Universiteti ziyamuxamedova sabohat abdullayevna bolalar gigiyenasi


 YUQUMLI KASALLIKLAR KLASSIFIKASIYASI,YUQUMLI


Download 396.96 Kb.
bet57/110
Sana23.09.2023
Hajmi396.96 Kb.
#1686267
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   110
Bog'liq
Oʻzbekiston respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi oʻz-fayllar.org

6.3. YUQUMLI KASALLIKLAR KLASSIFIKASIYASI,YUQUMLI 
KASALLIKLARNI OLDINI OLISH CHORA- TADBIRLARI 
Mamlakatimizda qabul qilingan yuqumli kasalliklar klassifikatsiyasi
ularning yuqish mexanizmi va organizmda joylashishiga asoslangan. Bu
klassifikatsiyaga muvofiq, barcha yuqumli kasalliklar to‘rtta katta guruhga
bo‘linadi.
I. Ichak infeksiyalari. Bunda mikroblar najas yoki siydik bilan tashqariga
chiqadi. Oziq-ovqat, tuproq, suv, pashsha, iflos qo‘l, ro‘zg‘or anjomlari vositasida
kasallik sog‘lom odamga yuqadi. Bu guruhga ich terlama, A va B paratiflari,
dizenteriya, vabo, ovqat toksikonifektsiyalari va boshqalar kiradi.
II. Nafas yo‘llari yoki havo-tomchi infeksiyalari. Kasallik qo‘zg‘atuvchilar
nafas yo‘llari sekreti bilan burun yoki so‘lak parchalari orqali ajraladi. Infeksiya,
havo-tomchi yoki havo-chang yo‘li bilan o‘tadi. Gripp, qizamiq, difteriya,
skaralatina, chin chechak va boshqalar shu guruhga mansub kasalliklardir.
III. Qon infeksiyalari yoki transmissiv infeksiyalar. Kasallik
qo‘zg‘atuvchilar qon so‘ruvchi hasharotlar: chivin, kana, bit, burga, va boshqalar


97
chaqishi orqali, bezgak, tulyaremiya va boshqalar kiradi.


IV. Tashqi qoplam infeksiyalari. Bu kasalliklarda zararlangan kiyim-bosh,
ko‘rpa-to‘shak, idish-tovoq va boshqalar mikrobni yuqtiruvchi omillar hisoblanadi.
Traxoma, qo‘tir, qoqshol, quturish va boshqalar shu kasalliklar jumlasidandir.
ICHAK INFEKSIYALARI
Tif-paratif kasalliklari. Qorin tif (ich terlama), A va V paratiflar ingichka
ichak limfatik apparatining jarohatlanishi, bakteriemiya (mikroblarning qonga
tushishi), organizmning umumiy intoksikatsiyasi va terida pushti rang mayda
toshma (rozeola)lar paydo bo‘lishi bilan o‘tadigan yuqumli kasalliklardir. Bu uch
xil kasallikni kechishi jihatidan bir-biridan farq qilish qiyin bo‘lganligi sababli,
umumiy qilib tif-paratif kasalliklari deb ataladi.
Qorin tifi (ich terlama). Kasallik qo‘zg‘atuvchisi qorin tifi bakteriyalaridir.
Ularning O, H, Vi deb nomlanadigan antingenlari mavjud. Tashqi muhitda bu
mikroblar ancha turg‘un. Oqar suvda 5-10 kun, ko‘lmak suvda 1 oygacha saqlanib,
ba’zan epidemiyaga sabab bo‘ladi. Oziq-ovqat mahsulotlari va ro‘zg‘or
anjomlarida 2 haftadan 3 oygacha saqlanadi. Sutda qorin tifi mikroblari yaxshi
saqlanibgina qolmasdan, balki ko‘payadi ham.

Download 396.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling