xurosonning davomi yoki al-Mashriq (Sharq)ning bir qismi sifatida tasvirlaganlar. Al-Mashriq tushunchasiga esa ular Xuroson va Movarounnahr yerlaridan tashqari, Hindiston, Xitoy yerlarini va hatto Hind va Tinch okeanlaridagi Yaponiyagacha boʻlgan orollarni kiritganlar (Ibn Xurdodbeh).
11-asr boshidan eʼtiboran Movarounnahr istilohi hudud jihatdan ayrim manbalarda Sugʻd va Xorazm, boshqalarida esa Sugʻd va Shimoliy Tohariston yerlarini oʻz ichiga olgan. Maʼno jihatdan esa bu atama endi Turkiston, yaʼni Qoraxoniylar davlati, keyinchalik esa Xorazmshohlar, Chigʻatoylar, Temuriylar va Shayboniylar davlatlarining tarkibidagi maʼmuriy birlikni anglatgan. Shunday qilib, Movarounnahr atamasi oʻrta asr manbalarida turlicha talqin qilinib, geografik hudud sifatida avval Turon, Turk xoqonligi yoki Turkiston mamlakati (7-asr gacha), keyin Xuroson (7— 10-asrlarda) undan ham keyin Turkiston (11-asrdan boshlab), maʼlum vaqt esa Xorazm (12-asrning oxiri — 13-asrning boshi) tarkibiga kiritilgan. Demak, bu atama faqat geografik maʼnoga ega boʻlib, har xil davrlarda turli davlatlar — Turk xoqonligi, Arab xalifaligi, shuningdek, Somoniylar, Qoraxoniylar, Xorazmshoxlar va boshqa davlatlarning tarkibiga maʼmuriy birlik sifatida kirgan. Bu atama haqida turli manbalarda keltirilgan maʼlumotlarning yigʻindisi ham hududiy jihatdan "Oʻrta Osiyo" atamasini anglatadigan Turkiston tabiiygeografik oʻlkasining barcha yerlarini qamrab olmaydi. Chunki, mazkur mintaqa tarkibiga kirgan Shimoliy Xuroson (Turkmaniston), Yettisuv (Qozogʻiston) va Janubiy Tohariston (Afgʻoniston) yerlari hech qanday manbalarda Movarounnahr tarkibiga kiritilmagan. Shuning uchun, Movarounnahr atamasining oʻrta asrlarda ishlatilgan eng keng maʼnodagi tushunchasi tarkibiga shartli ravishda faqat Amudaryo va Sirdaryo oraligʻida joylashgan yerlarni kiritish mumkin.[ MOVAROUNNAHR MOVAROUNNAHR Dunyodagi hamma mamlakat, o‘lkaning o‘tmishda boshqacha nomi bo‘lgan.
Yankanddan boshlanadi… Bu Buxoroga yaqindir. Butun Movarounnahr Yankanddan sharqqacha bo’lgan o’lkalarni turkiy (qavmlar) shaharlaridan deb hisoblashning asosi shuki Samar- qand — Semizkand, Toshkent — Shosh, 0‘zkand, Tunkand nomlarining hammasi turkiychadir. Kand — turkiycha shahar de- makdir. Ular bu shaharlarni qurdilar va shunday nom qo’ydilar… Bu yerda forslar ko’paygach, so’ng ular Ajam shaharlari kabi bo‘lgan». Movarounnahr tarkibiga Qubodiyon, Chag‘oniyon, So‘g‘d, Kesh, Nasaf, Xorazm, Farg’ona, Usrushona, lloq, Shosh, Isfijob va boshqa viloyatlar kirgan. Arab geograflari (Yoqut Hamaviy va boshqalar) Movarounnahrni «tuprog‘i serhosil, mo‘l-ko‘l tabiiy boyliklarga ega, lazzatli meva bog’lariga boy, hayvonot dunyosi rang-barang, aholisi saxovatli va mehmondo’st, yoTlari, ko‘prig-u kechuvlari batartib va mukammal, rabot-u bozorlari obod, yigitlari shijoatli va jasur, barcha aholisi ilm-u ma’rifatga chanqoq, iste’dodli» deb ta’riflaydilar. Arablar istilosiga qadar Movarounnahr aholisining ko‘pchiligi turkiy bo‘lgan. Mamlakat xalifalik tarkibiga qo‘shib olingach ko‘plab arablar va forslarning ko‘chib kelishi natijasida hamda Abbosiy xalifalar davrida ko’pchilik turkiy aholining Iroq va boshqa islom mamlakatlariga borib qolishlari tufayli Movarounnahr aholisi orasida asta-sekin arab va fors tillarida so‘zlashuvchi qatlam vujudga kelgan. Movarounnahr zaminidan ko‘plab buyuk allomalar (Xorazmiy, Farg‘oniy, Beruniy, Ibn Sino, Ulug‘bek), davlat arboblari va sarkardalar (Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi) va boshqa mashhur shaxslar yetishib chiqqanligi bilan o‘zbek xalqi haqli ravishda faxrlanadi. Movarounnahr diyori islom nuri bilan munavvar boʻlganidan soʻng bu diyor ahlining koʻpchiligi islomni ochiq qalb bilan qabul qildi. Aytish mumkinki, Movarounnahr aholisining islom diniga kirishi ularning koʻplab qobiliyatlarining ochilishiga, hayotning koʻplab jabhalarida oʻzlarining peshqadamliklarini isbot qilishga olib keldi. Koʻp oʻtmasdan ilm-fanning va islomning turli sohalari boʻyicha movarounnahrlik namoyandalar yetishib chiqa boshladi. Natijada Buxoro, Samarqand, Xorazm, Termiz va Nasaf kabi shaharlar ilm markazlaridan biri sifatida butun dunyoga tanila boshladi. Movarounnahrdan oʻsha vaqtda mavjud boʻlgan ilmlardan tashqari bir qancha yangi ilmlarga asos solgan ulugʻ zotlar ham yetishib chiqdi. Ilm-fansiz hech bir yurt yoki jamiyat taraqqiyotga erisha olmaydi. Islom madaniyatining gullab-yashnashi, musulmon oʻlkalarining jahon tarixi koʻrmagan taraqqiyotga erishishi, yurtlarning obod, xalqlarining peshqadam boʻlishi ham Islom dinining ilm-fanga boʻlgan oʻta yaxshi munosabatidan edi. Dunyoda hech bir din, tuzum, falsafa yoki harakat ilm talab qilishni ibodat darajasiga koʻtargan emas. Talabi ilmni har bir erkak va ayol uchun beshikdan lahadgacha farz qilgan emas. Ulamolarning siyohini shahidlar qoniga tengalashtirgan emas. Islom esa aynan shu ishlarni qildi[1]. Yurtimiz olimlarining koʻpligini tasavvur qilish uchun birgina misol ketirishimiz mumkin. Umar Nasafiyning “Al-Qand fii zikri ulamai Samarqand”[2] nomli kitobida Samarqandga tegishli bir ming oʻnta olimning tarjimai holi keltirilgan. Albatta, mazkur kitobda uning muallifiga maʼlum boʻlgan va undan oldin yashab oʻtgan ulamolar haqida maʼlumot berilgan, xolos. Movarounnahrning boshqa shaharlari haqida ham xuddi shu gaplarni takrorlashimiz mumkin. Movarounnahr olimlarining ilmiy merosi haqida juda ham qisqa maʼlumotlarni taqdim etib, soʻng aynan meros ilmiga oid ishlari bilan tanishamiz. Aqida ilmini oladigan boʻlsak, bu soha boʻyicha butun Movarounnahr diyoridan bir qator ulamolar yetishib chiqdi. “Aqoidu Nafasiy” asarining muallifi “Imomul Huda” Imom Abu Mansur Moturidiy (v.333 h.), aqida maktabining rivojiga katta hissa qoʻshgan olim Najmuddin Abu Hafs Samarqandiy Nasafiy (460-537/1068-1142), Moturidiya aqiydaviy mazhabining koʻzga koʻringan olimlaridan biri ulkan alloma Saʼduddin Masʼud ibn Umar Taftazoniy (722-792/1322-1390)[1]. Sirojiddin Oʻshiy Fargʻoniy, Abu Shakur Solimiy Keshiy (v.508/1215) va boshqalarni keltirishimiz mumkin. Tafsir ilmi boʻyicha ham Movarounnahrdan yetishib chiqqan ayrim ulamolarni keltirib oʻtamiz: “Kashshof an haqoiq va uyunil aqovil fi vujuhi-t-taʼvil” nomli tafsir muallifi imom Jorulloh Abul Qosim Mahmud ibn Umar ibn Muhammad ibn Umar Zamaxshariy (467-538/1075-1144), “Bahrul ulum” tafsir kitobining muallifi imom Abu Lays Nasr ibn Muhammad ibn Ahmad ibn Ibrohim Samarqandiy (v. 373/1003), “Mafotiyhul gʻayb” kitobi muallifi imom Faxriddin Abu Abdulloh Muhammad ibn Umar ibn Husayin Roziy (534-606/1149-1210), “Madorikut tanzil va haqoiqit-taʼvil” kitobi muallifi imom Abul Barokot Abdulloh ibn Ahmad ibn Mahmud Nasafiy (v.701/1310) va boshqalar[2]. Hadis ilmi boʻyicha ham butun dunyo tan olgan olimlardan Isʼhoq ibn Rohavayh Marvaziy (161-238/778-853), Abdulloh ibn Muborak Marvaziy (118-181/726-797), Imom Nasaiy (215-303/829-915), Imom Buxoriy (194-256/810-870), Imom Termiziy (209-279/824-892), Imom Dorimiy[3] (182-255/797-869) kabi ulamolarimizni keltirishimiz mumkin. Islom olamidagi eng ishonchli olti toʻplamning uchtasi – Imom Buxoriy, Imom Termiziy va Imom Nasaiylarni yurtimizdan chiqqanligi yurtimiz ulamolarining bu sohadagi oʻrinlarini koʻrsatib turibdi. |
ma'muriyatiga murojaat qiling