Universiteti ziyamuxamedova sabohat abdullayevna bolalar gigiyenasi


Download 396.96 Kb.
bet60/110
Sana23.09.2023
Hajmi396.96 Kb.
#1686267
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   110
Bog'liq
Oʻzbekiston respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi oʻz-fayllar.org

OVQAT TOKSIKOINFEKSIYALARI 
Mikroblar yoki ularning toksinalari tushgan oziq-ovqatni iste’mol qilish
natijasida kelib chiqadigan hamda o‘tkir gastroenterit va intoksikatsiya belgilari
bilan namoyon bo‘ladigan kasalliklar ovqat toksikoinfeksiyalari deyiladi. Bu
kasalliklar ko‘pincha tayyor ovqat mahsulotlariga ma’lum turdagi ichak
tayoqchasi, protey, enterokokklar, stafilokokk va boshqa mikroblarning tushib
qolishi natijasida kelib chiqadi. Yaqin yillargacha salmonellyoz kasalligi ham
ushbu guruhga mansub hisoblanar edi. Hozirgi klassifikatsiyaga muvofiq,
salmonellyoz alohida kasallik hisoblanadi.
Ovqat toksikoinfeksiya lari ko‘pincha bir joyda ovqatlanadigan bir necha
kishining bir vaqtda kasallanishi bilan ifodalanadi. Buzilgan go‘sht mahsulotlari,
sut mahsulotlari, baliq, kolbasa, sabzavotlardan tayyorlangan mahsulotlar
kasallikni o‘tkazuvchi omillar hisoblanadi. Kasallanish yoz oylarida ko‘proq
uchraydi, chunki yozda mahsulotlar tez buziladi.
Klinikasi. Ovqat toksiko infeksiya lari o‘tkir gastrit, gastroenterit,
gastroenterokolit va boshqa ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi.
Ko‘proq kasallik o‘tkir gastroenterit holida kechadi. Bunda kasallik
to‘satdan ko‘ngil aynish va qusish bilan boshlanadi (inkubatsion davri 8-10


100
soatdan 1 kungacha). Qorinda tutash og‘riq bo‘ladi. Bir ozdan keyin ich keta


boshlaydi. Najas suvdek bo‘lib, ko‘p keladi. Qayta-qayta qusish va ich ketishi
natijasida bemor tezda holsizlanib qoladi. Lab va og‘iz qurib qoladi. Og‘ir hollarda
qo‘l-oyoq mushaklari tirishib qoladi. Terisining rangi oqaradi. Yurak-tomir
faoliyati susayadi; puls tez va sust bo‘ladi, qon bosimi pasayadi, yurak tonixira
eshitiladi. Ayrim hollarda gavda harorati ko‘tariladi, bosh og‘riydi. Odatda,
kasallik uzoq davom etmaydi. U engil kechganda 1 kun o‘tgach o‘rtacha og‘ir
kechganda 2-3 kundan keyin, og‘ir hollarda 4-5 kundan so‘ng bemor o‘zini yaxshi
his qiladi.

Download 396.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling