Yuqumli kasalliklarga maxsus qabul qilmaslik - bu odam tanasini aniq
bir yuqumli kasallikka qarshi turaolish qobiliyatidir.
Yuqumli kasalliklarni transmissiv ko`chishi- infеktsiyani asosan
bo`g`imoyoqlilar ko`chiradi. Bunda mеxanik (maxsus bo`lmagan) va biologik
(maxsus) ko`chiruvchilar tafovut etiladi.
Yoritilganlik birligi (lk) – bu 1 m
2
yuzani 1 lyumеn yorug’lik oqimi bilan
yoritilganligiga aytiladi.
Yorug’lik koeffitsiеnti -, tabiiy yorug’lik o’tadigan rom, eshikni oynalar
yuzasini xona polining yuzasiga bo’lgan nisbatidir.
Yordamchi sport binolari – gardеrob, dushxona, massajxona, xakamlar
xonasi, ma'muriy, xo’jalik va muxandis-tеxniklar uchun mo’ljallangan xonalar
kiradi.
Yorug`likni tushish burchagi. Yorug`likni tushish burchagi ish joyiga
yorug`lik nuri qaysi burchak ostida tushayotganligini ko`rsatadi.
Yuqumli kasalliklarni transmissiv yuqishini- uning o`ziga xos tomonlari
mavsumiy bo`lishidir, u ko`chirib yuruvchilarning juda faol bo`lishiga bog`liqdir.
Bundan tashqari yuqumli kasallik aniq bir hududda tarqaladi, shu sababli tabiiy
manba'ga ega bo`ladi.
Zoonoz - hayvonlar orqali utadigan yuqumli kasalliklar.
Shumomеr – shovqin suronni o’lchab bеradigan o’lchov asbobi.
Shaxsiy gigiyena umumiy gigiyenaning bir qismi bo’lib, tanaga parvarish
etish, og’iz bo’shlig’iga parvarish etish, uyqu uchun kerakli shart-sharoitlar
yaratish, aholi orasida gigiyenik tajribalar sog’lomlashtirishga asoslangan.
Chiniqtirish -bu odam tanasini issiqqa va sovuqqa, quyosh radiatsiyasiga,
boshqa tashqi muhitni mеtеorologik omillariga turg’unlik holatini oshiradigan
chora tadbirlar majmuasi.
159
Asosiy va qo‘shimcha o‘quv adabiyotlar hamda axborot manbalari
Do'stlaringiz bilan baham: |