Universiteti ziyamuxamedova sabohat abdullayevna bolalar gigiyenasi


Download 396.96 Kb.
bet62/110
Sana23.09.2023
Hajmi396.96 Kb.
#1686267
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   110
Bog'liq
Oʻzbekiston respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi oʻz-fayllar.org

DIZENTERIYA (Ichburug‘)
Dizenteriya – organizmning umumiy intoksikatsiyasi va asosan, yo‘g‘on


102
ichak pastki qismining jarohatlanishi bilan kechadigan kasallik. O‘tkir va surunkali


dizenteriya mavjud. Keyingi yillarda surunkali dizenteriya g‘oyat kam
uchramoqda. Dizenteriya mikroblari: Grigorev – Shiga, Fleksner, Zonne, Shmitts –
Shtutser tayoqchalaridir. Rossiyada Zonne dizenteriyasi ko‘p uchrasa, Markaziy
Osiyo respublikalarida asosan, Fleksner mikroblari qo‘zg‘atadigan dizenteriya
qayd qilinadi. Boshqa dizenteriya mikroblari qo‘zg‘atadigan kasallik kam
uchraydi.
Epidemiologiyasi. Infeksiya manbai – bemor odam. Mikroblar bemor
organizmidan najas bilan ajraladi. Ular sog‘lom odam organizmiga zararlangan
oziq-ovqat, suv va iflos qo‘l vositasida tushadi.
Klinikasi. Kasallikning inkubatsion davri 2-5 kun. Dizenteriya har xil
ko‘rinishda – juda engil, og‘ir kasallik shaklida kechishi mumkin. Uning qanday
kechishi mikroblarning va organizmning xususiyatlariga bog‘liq. Kasallik
to‘satdan boshlanadi, avval, qisqa muddatli lohaslik, qorinda noxushlik seziladi,
ishtaha yo‘qoladi. Keyinroq qorinning pastki qismi burab og‘riydi va ich keta
boshlaydi. Najas avval bo‘tqasimon bo‘lsa, keyinroq suyuqlashadi, oz-ozdan tez
ketadi. Kasallik engil kechganda shu xarakterdagi najas kuniga 4-5 marta, o‘rtacha
og‘ir kechganda 6-10 marta, og‘ir kechganda hisobsiz ravishda ketadi. Og‘irroq
hollarda gavda harorati ko‘tariladi, bosh og‘riydi. Najas shilliq va qon aralash
bo‘ladi. Tez-tez hojat qistashi va bu vaqtda qorindagi og‘riq zo‘rayishi (tenezm)
xarakterli. Bu holat tezda bemorning tinkasini quritadi. Bemorning qornini
paypaslab ko‘rilganda, chap yonbosh sohasida hamda chov yuqorisida og‘riq
seziladi. Zonne dizenteriyasi ayrim hollarda ovqat toksikoinfeksiyalariga o‘xshab,
qusish va suvdek ich ketishi bilan kechadi.
Kasallikning og‘ir kechishi kam kuzatiladi. Ko‘pincha 3-5 kunda bemor
ahvoli yaxshilanib, tuzala boshlaydi. Bemor ichi normal holga kelganida 3-4
kundan va qayta bakteriologik tekshirish manfiy natija bergandan keyin
kasalxonadan chiqariladi.

Download 396.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling